14-mavzu:Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish.
Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish
metodikasi
Reja:
1. Ertak va hikoya janrining o`xshash va farqli jihatlari
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni hikoya va ertak janridagi asarlar bilan tanishtirish
3. Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish
4. Hikoya qilishni o‘rgatish.
5. Hikoyalar turlari va ularning izchilligi.
6. Ijodiy hikoya qilishga o`rgatish
Tayanch tushunchalar va iboralar: badiiy adabiyot,kichik janrlar,hikoya, ertak,
maktabgacha ta‘lim muassasasi,ijodiy hikoya, matn va mazmun.
Bolalarni tarbiyachi tomonidan belgilangan hikoya yoki ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa,
lo‗nda jumlalar tuzishga, tasviriy vositalardan foydalanishga o'rgatish. Bolalarning shaxsiy
tajribalari va tarbiyachi taklif etgan hayotiy mavzular asosida mantiqiy rivojlanib boruvchi
hikoya yoki ertak tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish: „Quvonchli kun", „Xafa bo'lgan kunim―,
„Mehmonda", „Bizning oila―, „Eng yaqin o'rto- g'im", „Dam olish kuni―, „Dadamga
qarashdim", ,,Qo'g‗irchoq teatriga bordim― va boshqalar.
Bolalarni tuzayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi qahramonlarning ruhiy
kechinmalarini bilishga o‗rgatish; „Birinchi qor", „Yaxmalakda", „Yangi yil bayrami",
„Qorbobo", „Men sevgan fasl―, „Tashqarida qor, uyimizda bahor", „Xola- xola o‗ynadik―,
„Kim oladi-yo, shuginani-yo― o'yini, „Men onamga yordamchi", „Ukamga mehribonman― va
boshqalar.
Bolalarga suratlar bo'yicha hikoya tuzishni o'rgatayotganda. awalo, ularning mustaqil
fikrlashlariga, suratda tasvirlangan voqealarga o‗z munosabatlarini bildirishlariga imkon
yaratish kerak. Shu bilan birga, rasmda aks ettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nima
bo'lgani va keyin nima bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritishga undash. Tabiat manzaralari aks
ettirilgan suratga qarab, undagi go‗zaIlikni, nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so'zlar,
o'xshatish va sifatlashlar ishtirokida gap tuzishga o'rgatib borish.
Bolalarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan voqealar: ekskursiya, sayr, mehnat
jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalash. Hikoya qilayotganda
tevarak-atrof- dagi buyum, voqea-hodisalarning nomini, ularning o'ziga xos xususiyatlarini,
xatti-harakatlarini to'g'ri ifodalashga, voqea- larning vaqti va joyini ko'rsatishga o'rgatish.
Topishmoqlar o'ylab topishga undash.
Ikkinchi yarim yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishni davom
ettirish.
Bolalarni manzarali suratlar bo'yicha maxsus hikoyalar to'qishga o'rgatish, ularni surat
mazmunini tushunishga, suratdagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga.
o'z hikoyalarida tasviriy so'z va iboralardan foydalanishga o'rgatishni davom ettirish. Bolalar
mustaqil hikoya tuzayotganlarida og'zaki nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish.
Ijodiy hikoya qilish: tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzu bo'yicha voqeani izehil
davom ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko'nikmalarini mustahkamlash, voqea sodir
bo'lgan joy, vaqt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, qahramonlarning ruhiy
kechinmalarini ko'rsatishlariga ahamiyat berish: „Gul bayrami'', „Navro'z", „Onamlarning
bayrami", „Bahor keldi", „Men qushlarga don berdim―, „Men onamga yordamchi",
„Tomorqada", „Mening mushugim", „Metroda", „Avtobusda", „Trolleybusda", „Ko'chada",
„Bozorda", „Do'konda", „Arqon o'ynadik", „Quvlashmachoq", ,,Bekinmachoq―, „Mehmon-
mehmon" mavzularida hikoya o'ylab topishga undash.
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Mustaqil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta'rif berishlariga, ularning xatti-
harakatlarini baholashlariga ham diqqatni qaratish va o'rgatib borish.
Mustaqil tanlangan mavzu bo'yicha hikoya tuzishda voqealarning izchilligiga, tugal
mantiqqa ega bo'lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o'rinli foydalanishlariga ahamiyat berish.
Monolog nutqini o'stirishning yuqoridagi dastur vazifalari va mazmuniga ko'ra
bog'chaning o'rta guruhidagi bolalar hikoya qilib berishning quyidagi turlarini egallashlari
lozim:
1.
Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish.
2.
Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa ertaklarni
qayta hikoya qilib berish.
3.
Ko'rib turgan narsa-buyumlar: o'yinchoqlar, o'simliklar, kiyimlar, idish-tovoqlar,
mebellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
4.
Voqeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
5.
Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.
Katta guruh dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bayon
etilgan:
1.
Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.
2.
Narsa-buyumlar: o'yinchoqlar, o'simliklar. kiyim- kechaklar, idish-tovoqlar, mebellar
va hokazolar haqida hikoyalar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni
tuzish.
3.
Rasmlar bo'yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish.
4.
Xotiradan o'z shaxsiy tajribasida kuzatgan voqea va hodisalarni, narsalarni, bog'chada
va uyda nimalar qilganini, guruhda va uyda bo'lib o'tgan eng qiziqarli voqealar haqida hikoya
qilib berish.
5.
Ta‘limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: ,,Qo'- g'irchoq, o'yinchoqni top",
„Qo'g'irchoq, menda qanaqa gul bor―, „Qo'g'irchoq, top-chi, yonimda kim o'tiribdi?", ,,Qo'-
g‗irchoq, qo'limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini top- chi?― va boshqalar.
6.
Ijodiy hikoya qilishga, tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani oxiriga
yetkazish, tarbiyachi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to'qish, berilgan 3 —
4 so‗z yordamida ertak yoki hikoya to'qishga o'rgatish.
Maktabgacha tayyorlov dasturida ham hikoya qilib berishning xuddi katta gumhdagi kabi
turlari ko'rsatilgan.
Bolalarni hikoya qilib berishga o‗rgatishda foydalaniladigan usullar
Bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylarini
aytib o'tamiz:
1.
Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani
jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha yengil usul bo'lib, tarbiyachi bolalarga narsa-
buyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari
uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul
bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam benivchi ta'limiy usul bo'lib hisoblanadi.
Namuna bolalarning taqlid qilishiga mos bo'lishi, ya‘ni hajmi kichik, fikrlar izchil bayon
qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi lozim. Masalan, tarbiyachi
o'yinchoqni tasvirlashga o'rgatishda o'zi bitta o'yinchoqni olib, u liaqda shunday tasviriy hikoya
tuzadi:
—
Mana bu ayiqeha. U jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh qismida
ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko'zlari, tumshug'i bor. Tumshug'ida
esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog'i bor. Ayiqeha o'yinchog'i bizga o'ynash uchun kerak.
Bolalar namuna hikoyadan yaxshi foydalanishlari uchun uning matni qisqa gaplardan
iborat bo'lishi va izchil bayon qilinishi kerak.
Hikoya namunasi boshqa usullarga nisbatan hikoya qilishga o'ngatish jarayonini
yengillashtiradi, bolalar erishishi kerak bo'lgan natija ko'rsatib beriladi. Bundan tashqari,
namuna bolalarning hikoya qilishlari lozim bo'lgan mavzularning taxminiy mazmunini,
ularning hajmini, kctma-ketligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |