Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

«Nasos» 
Mazmuni: Tarbiyachi deydi: «Bolalar velosipedda sayr qilishga qaror qilishgan edi, lekin 
ular  g‘ildiragining  dami  chiqib  ketibdi.  Ular  nasoslarni  olib,  g‘ildiraklarni  damlashga 
kirishdilar.  Nasosdan  chiqayotgan  havo  xushtak  chalmokda:  sssss..sss..Barchamiz  birgalikda 
g‘ildiraklarni  damlaymiz.  Bolalar  ana  shu  harakatlarga  taqlid  qiladilar,  tarbiyachi  bilan 
birgalikda «s» tovushini cho‘zib aytadilar. 
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning tovushni aniq, to‘g‘ri va cho‘zib aytishlarini nazorat 
qiling. 
3-ish turi: 
Maqsad: so‘zlarda «s» tovushining to‘g‘ri talaffuz qilinishini mustahkamlash, fonematik 
tinglashni rivojlantirish, so‘zlarning adabiy me‘yorlarga muvofiq holda aniq talaffuz etilishiga 
erishish. 
«Sen bilasanmi?» 
Mazmuni: Tarbiyachi: «Bolalar, men sizlarga bir nechta savollar   beraman,   ularga  javob  
berishingizda    har  biringizning  stolingizda  yotgan  suratlardan  foydalanishingiz  mumkin.  To‘g‘ri 
javobni topgan bola yoki qiz bu yoqqa chiqadi va suratda tasvirlangan narsa nomini aytib beradi». 
Keyin  savollar  boshlanadi:  «Nimani  minib  yurish  mumkin?»  (Bolalarda  samokat,  samolyot, 
avtobus, trolleybus va boshqa narsalarning suratlari mavjud.); 
«Do‘konda  nimalar  bor?»  (sariyog‘,  mineral  suv,  non);  «Xayvonot  bog‘ida  kimlar 
yashaydi»  (sirtlon,  yo‘lbars,  fil,  sarlochin  va  boshq.).  Bolalar  narsalar  nomini  to‘g‘ri 
aytganlaridan so‘ng, tarbiyachi ushbu so‘zlarda qaysi tovush takrorlanayotganligini so‘raydi. 
Metodik  ko’rsatmalar:  So‘zlarning  aniq  talaffuz  qilinishini,  so‘zlarda  «s»  tovushining 
to‘g‘ri  talaffuz  qilinishini  nazorat  qiling.  Agarda  bolalar  tovushni  aniqlashda  qiynalsalar,  bu 
holda  tarbiyachining  o‘zi  bir  nechta  so‘zlarni  aytadi  va  ularda  «s»  tovushini  ajratib  talaffuz 
qiladi. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
4-ish turi: 
Maqsad:  Nutqni  tinglash  qobiliyatini  rivojlantirish,  yaxshi  diksiyani  mashq  qilish,  «s» 
tovushini  iboralarda  bir  nafasda  aytilishini  mustahkamlash,  intonatsion  ifodalilik  bilan  oxisa 
sur‘atda so‘zlash qobiliyatini tarbiyalash. 
«Pochtalon» 
Mazmuni:  Pochtalon  bolalarga  syujetli  suratlarni  tarqatadi.  Har  bir  bola  suratni  olgach,  uni 
boshqa bolalarga ko‘rsatadi va unda nimalar chizilganligini aytadi. Masalan, mana bunday suratlar 
turkumi  foydalaniladi:  bog‘da  skameyka  turibdi,  samolyot  o‘rmon  ustidan  juda  balandda  uchib 
o‘tmokda, it sho‘rva ichmoqda va x.k. 
Metodik  ko’rsatmalar:  Bolalarning  aniq,  baland  va  bir  nafasda  iboralar  aytishlarini 
nazorat qiling. 
5 yoshdan 7 yoshgacha. 
 1-ish turi. 
 «V-f» tovushlari. 
Maqsad:  «v»  va  «f»  tovushlarini  farqlash,  ularning  to‘g‘ri  talaffuz  qilinishiga  erishish. 
Og‘izdan davomli nafas olish, ovozni ixtiyoriy ishga sola olish qobiliyatlarini rivojlantirish. 
«YOzmi yoki qishmi?» 
Mazmuni.  Tarbiyachi:  «YOzda  quyosh  nur  sochadi,  mayin  va  iliq  shamol  esadi.  U 
shunday  esadi:  fff...Qishda  sovuq  bo‘lib,  kuchli  shamol  esadi,  u  shunday  ovoz  chiqaradi: 
vvv...». Tarbiyachi dastlab bolalarga mayin shamol qanday esishini, so‘ngra esa, kuchli shamol 
qanday esishini ko‘rsatib berishni taklif qiladi. 
So‘ngra  tarbiyachi  «f»  tovushini,  keyin  -  «v»  tovushini  davomli  talaffuz  qiladi,  bolalar 
esa qaysi fasl ekanligini, ya‘ni qishmi yoki yozligini aniqlashlari lozim. 
Metodik  ko’rsatmalar.  Bolalar  «f»  va  «v»  tovushlarini  bir  nafasda  to‘g‘ri  va  davomli 
talaffuz qilishlarini nazorat  qiling.  «F» va  «v» tovushlarini talaffuz qilishda pastki lab  yuqori 
qatordagi  tishlar  bilan  birga  darcha  hosil  qilishi  va  undan  havo  chiqishini,  ayni  paytda  «f»ni 
talaffuz qilishda havo sekin chiqishi, «v» tovushini aytishda esa kuchli bosim ostida chiqishini 
ko‘rsating. 
2-ish turi. 
Maqsad.  So‘zlarda  «f»  va  «v»  tovushlarining  farqlanishiga,  ushbu  tovushlar 
qatnashadigan  so‘zlarning  aniq  talaffuz  qilinishiga  erishish.  Fonematik  tinglash  qobiliyatini 
rivojlantirish. «Koptokni uzat». 
Mazmuni.  Bolalar  doira  hosil  qiladilar.  Koptok  tarbiyachida  turibdi.  Bolalarga  koptokni 
bir-biriga uzatishda  «v»  yoki  «f» tovushini aytish vazifasi  qo‘yiladi.  Koptokni  olayotgan bola 
esa ushbu tovushlardan biri ishtirok etadigan so‘zni aytishi zarur. 
Metodik ko’rsatmalar. O‘yinlarni o‘tkazishda bolalarga zarur so‘zlarni esga olishlari uchun 
vaqt berish zarur. 
3-ish turi. 
Mašsad.  Bolalarga  iborali  nutqda  «v»  va  «f»  tovushlarini  aralashtirib  yubormasdan, 
to‘¾ri talaffuz qilishni o‘rgatish. 
«Kimga nimani berish kerak?» 
Mazmuni. Tarbiyachi bolalarga o‘¾il bolalar va qizlarning «f» yoki  «v» tovushi ishtirok 
etadigan  ismlarini  aytishni  taklif  qiladi.  So‘ngra  u  deydi:  «Valida  va  Farrux  xonani 
yi¾ishtirmoqdalar. Valida nomida «v» tovushi ishtirok etadigan narsalarni yi¾ishtiradi, Farru³ 
esa nomida «f» tovushi qatnashadigan narsalarni yi¾ishtiradi». Tarbiyachi bolalarga «v» yoki 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
«f» tovushli narsalar tasvirlangan suratlarni tarqatadi (vaza, kofta, fartuk, samovar va x.k.). ²ar 
bir  bola  narsaning  nomini  aytadi  va  uni  kim  olishi  lozimligini  aytadi.  Masalan:  «Mening 
suratimda kofta tasvirlangan. Koftani Farrux oladi». 
Metodik  ko’rsatmalar:  Bolalarning  «v»  va  «f»  tovushli  suratlarni  to‘g‘ri  tanlashlarini 
hamda so‘zlarni aniq va baland ovozda aytishlarini nazorat qiling. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish