Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Yaxshilik  va  go‘zallikka  qarama-qarshi  qo‘yilgan  ertakdagi  hamda  real  hayotdagi 
yomonlik va badbasharalik obrazlari ham tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. 
Hikoya  to‘qish  –  kombinatsiyani  o‘rgatish  metodikasi  quyidagicha:  bolaga  ertak  yoki 
hikoyaning  muayyan  lavxasini  bu  xuddi  uning  o‘zi  bilan  yuz  bergani  kabi  o‘z  nomidan  aytib 
berish taklif qilinadi. Pedagog  «to‘qish»ning borishini hamdardlik bilan  kuzatib boradi, o‘zini 
bolaning  har  so‘ziga  ishonayotgandek  qilib  ko‘rsatadi,  ayni  paytda  bolaning  nutqini  kuzatib 
boradi, uning nutqidagi kamchiliklarni unga xalaqit bermasdan tuzatib boradi. Asarni tanlashda 
pedagog  uning  bola  asar  qahramonlarining  ijobiy  xususiyatlaridan  namuna  oladigan  darajada 
munosib bo‘lishiga alohida e‘tibor qaratishi lozim. Zero, ushbu yoshda bolaning o‘rganganlari 
butun umrga muhrlanib qoladi. 
Erkin  to‘qish  shundan  iboratki,  bunda  bolaga  ertak  yoki  «bo‘lishi  mumkin  bo‘lmagan» 
loflarni  to‘qish  uchun  to‘liq  erkinlik  beriladi.  To‘qishga  ataylab  o‘rgatilmaydi,  ammo  erkin 
(mustaqil)  ijod  qilish  qobiliyati  maktabgacha  ta‘lim  muassasasida  va  uyda  bola  nutqini 
rivojlantirish  ishlarining  butun  tizimi  doirasida  tarbiyalab  boriladi.  Bola  nutqiy  jihatdan 
qanchalik  yaxshi  tayyorlangan  bo‘lsa,  undagi  tasavvur  va  ijodiy  qobiliyat  shunchalik    yaxshi 
rivojlanadi. 
Leksikasi boy, grammatik to‘g‘ri bo‘lgan, eng asosiysi – mantiqiy va ifodali mustaqil ijod 
qilish  olti-etti  yoshli  bolalarning  qo‘lidan  keladi.  Bungacha  ularning  to‘qimalari  –  o‘zlariga 
tanish  bo‘lgan  badiiy  asarlarning  mantiqiy  jihatdan  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  so‘zlar 
to‘plamidan iborat bo‘ladi.  
Kichik  yoshdagi  bolalarning  hikoya  to‘qishga  qodir  emasliklarini  me‘yordan  chekinish, 
deb  hisoblamaslik  lozim.  Bu  tabiiy  bo‘lib,  bolalarning  nutqi  va  fikrlash  darajasi  hali  hikoya 
to‘qish uchun yetarli emasligi bilan izoxlanadi. 
Qayta  hikoya  qilishni  mashq  qilishni  hikoya  to‘qish  borasidagi  tayyorgarlik  ishi 
hisoblanadi. 
Ravon  nutqni  (hikoya  qilishni)  rivojlantirishning  asosiy  sharti  kattalar  va  bolaning 
birgalikdagi so‘z ijodkorligi hisoblanadi.  Yuqorida qayd etilganidek, hatto besh  yoshli bolalar 
ham tanish ertaklarni, to‘qima voqealarini hikoya qilishga, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib 
hikoya  qilishga  qiziqa  boshlaydilar.  Katta  odam  yo‘naltiruvchi  va  aniqlashtiruvchi  savollar 
berish,  o‘zining  qiziqayotganligini  bildirish,  o‘yin  vaziyatlarini  hosil  qilish  (o‘yinchoqlar, 
rasmlar  to‘plami,  qo‘g‘irchoq  teatri  qahramonlari  yordamida)  bola  tashabbusini  qo‘llab-
quvvatlashi  zarur.  Pedagogning  hikoya  mavzusini,  voqealar  rivojini,  voqealarning  ehtimoliy 
yakunini,  so‘z  shaklini  aytib  berishi  birgalikdagi  so‘z  ijodkorligi  uchun  katta  ahamiyatga 
egadir. Birgalikda hikoya qilib berish dastlab dialog ko‘rinishiga ega bo‘ladi, bunda katta odam 
savol beradi, bola javob beradi, katta odam gapni boshlaydi, bola esa uni nihoyasiga yetkazadi. 
Bunday  dialogdan  –  monolog  nutqi  tug‘iladi.  Keyinchalik  bola  monologi  asosida  bolalarning 
birgalikdagi  ijodkorligi  boshlanadi,  u  kattaning  bola  bilan  dialogi  shaklini  takrorlaydi. 
Birgalikda  hikoya  qilish  uchun  yaxshi  asos  rasmlar  turkumi  bilan  ishlashda,  rollarga  bo‘linib 
hikoya qilib berishda, o‘yin sahnalashtirishlarda yaratiladi. 
Maktabgacha  katta  yosh  –  bolaning  nutqni  o‘rganishga  qizg‘in  kirishish,  til  voqeligini  eng 
oddiy  tarzda  anglash  davridir.  Maktabgacha  yoshdagi  bolaning  til  sohasidagi  boy  tajribasi,  aniq, 
obrazli so‘zda ifodalangan yorqin taassurotlari, kechinmalari uning til va nutq sohasidagi mustaqil 
faoliyatining muhim shartidir. 
Muammoli  nutq  holatlari  fonetik,  leksik  va grammatik mazmundagi  turli  so‘zli  didaktik 
o‘yinlarda  modellashtiriladi.  Shuning  uchun  maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  didaktik 
o‘yinlarni  tashkil  qilishni  bolalarda  so‘zga  nisbatan  lingvistik  munosabatni  rivojlantirishning 
asosiy sharti sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Leksik  mazmundagi  o‘yinlar  va  mashqlar  nutqning  mazmun  jihatini  rivojlantirishning 
zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli buyumlar va ob‘ektlarni qiyoslash, ularning turli umumiy 
xususiyatlari va vazifalarini ajratish muhim ahamiyatga egadir. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Real  ob‘ektlar  (o‘yinchoqlar,  rasmlar,  kiyimlar,  mebellar  va  x.)  ham  va  tasavvur 
qilinadigan  vaziyatlar  (quvnoq  va  ma‘yus  ayiqcha,  ertagi  va  kechki  ob-havo,  qahramonning 
voqea  boshidagi  va  uning  yakunidagi  kayfiyati)  ham  taqqoslanishi  mumkin.  Hikoyani 
boshlashdan  oldingi  lug‘at  mashqlari  bolalar  ravon  nutqining  aniq  va  obrazli  so‘zlar  hamda 
iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi. 
Turli  toifadagi  so‘zli  o‘yinlar,  mashqlar,  muammoli  vaziyatlarning  o‘zaro  bog‘liqligi, 
ularning  asta-sekin  murakkablashuvi,  muammoli  nutq  vazifalarini  muntazam  ravishda  qo‘yib 
borish-to‘laqonli nutqiy rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar tili va ularning ravon 
nutqini  rivojlantirishga  doir  doimiy  ishlarning  maqbul  shakli  maxsus  nutq  mashg‘ulotlari 
hisoblanadi, unda nutqni rivojlantirishga oid vazifalar yalpi tarzda va o‘zaro bog‘liqlikda xal etiladi. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish