Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

 
Ertakning 
ahamiyati 
 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Qayta  hikoya  qilish  o'rtasida  uncha  katta  bo'lmagan  mashqlar  o'tkazish  yoki  ko'rsatma 
berishdan  foydalanish  mumkin.  Shuningdek,  asar  matnining  ayrim  joylarini  yana  bir  marta 
takrorlash usulini qo'llash mumkin. 
5. 
Rag'batlantirish. 
Qayta hikoya qilish jarayonida tarbiyachi bolani jilmayish, boshini qimirlatish (tasdiqlash), 
qisqa so'z aytish („Yasha", „Barakalla") bilan rag'batlantiradi. 
Qayta hikoya qilib bergandan so'ng bolani maqtaydi. Bunda qayta hikoya qilishning biror 
ijobiy sifatini ta‘kidlab o'tadi. 
6. 
O'yin usuli (dramalashtirilgan o‗yin). 
Bu  usulda  personajlarning  (ishtirok  etuvchilarning)  luqma  tashlashlari  harakatlar  bilan 
boshqariladi:  bolalar  imo-ishoradan,  hayvonlarning  ovozlariga  taqlid  qilishdan  va 
boshqalardan  keng  foydalanadilar,  biroq  o'yin  uchun  hcch  qanday  niqoblar,  dekoratsiyalar 
talab etilmaydi. Tarbiyachi avval o'zi muallif nomidan gapiradi, so'ngra bola gapiradi. Dastlab 
roini  ijro  etish  uchun  nutqi  bo'sh  rivojlangan  bolalar  chiqariladi.  Dramalashtirilgan  o'yin  5 
daqiqa  davom  etadi.  Turli  yosh  guruhlarida  qayta  hikoya  qilib  berishga  o'rgatish 
mashg'ulotining tuzilishi (o'tkazish uslubiyoti) har xil bo'ladi. 
Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn bolalar uchun tushunarli bo'lishi kerak. 
Qayta  hikoya  qilish  mashg'ulotlari  har  bir  yosh  guruhining  shaxsiy  xususiyatlarini, 
ularning qayta hikoya qilish qobiliyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. 
Bu  yoshdagi  bolalarni  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatish  ularga  tanish  bo'lgan  ertaklarni 
(,,Bo'g‗irsoq―,  „Sholg'oirT,  „Bo'ri  bilan  echki―,  „Ochko'z  it")  takrorlashdan  boshlanadi. 
Tarbiyachi  kichkintoy  bolalarni  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatishda  quyidagi  usuldan 
foydalanadi.  Bolalar  tarbiyachining  takroriy  hikoyasidagi  bitta-ikkita  so'zni  yoki  to'liq  gapni 
takrorlaydilar: 
— 
Choi bilan kampir... 
— 
Yashashar ekan. 
— 
Bir kuni cliol... 
— 
Sholg'om ekibdi. 
So'ngra bolalar sekin-asta savollar  yordamida qayta hikoya qilishga o'rgana boshlaydilar. 
Savollar  voqealar  ketma-ketligini  belgilashga,  ishtirok  etuvchilarning  nomini  aytishga 
qaratilgan bo'ladi: 
— 
Bo'g'ircoq kimni uchratdi? 
— 
Quyonni. 
Agar bola ertakning boshlanishini yaxshi eslab qolgan bo'lsa, u holda uni mustaqil hikoya 
qilib  bera  oladi.  So'ngra  qayta  hikoya  qilish  jarayonida  bola  qiynalsa,  tarbiyachi 
yordamlashadi,  ya‘ni  matnni  esiga  tushirishdan  foydalaniladi,  bu  ertak  mazmunini  oson 
takrorlashga yordam beradi. 
Qisqa  xalq  ertaklarini  qayta  hikoya  qilishdan  so'ng  kichik  hajmdagi  hikoyalarni  qayta 
hikoya qilishga o'tishi mumkin (Mirnuihsin. „Olxo'ri", ,,Tosh―). 
Mashg'ulotda asarga ishlangan illustratsiyalar ko'rsatiladi. Ko'rsatish savollar, ko'rsatmalar 
berish bilan birga qo'shib olib boriladi. Illustratsiyalarni asarni o'qib berishdan awal yoki o'qib 
bergandan keyin ko'rsatgan ma'qul. Tarbiyachi shunday deydi: „Hozir men sizlarga rasmlarni 
ko'rsataman,  so'ngra  hikoya  o'qib  beraman"  yoki  „Hozir  hikoyani  o'qib  bcraman,  so'ng 
rasmlarni ko'rsataman". 
O'rta guruhda bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda ancha murakkab bo'lgan vazifalar 
hal etiladi: bolalarni kichik hajmli va tanish bo'lgan ertak va hikoyalarni hikoya qilib berishga 
o'rgatib  qolmasdan,  balki  asar  qahramonlarining  gaplarini  ifodali  qilib  bayon  etishga,  boshqa 
bolalarning  qayta  hikoya  qilishlarini  diqqat  bilan  tinglashga  va  matnga  taalluqli  bo'lmagan 
jumlalarni  topishga  o'rgatadi.  Ushbu  guruhda  bolalar  butun  yil  davomida  8 — 1 0   ta  adabiy 
matnni (o'zbek ertaklaridan „Tulki bilan Turna", „Maqtanchoq quyon", „Fil va xo'roz", „Ikki 
o'rtoq", A. Oripov- ning „Bobo va nabira" she'rining mazmunini qayta hikoya qiladilar. 
O'rta  guruh  bolalariga  qayta  hikoya  qilishlari  uchun  tavsiya  etilgan  asarlar  mavzusi, 
mazmuni va shakli jihatdan katta farq qiladi. Shuning uchun o'rta guruh bolalarini qayta hikoya 
qilishga  o'rgatislidagi  muhim  vazifa  —  bu  ularga  asarning  mantiqiy  bog'lanishini,  uning 



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish