7
demokratiya va ijtimoiy barkarorlikda manfaatdor ijtimoiy katlamning shakllanishi
uchun asos yaratadi.
Kichik va urta korxonalar butun iktisodiyotning
samaradorligini sezilarli
darajada oshiradi.
Yangi obyektlar respublikamizning chekka tuman va qishloqlarida bunyod
etilayotgani, ayniqsa, quvonarlidir.
Bularning zamirida qishloqqa sanoatni olib kirish, hudud aholisi bandligini
ta’minlash,
eng asosiysi, ularning hayot darajasini yaxshilashdek ezgu maqsadlar
mujassamdir. Zero, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, har qaysi inson, millati,
tili va dinidan qat’i nazar, bu dunyoga baxtli yashash uchun keladi. Bunday yuksak
orzuga yetishning sharti va garovi bo’lgan omillar ko’p.
Lekin ular orasida
hayotimizga ma’no-mazmun beradigan, uni yanada yorug’ va fayzli qiladigan bir
omil borki, u ham bo’lsa, odamning o’z uyi, o’z yurtini har tomonlama go’zal va
obod qilib, shundan o’zi mamnun bo’lib, rozi bo’lib yashashida yaqqol namoyon
bo’ladi.
Bugun yurtdoshlarimizning kundalik hayotida buning amaliy isbotini ko’rib,
qalbing faxr-iftixorga to’ladi.
Бажарди
Рахбар
Tilavov X
Eshonqulov M
001.004.031. БМИ. 2014 й.
8
II. Texnologik qism
2.1.Sutning kimyoviy tarkibi va biologik qiymati.
Zamonaviy ilmiy ma’lumotlarga ko’ra sutda 200 dan ortiq juda qimmatli har
xil tarkibiy qismlar jamuljam, qulay tarzda muvozanatlashgan 20 ta
aminokislotalar 147 tadan ortiq yog’
kislotalari, sut qandi, ya’ni laktoza, turli xil
mineral moddalar, mikroelementlar hozir ma’lum bo’lgan
vitaminlarning barcha
turlari pigmentlar fosfatidlar, sterinlar, fermentlar,
gormonlar va normal hayot
faoliyatini saqlab borish uchun organizmga zarur bo’lgan boshqa moddalar shular
jumlasidandir. Sutda uglevodlar, yog’lar, oqsillar va meniral tuzlar xammasidan
ko’ra ko’proq bo’ladi.
Vitaminlar, fermentlar,
mikroelementlar, gormonlar, immun tanalar va shu
kabi kam miqdorda bo’ladigan boshqa moddalar yuksak darajada biologik
aktivlikka ega bo’lib, inson uchun oziq-ovqat sifatida g’oyat katta rol o’ynaydi.
Sutning eng qimmatli tarkibiy qismi oqsillardir. Bu oqsillar go’sht va baliq
oqsillaridan ko’ra foydaliroq bo’lib, tezroq xazm bo’ladi.
Oqsillarning asosiy
vazifasi o’sib kelayotgan yosh organizmlarda yangi xujayra va to’qimalar yaratib
berish va voyaga yetgan
kishilarda umrini yashab, bo’lgan xujayralar o’rnini
to’ldirib turishdan iborat.
Sut oqsillari asosan uch turdagi oqsillar: kozein, albumin, va globulindan
iborat. Xom sutda bular erigan xolda bo’ladi. Sutdagi barcha oqsillarning o’rtacha
76-88 foizi kozein ulushiga to’g’ri keladi. Kozein tvorog
undan tayyorlanadigan
mahsulotlar va sirlarning asosiy tarkibiy qismidir.
Albumin sutda kozeinga qaraganda olti baravar kam bo’ladi. Sutda 0,1 %
miqdorida globulin bor, lekin u antibiotik va immun xossalarga ega bo’lib,
organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qiladigan antitelalardan manbai bo’lib
hisoblanadai.
Do'stlaringiz bilan baham: