Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:
•
«Kattalami o ’qitish» amaliyoti va nazariyasida butun
jaxon
tajribalari, birinchi tarixiy bosqichi xaqida bilasizmi?
•
XIX asming 30 yillaridan so’ng ko’plab Evropa va Amerika
shaharlarida kattalar o ’rtasida o ’qishga bo’lgan talab qanday edi?
•
«Andragogika» atamasi haqida Germaniya olimlari o ’rtasidagi
munozaralar xaqida bilasizmi?
•
Rossiya va boshqa chet mamlakatlarida kattalami o ’qitish uchun
nimalardan foydalanishdi?
Daniyalik Nikolay Gruntvigning Skandinaviyada «Xalk maktablari»ni
tashkil etish sabablari?
M avzuni o’rganish bo’yicha foydalanilishi mumkin bo’lgan
adabiyotlar ro’yxati:
1.Zmeev S. I. Andragogika: Stanovlenie i puti razvitiya // Pedagogika. —
1995.-№2.
2.Zmeev SI. Texnologiya obucheniya vzroslx. — М., 2002.
3.Metodik q o ’llanma, “ DACUM kasbiy ta ’limda”,N.S.Raximov, B.M,
Farshi-Vjalali, Toshkent ,2008
4. O.B.CHikurov -Pskov Metodik qo’llanma. “ M enga kim o ’rgatadi ?”
2-qism. 2004
5. A.X. Abdullaev, N.S.Raximov, M, O, Xadaev Katta yoshdagilarni
o’qitish markaziga: qadam-baqadam T;” CHASHMA” -2013
1.3. YOSHI KATTA INSON -TA’LIM SUB’EKTI SIFATIDA
•
YOshi katta inson ta’lim su’ekti sifatida.
•
Odam ning yoshiga ko’ra davrlami ajratish (30 yoshgacha, 30yoshdan
45 , 65 yoshgacha, 75 yoshdan keyin) yoki an’anaviy tarzda yoshlik , etuklik,
keksalik deb nomlanishi.
•
YOsh chegaralarini belgilashdagi ”umr bahori”, “ko’rkam yosh”,
“navqiron yosh”, “qirchillama yosh”, “nafaqa yosh” kabi atamalar.
•
Psixofiziologiyada xronologik va biologik yoshning farqlanishi.
18
T ayanch tushunchalar: “katta odam”, yoshlik, etuklik, keksalik,
yosh chegaralari, ”umr bahori”, “ko’rkam yosh”, “navqiron yosh”, “qirchillama
yosh”, “nafaqa yosh” o’xshatmalari, psixofizologiya, xronologik va biologik
yosh, individual
rivojlanish
qonuniyatlari, psixo-biologik o’lchamlar,
imkoniyatlar, talab va me’yor, ijtimoiy-normalar, o’zaro munosabatlar, hulq-
atvor, tashqi qiyofa, ijtimoiy xolatlar.
Andragogika kattalami o ’qitish, ilmiy-uslubiy va kadrlar bilan ta’minlash
faoliyatiga oid umumiy qonuniyatlarga duch keldi. Kattalami o’qitish haqida
gap ketganda, kimni kattalari qatoriga o’qitish kerak degan savol tug’iladi?
Zamonaviy andragogikani ilmiy refleksiya quroli sifatida baholab, shuni
e’tirof etish kerakki, kattalar ta’limi tadqiqotning alohida sohasi sifatida
mamlakatimiz va chet el adabiyotlarida yoritib berilgan. Ammo texnologik
jihatidan kattalar ta’limi jiddiy nazariy asosni
talab etadi. Ta’limga keng
ma’nodagi yondashuv mazkur tushunchani inson hayoti va faoliyatidan ajratib
bo’lmasligini ko’rsatadi.
Inson tug’ilganidan to umrining ohirigacha bo’lgan davrda
ro’yobga
chiqaradigan maqsadli, rejali faoliyatiga ta’lim ko’maklashib turadi.
M azkur nuqtadan - nuqtagacha bo’lgan davr oralig’ining kattagina qismi
bolalik yoki o’smirlikka emas, aynan kattalik davriga tegishlidir.
Androgogik nuqtai - nazaridan biz kimni “katta odam” deb ataymiz?
Baxtga qarshi, ta ’lim maskanidan keyingi hayot faoliyati davri ilmiy asosda
tasnif etilmagan. Odamda ushbu davr yoshga ko’ra (30 yoshgacha, 30 yoshdan
45 , 65 yoshgacha, 75 yoshdan keyin) yoki an’anaviy tarzda yoshlik , etuklik,
keksalik deb nomlanadi. Ayrim xollarda esa yosh chegaralarini belgilashda ”umr
bahori”, “ko’rkam yosh”, “navqiron yosh”, “qirchillama yosh”, “nafaqa yosh”
kabi turli o ’hshatmalardan ham foydalaniladi.
Psixofizologiyada xronologik va biologik yosh farqlanadi.
Xronologik yosh - odam yoki boshqa jonzotning
dunyoga kelishi,
tug’ilishidan boshlanadigan vaqtning xisobini ko’zda tutadi.
Biologik yosh - odamning jismoniy o’sishi va rivojlanish pallasi, deb
e ’tirof etiladi.
’’Psixologik - pedagogik nuqtai-nazardan aynan yosh, ta’lim sohasini
loyihalashning dastlabki nuqtasini tashkil etadi” - deydi V.I.Slobodchikov.
Taniqli sostiolog I.S.Konnning fikricha, yosh davrlari quyidagi uch tizim
asosida belgilanadi:
- Individual
rivojlanish
qonuniyatlari (psixo- biologik o’lchamlar
asnosida yuzaga kelgan imkoniyatlar);
- Jamiyatning yoshga doir talab va me’yorlari ( har bir avlod vakillari
uchun ijtimoiy - madaniy normalar);
- Ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy qadriyatlar sifatida e’tirof etilgan ramziy
yosh (o’zaro munosabatlar, hulq-atvor, tashqi qiyofa sohasidagi ijtimoiy xolatlar
yig’indisi);
19
“Katta odam” tushunchasini
turli — tuman qirralarida
talqin etish
mumkin. SHaxs tushunchasi, fanda
ko’pchilik tamonidan qabul qilingan
’’individ” , “shaxs” , “sub’ekt”,” individuallik” kabi atamalar bilan izoxlanadi.
Individ - ( lotincha, individuum-bo’linmas) - odam zotining vakili, tabiiy
zotga mansublik.
SHaxs -
hamkorlikdagi faoliyat va muloqot jarayonidagi
ijtimoiy
munosabatlar tizimida egallanadigan ijtimoiy rol egasi.
Sub’ekt - (lotincha, subectum - asosda turuvchi) - bilish va predmetli-
amaliy faoliyat egasi, ongli, maqsadga yo’naltirilgan faollik manbai.
Individuallik - konkret odamning individ, shaxs, sub’ektga oid birlashuvi,
o’ziga xosligi, qaytarilmasligi.
K o’p qirrali zot misolida, katta odam fizologik, ijtimoiy -psixologik va
mazmundorlik jihatiga ko’ra jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish
qobiliyatiga ega:
•
tabiiy( avlodlami davom etirish);
•
tarixiy — ijtimoiy (ishlab chiqarish va jam oatchilik faoliyatida
qatnashish);
•
madaniy (madaniy tajribalami saqlash, etkazib berish va yanada
boyitish.);
•
m a’naviy (insoniyat to ’plagan m a’naviy merosni o ’zlashtirish, uni
yuksaltirish).
Kattalik dunyosini xis qilish, tabiiy va ijtimoiy olamda o ’z o ’mini anglash
orqali ifodalanadi, kattalikni hayot faoliyatining muhim sifati deb belgilash
mumkin. Kattalik hayotning m a’lum bir davrigina emas, balki amalga oshirilgan
ishlar uchun m a’suliyat va javobgarlik xissi hamdir, bunda ta’lim yoki
o’qitishning o ’m i beqiyos sanaladi.
Bilim,
ko’nikm a va malakalarni doimo yangilab turish,
qo’shimcha
manbalami egallash zaruriyati quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
•
katta odam hayotida turli muammolaming yuzaga kelishi, ularni hal
etish uchun qo’shimcha bilim va tajribalami egallash zaruriyati;
•
har qanday yoshdagi kishilarda axborotga
bo’lgan ehtiyojining
mavjudligi;
•
k ish id a ta ’lim olishga bo’lgan mayl-ishtiyoqning so’nmaganligi;
•
kishining o ’z hayoti va faoliyati davomida tajriba to ’plab borishi;
Kattalarga ta ’lim berishning o ’ziga hos jihatlarini ko’zda tutgan holda,
zamonaviy
kishiga kim, qachon, qaerda va
qanday ta ’lim
berishini
oydinlashtirib olish lozimdir.
Zamonaviy dunyoda axborot oqimining
kuchayganligi, kishilarning
o’zaro hamkorlikdagi faoliyati o’qitishni davomiy va izchil tarzda tashkil etish
hayotiy zaruriyat ekanligidan darak beradi. Hayot faoliyatining
turli
bosqichlarida kishilarga bir - biriga o’hshash talay vazifalar yuklatiladi:
•
tabiiy zot sifatida o’zini saqlashi va rivojlantirishi(hayotning
davomiyligi, salomatlik, nasi qoldirish);
20
•
ijtimoiy, madaniy, ma’naviy va faol shaxs sifatida o’zini ruyobga
chiqarish(mexnat bozoriga moslashish va o’z o’mini topa olish, madaniyatni
o ’zlashtirish, m a’naviy yuksalish);
•
inson o ’z hayoti va faoliyati davomida shunday o’zgarishlarga duch
keladi-ki, mazkur holatlar barcha uchun umumiydir;
•
yoshga doir muammolar ( yosh inqirozlari, gormonal o’zgarishlar
davri);
•
ta’lim olishning almashinib borishi (bog’cha tarbiyalanuvchisi,
o ’quvchi, talaba va xokazo);
•
oiladagi rollarning almashinuvi( bolalar, nabiralar, er -xotin, ota -
o n a , xola- amaki, qaynota - qaynona, bobo - buvi va boshqalar);
•
ekzisenstial inqirozlar(hayot mazmunini qidirish);
•
ijtimoiy, psixologik va stressli vaziyatlar( ishning o’zgarishi,
boshqa joyga ko’chish,
xorijga chiqish,
yaqin kishilarning vafot etishi,
nafaqaga chiqish va xokazo);
•
ijtimoiy fimkstiyalami bajarish(armiyada xizmat qilish, xukumat
idoralarida xizmat qilish);
•
ahloqiy muammolarni hal etish( yaxshilik va yomonlik, mehr va
m uruw at, burch xissi va boshqalar).
YUqoridagi xolatlarni e’tiborga olgan holda shuni aytish mumkinki ta’lim
mazmuni davr talabidan kelib chiqadi.
Hozirgi kundagi ta’lim mazmuni o’z ichiga quyidagi jihatlarni oladi:
-zamonaviy bilimlar darajasi;
-o’zgarib boruvchi jamiyatda axborot oqimi bilan ishlash malakasi;
- “odam - odam
odam - komp’yuter;
-odam-odam tizimida ishlay olish;
-voqelikni o’zgartirish usuli sifatida loyihalash faoliyatini egallash;
- yangi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlami egallash;
- salomatlikni saqlash;
- o’z shahsiy imkoniyatlarini chamalash;
- ma’naviy - ma’rifiy yuksalish;
Sub’ektning hayot faoliyati davomida egallaydigan bilimlari o’z
ahamiyatiga ko’ra quyidagi sifat tavsifiga ega bo’ladi:
- fundamental bilimlar (dunyoni bilish, uni tushunish,
axborot
integrastiyasi);
- amaliy bilimlar( ma’lum bir xarakatlarni bajarishga yordam beruvchi
bilimlar);
- oldinlab ketgan bilimlar(hayotda uchraydigan
aniq muammolarni
oldindan ko’ra olish);
- etaklovchi
bilimlar
(hayot
qonunlarga
ko’ra
yuzaga
kelgan
muammolarni hal etish);
21
Do'stlaringiz bilan baham: |