ichki dunyoni o ’z amaliy faoliyati orqali bila oluvchi va o ’zgartiruvchidir” -
deb ta’kidlaydi S.L.Rubinshteyn va B.G.Anan’ev.
Haqiqiy sub’ekt, o ’zi ishtirok etayotgan faoliyat tuzilmasini maqsadga
erishmasdan turib ham anglay oladi, unda o ’z faoliyatini baholash va refleksiya
orqali o ’z hatti-harakatlarini korreksiyalash (tuzatish) qobiliyati mavjuddir.
Katta odam, sub’ekt sifatida o ’z aql-idroki, irodaviy xarakatlari, mustaqil
fikr
yuritishi orqali
faoliyat ko’rsatadi,
chunki u inson shaxsiga
xos
fazilatlarga egadir.
Pedagogikada “sub’ekt” tushunchasi XX asrning 70 - yillarida falsafiy -
psixologik
bilimlar tizimi
orqali kirib kelgan. Evropaga xos ta’lim
an’analarida mustaqillikka yuz tutish, sub’ektlik, o ’z- o ’zini rivojlantirish va
o ’z o ’mini topa bilishga katta e’tibor qaratiladi.
“Faol arbob“ sifatida sub’ekt o ’z faoliyatining ichki rejasini ham tuza
oladi. Aynan shu qadriyat va ehtiyojlar katta odamni ta’lim jarayonining faol
sub’ekti bo’lishiga undaydi. Katta odamning ta’lim jarayoni da sub’ekt sifatida
faoliyat olib borishi quyidagi ko’rsatkichlarda o ’z aksini topadi:
- o ’zining axborotga bo’lgan so’rovini mustaqil shakllantira oladi;
- ta’lim modelini tanlash imkoniyatiga ega;
- o ’qitish jarayonida o ’z o ’rnini topa oladi;
- ta’lim sohasida xissiy - irodaviy, fiziologik, o ’z- o ’zini idora etish
qobiliyatiga tayanadi;
- o ’qitish mazmuniga o ’z hayotiy tajribalarini singdra oladi;
Kattalar ta’limini tashkil etish mobaynida
ayrim tashqi va ichki
qiyinchiliklarni mavjudligini ham nazarda tutish lozim. Axborot olish tizimlari
kuchayib ketgan hozirgi davrda, zamonaviy o ’quvchi yoki talaba o ’z ota -
Do'stlaringiz bilan baham: |