Aksiya egalarining huquqlari
Aksiyadorlik jamiyati tashkil qilinayotganda uning aksiyalari
taʼsischilar oʻrtasida taqsimlanadi. Taʼsischilar aksiyadorlik jamiyatini
tashkil qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlib, ular yuridik va
jismoniy shaxslar boʻlishi mumkin. Jamiyat yuridik shaxsni taʼsis etish
AJ foydasidan dividend AJ
faoliyatini boshqarishda
qatnashishAJ tugatilganda
qolgan mulkka ega
boʻlishtarzida daromad olish
AJ faoliyatini
boshqarishda qatnashish
AJ tugatilganda qolgan
mulkga egalik qilish
foydasidan dividend AJ
faoliyatini boshqarishda
qatnashishAJ tugatilganda
qolgan mulkka ega
boʻlishtarzida daromad
olish
Aksiya – emissiyaviy qimmatli
qogʻoz boʻlib, oʻz egasiga
quyidagi huquqlarni beradi
48
yoki qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish,
oʻzgartirish) yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatning
muassislari uni tashkil etish toʻgʻrisida oʻzaro taʼsis shartnomasini
tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni taʼsis etishga doirga
birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining
(ustav kapitalining) miqdori, muassislar oʻrtasida joylashtirilishi lozim
boʻlgan aksiyalarning turlari, ular uchun toʻlanadigan haqning miqdori
va uni toʻlash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir
huquq va majburiyatlari belgilanadi. Aksiyadorlik jamiyatni taʼsis
etish toʻgʻrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda
jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv
organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan
qarorlarni aks ettiradi.
Aksiyadorlik jamiyatini taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash
toʻgʻrisidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini
toʻlash uchun kiritilayotgan qimmatli qogʻozlarning, oʻzga mulkiy
huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega boʻlgan boshqa
huquqlarning pulda ifodalanadigan bahosini haqidagi qarorlar
muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Korxonalar, investitsion kompaniyalar va fondlar, banklar aksiya
emitentlari boʻlishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqari-
lishini joylashtirish muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan
paytdan eʼtiboran bir yilda amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatini
birlamchi ustav kapital hajmini oshirishda, yaʼni qoʻshimcha
aksiyalarni chiqarishda aksiyalar emissiya qilinadi.
Birinchi holatda, chiqarilgan aksiyalar, yaʼni ularning soni va
nominal qiymati jamiyat ustavi bilan belgilanadi. Haqiqatda, bu ak-
siyalar jamiyat taʼsis qilinayotganda sotilib boʻlgan boʻladi, aksiyala-
rning nominal qiymati summasi jamiyat ustav kapitali hajmini tashkil
etadi. Ikkinchi holatda, ustav kapital nominal qiymat hajmidan qoʻ-
shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali oshirilishi qoʻshimcha aksiya-
larni chiqarishni tasdiqlash va roʻyxatga olishdan keyin amalga oshadi.
Nomi yozilgan aksiyalarni chiqarish jamiyat boshqaruviga
aksiyadorlik kapital harakatini va aksiyadorlar qoʻlidagi qimmatli
qogʻozlarni nazorat qilish imkonini beradi. Aksiyadorlik jamiyati
49
oddiy aksiyalar emissiyasi bilan birga imtiyozli aksiyalarni ham
chiqarishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali
hajmida 20 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi. Aksiyalarning
imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari oddiy
aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi
munosabati bilan ifodalanadi. Har bir aksiya turi uchun imtiyozli
huquqlar jamiyat ustavida belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarga bunday
huquqlar berish taqdimotini imtiyozli aksiya egalari ovoz berish
huquqiga ega emasliklari va buning uchun imtiyozli aksiya egalariga
qandaydir kompensatsiya tariqasida koʻrish mumkin.
Aksiyadorlar – imtiyozli aksiya egalari aksiyadorlik jamiyatining
aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqiga ega emas.
Jamiyat imtiyozli aksiyalari oʻz egalariga bir xil huquqlar hajmini
beradi va bir xil nominal qiymatga ega.
Jamiyat ustavida jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aksiyalarning
har bir turi boʻyicha toʻlanadigan dividend hajmi yoki qiymati
belgilanishi kerak. Dividend hajmi va likvidatsion qiymat qatʼiy pul
summada yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan
foizlarda belgilanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividend hajmi va
likvidatsion qiymat jamiyat ustavida boshqa shartlar orqali ham
belgilanishi mumkin. Dividend hajmi belgilanmagan aksiya egalari
oddiy aksiya egalari qatorida dividend olish huquqiga ega. Agar
jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning ikki yoki undan koʻp turini
chiqarish nazarda tutilgan boʻlsa, har bir turi boʻyicha dividend toʻlovi
va muddati ketma ketligi belgilanishi, agar ushbu aksiyalar boʻyicha
likvidatsion qiymat belgilansa, har bir imtiyozliaksiyalarga
toʻlanadigan likvidatsion qiymat toʻlanish navbati belgilanishi lozim.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan yoki
toʻliq toʻlanmagan, miqdori ustavda aniqlangan dividendning jamgʻa-
rib borilishi va keyinchalik toʻlanishi belgilab qoʻyilishi mumkin.
Jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning oddiy aksiyalarga
ayirboshlanishi imkoniyati va shartlari belgilanishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyador-
larning umumiy yigʻilishi vakolat doirasiga kiradigan masalalar
boʻyicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy
yigʻilishida ishtirok etish huquqiga imtiyozli aksiyalar boʻyicha
50
dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan yoki
dividendlarni toʻliq toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan
aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan
boshlab ega boʻladi. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlgan
aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish
huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha dividendlar birinchi marta toʻliq
miqdorda toʻlangan paytdan eʼtiboran bekor qilinadi.
Agar jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarni oddiy aksiyalarga
ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavi
imtiyozli aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi
mumkin. Bunda ushbu imtiyozli aksiyaning egasi oʻziga tegishli
imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin boʻlgan oddiy aksiyalar
boʻyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdordagi ovozlarga
ega boʻladi.
Imtiyozli aksiyalar kumulyativ va nokumulyativ boʻlishi mumkin;
konvertlanadigan va konvertlanmaydigan; daromadli (ular yana
ishtirok huquqi mavjud aksiyalar deb ham nomlanadi) va muddati
uzaytirilgan jamiyat foydasidan yuqori qatʼiy belgilangan dividendlar
olish huquqini beruvchi; qaytariluvchi va qaytarilmaydigan; suzib
yuruvchi kurs bilan belgilangan va boshqalar.
Kumulyativ imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar boshqa turlari
orasida keng tarqalgan aksiyalardir. Kumulyativ aksiyalar emissiya
qilinayotganida jamiyat ustavida belgilanishi lozim boʻlgan ular
boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan dividendlar miqdori
jamgʻarilib boriladi va keyinchalik toʻlanadi. Emitent tomonidan
ushbu aksiyalar boʻyicha navbatdagi toʻlanmagan dividendlarni toʻlov-
ni amalga oshirmasligi majburiyatlarni buzganlik deb qaralmaydi.
Kumulyativ imtiyozli aksiya egalari jamiyat umumiy yigʻilish-
larida oʻz vakolati doirasida barcha masalalarda ovoz berish huquqi
bilan kumulyativ aksiyalar boʻyicha toʻlanishi koʻzda tutilayotgan va
bu masalaga doir qaror qabul qilish rejalashtirilgan kun tartibidagi
masalalarni ko‘rib chiqish va qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega.
Aksiyadorlar huquqi – kumulyativ imtiyozli aksiya egalarining aksiya-
dorlar umumiy yigʻilishlarida qatnashish huquqi– ushbu aksiyalar
boʻyicha jamgʻarilgan dividendlarning toʻliq toʻlovi amalga oshirilgan-
dan soʻng tugatiladi. Emitent kumulyativ imtiyozli aksiyalarni
51
chiqarayotganda ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlar akkumulyatsiya
(jamgʻarish) muddatini qatʼiy belgilashi shart. Bunday muddatda
ushbu aksiya turi boʻyicha dividendlar toʻlanmasdan, keyingi toʻlov
muddatigacha yigʻilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |