Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
so'zni egallashga yordam beradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini tushunish ko'nikmasini 
o'sti-  radi,  ularni  bayon  qilishdagi  izchillikni,  muallifning  ifoda  usulini  eslab  qolishga,  asarni 
tushunib, jamoa oldida og'zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi. 
Qayta  hikoya  qilishga  o'rgatish  samarali  bo'lishi  uchun,  eng  avvalo,  qayta  hikoya  qilish 
uchun matnlarni to'g'ri tanlash lozim. 
Har  bir  asar  bolalarda  jamiyatimiz  uchun  zarur  bo'lgan  sifatlarni  tarbiyalashi  va 
rivojlantirishi  kerak.  Qayta  hikoya  qilish  uchun  asar  tanlanganda  quyidagi  talablarga  amal 
qilish  kerak:  yuqori badiiy qimmatga,  g'oyaviy-mantiqiy  yo'nalishga ega bo'lishi,  jo'shqinligi, 
fikrning  yangiligi  va  bayonning  obrazliligi,  voqealarning  ketma-kctliligi,  mazmunining 
qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning bola yoshiga mos kelishini 
ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega. 
Ushbu  talablarga  xalq  ertaklari,  hajmi  uncha  katta  bo'lmagan  hikoyalar  misol  bo'la  olishi 
mumkin. Shuningdek, dasturda bolalarning qayta hikoyalariga bir qancha talablar qo'yilgan: 
1) 
ma‘nosiga tushungan holda, ya‘ni matnni to'liq tushunib hikoya qilish; 
2) 
asarni to'liq bayon etish, ya‘ni asardagi muhim joylari ni tashlab ketmasdan bayon etish; 
3) 
izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish; 
4) 
muallif  matnidagi  lug'atlardan  va  iboralardan  foydalanish,  ayrim  so'zlarni  ularning 
sinonimtari bilan almashtirish; 
5) 
to'g'ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalaming bo'lmasligi; 
6) 
og'zagi  nutq  madaniyatiga  e'tibor  berish:  qayta  hikoya  qilayotganda  gavdani  to'g'ri 
tutish,  tinch  turish,  tinglovchilarga  murojaat  qilish,  nutqning  intonatsion  ma‘nodorligidan 
(ifodalili- gidan) foydalanish, yetarlicha baland ovozda tovushlarni aniq talaffuz etish. 
Ushbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog'liq bo'lib, bulardan birortasini 
ham e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
 
 
 
 
Qayta hikoya qilishga o‗rgatish usullari 
Ma‘lumki,  qayta  hikoya  qilish  monolog  nutqni  shakllantirishda  eng  birinchi  bosqich 
hisoblanadi.  Shuning  uchun  har  bir  bola  qayta  hikoya  qilishni  yaxshi  egallab  olishi  shart. 
Buning uchun har xil usullardan foydalaniladi. Bular quyidagilar: 
1. 
Tarbiyachining bola bilan birga qayta hikoya qilishi. 
Tarbiyachi bu usuldan qayta hikoya qilishga o‗rgatishning 
dastlabki  bosqichida,  ayniqsa,  hikoya  qilib  bera  olmaydigan  bolalar  bilan  ishlashda  keng 
foydalanishi kerak. 
Qayta  hikoya  qilish  jarayonida  tarbiyachi  bolalarga  sezdirmagan  holda  gavdasini 
to'g'rilashi,  imo-ishora,  ko‗z  qarashi  bilan  dalda  bcrishi  mumkin,  mashg'ulotning  oxirida  esa, 
albatta,  bolani  maqtash  kerak:  „Yasha,  endi  boshqa  bolalarga  hikoya  qilish  yengil  bo'ladi. 
Faqat keyingi safar balandroq ovozda hikoya qilgin". 
2. 
Qayta hikoyani takrorlash. 
Bu usuldan ko'proq o'rta va katta guruhlarda foydalaniladi. Bu bola uchun ancha murakkab 
bo'lgan usuldir, chunki u tarbiyachining hikoyasiga alohida luqma tashlash (gap qistirish) bilan 
birga, to'liq jumlalarni ham takrorlashiga to'g'ri keladi. 
3. 
So‗z va jumlalarni aytib turish. 
Bu usul qayta hikoya qilishning ravonligini, izchilligini ta‘minlaydi, uzoq pauza qilishga 
yo'l  qo'ymaydi.  Bu  usuldan  ko'proq  bola  asar  matnining  ayrim  joylarini  esdan  chiqarganda 
foydalaniladi. 
Agar  bola  juda  yaxshi  hikoya  qilsa-yu,  biroq  nutq  sur'ati  juda  sekin  bo'lsa,  tarbiyachi 
pauza vaqtida sabr-toqat bilan hikoyaning davomini kuzatishi: bolaning gavda holatiga c'tibor 
bilan qarashi, dalda berishi orqali bola diqqatini to'plashi kerak. 
Agar  bola  hikoya  qilayotgan  vaqtda  tebranib  (chayqalib)  tursa,  boshini  egsa,  qo'li  bilan 
ortiqcha  harakatlarni  qilsa,  uning  hikoyasini  bo'lib  tanbeh  berish  yaramaydi,  balki  bunday 
hollarda  imo-ishora,  ko‗z  qarashi  bilan  uning  xatosini,  kamchiligini  tuzatishi,  hikoya  qilib 
bcrgandan  keyin  esa  hammaga  eshitilarli  qilib:  „Hikoya  qilayotganingda  tinch  turishing. 
boshingni  pastga egmasdan, o'rtoqlaringga qarab  turishing kerak. axir ular sening hikoyangni 
tinglashadi-ku―,  deb  aytishi  kerak.  Tarbiyachi  bolaning  bu  nuqsonlarini  kundalikka  belgilab 
qo'ysa,  maqsadga  nuivofiq  bo'ladi.  Chunki  keyingi  qayta  hikoya  qilib  berish  mashg'ulotidan 
oldin yana bir marta bolani ogohlantirishda bundan foydalanadi.  
Tarbiyachi  aytib  turish  orqali,  bolani  qayta  hikoya  qilayotganida  yo‗l  qo'ygan  grammatik 
xatolarni  to'g'rilaydi.  Bu  usul  qayta  hikoya  qilishga  o'rgatishning  keyingi  bosqichlarida  ham 
qo'llaniladi. 
4. 
Savollar berish. 
Bu  usul  keng  tarqalgan  bo'lib,  u  muqaddima  (kirish)  suhbatida  va  mashg'ulot  jarayonida 
qo'llaniladi.  Qayta  hikoya  qilish  mashg'ulotida  foydalaniladigan  savollarni  shartli  ravishda 
ishlatilishiga va maqsadiga qarab bir qancha turkumga ajratish mumkin. Hikoya qilolmaydigan 
bolalarga  qayta  hikoya  qilish  ni  boshlagunga  qadar  yordamchi  savollar  berish  mumkin,  bu 
hikoyani  boshlashga  yordam  beradi,  masalan:  „Sen  nima  haqida  hikoya  qilasan,  ola  quyon 
to'g'risidami? Mayli, kel boshlaymiz. Kunlardan bir kuni jikkakkina ola quyon sheriklariga...". 
Yoki:  „Turna  Tulkini  o'zi  bilan  olib,  osmonga  ko'tarilibdi  va  unga  nima  debdi?  Yerni 
ko'ryapsanmi? Mana shu Turnaning aytgan gaplarini, Tulkining esa javobini aytib bering... Ha, 
mushtumday... Bu yog'ini o'zing davom et". 
Bola qayta hikoya qilib bergandan keyin, albatta, savol berishdan foydalanish mumkin. Bu 
asar  mazmunini  bola  qay  darajada  tushunganini  aniqlashga  yordam  beradi,  matnni  qayta 
hikoya qilayotgan vaqtda tashlab ketilgan joylarini tiklashga yordam beradi. 
Ayrim  hollarda  qayta  hikoya  qilishdan  keyin  qahramonlarning  fe'l-atvori  yoki  ularning 
ifodali nutqi haqida savol berish mumkin. 
 
Badiiy uslub 
singdiriladi 
 
Savodxonligi oshadi 
 
Tasavvur dunyosi 
kengayadi 
 
Nutq madaniyati 
egallanadi 
 
Bolalarda adabiy 
nutq  shakllanadi 
 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish