Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
artikulyatsiyani, og‘izdan uzoq muddat davomida bir tekis nafas chiqarishni o‘rgatish, tovush 
balandligini rivojlantirish. 
2-ish  turi  -  ajratib  qo‘yilgan  tovushni  talaffuz  qilishni  aniqlashtirish  va  nutqni  tinglash 
qobiliyatini rivojlantirish. Tarbiyachi ajratib qo‘yilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish 
yoki uni taqlid asosida atash uchun o‘yinlarni yoki o‘yinli mashqlarni olib boradi. Bolalarning 
diqqat-e‘tibori ushbu tovushni talaffuz etishda artikulyatsiya apparati organlarining holatiga va 
uning  jaranglashiga  qaratiladi.  Ushbu  tovushni  tovushlar  guruhi  ichidan  ajratib  olish  uchun 
o‘yinlardan foydalaniladi. 
Bu  ish  turi  nutqni  tinglash,  ovoz  balandligini  taqqoslay  olish  qobiliyatlarini  tarbiyalash, 
artikulyatsiya apparatini, nutqiy nafas olishni rivojlantirishga yordam beradi. 
3-ish  turi  -  so‘zlarda  tovushni  to‘g‘ri  talaffuz  qilishni  tarbiyalash  va  fonematik  tinglash 
qobiliyatini rivojlantirish. 
Tarbiyachi  so‘zlarda  tovushlarni  aniq  va  to‘g‘ri  qo‘llashga  yordam  beruvchi  turli 
materiallarni  (asosan,  didaktik  o‘yinlar)  beradi.  Dastlab  mashq  qilinayotgan  tovush  urg‘uli 
bo‘g‘inda  turgan  so‘zlarda  beriladi.  Bolalar  uni  yanada  aniqroq,  cho‘zib  talaffuz  qilishni 
o‘rganadilar, ya‘ni tovushni ovoz yordamida ajratish ko‘nikmasini mashq qiladilar, keyinchalik 
esa  ularni  nafaqat  ajrata  olish,  balki  uning  bo‘g‘indagi  joyini  aniqlashni  o‘rganadilar.  Bir 
vaqtning  o‘zida  fonematik  tinglash,  so‘zlarni  orfoepiya  me‘yorlariga  muvofiq  holda  talaffuz 
qilish vazifalari xal etiladi. 
4-ish  turi  -  tovushlarni  iborali  nutqlarda  to‘g‘ri  talaffuz  qilishni  tarbiyalash  va  nutqni 
tinglash qobiliyatini rivojlantirish. 
Pedagog  maxsus  tanlab  olingan  nutqiy  materiallar,  ya‘ni:  so‘zli  o‘yinlar,  tez  aytishlar, 
topishmoqlar,  she‘rlar  va  hikoyalarni  beradi.  U  mazkur  tovushning  yuqorida  sanab  o‘tilgan 
materialda  to‘g‘ri  qo‘llanishini  kuzatib  boradi.  Mustaqil  nutqda  tovushni  to‘g‘ri  talaffuz 
qilishni tarbiyalash nutqni tinglash va nutqiy nafas olish qobiliyatlarini rivojlantirish, nutqning 
oxista  sur‘ati  va  intonatsion  ifodaliligidan  foydalana  olish  qobiliyatini  shakllantirish  bilan 
birgalikda olib boriladi. 
3-bosqich - besh yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan davr 
Maktabgacha  katta  yoshdagi  bolalar  ko‘p  xollarda  ona  tilidagi  barcha  tovushlarni 
o‘zlashtirib  oladilar  va  to‘g‘ri  talaffuz  qiladilar,  so‘zlar  va  iboralarni  aniq  va  to‘g‘ri  talaffuz 
qilishni,  nutq  balandligini  vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda  o‘zgartirishni,  ifoda  qilishning 
intonatsion  vositalaridan  foydalanishni  biladilar,  yetarli  darajada  rivojlangan  tinglash 
qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Biroq bu yoshda hali ham ayrim tovushlar va murakkab so‘zlarni, 
ayniqsa  bir  necha  undoshlar  ishtirokidagi  so‘zlarni  unchalik  aniq  talaffuz  qila  olmaydigan 
bolalar  ham  uchraydilar.  Ular  har  doim  ham  oxista  nutq  sur‘atlaridan  foydalana  olmaydilar, 
ancha  baland  yoki  past  ovozda  so‘zlaydilar  va  x.k.  Ayrim  bolalar  esa  tovushlarni  to‘g‘ri 
talaffuz  etgani  holda  ularni  tinglash  jarayonida  ajratib  olishni  qiynaladilar,  bu  esa  kelgusida 
savod chiqarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Bolalar  odatda  maktabgacha  ta‘lim  muassasalariga  turli  yoshlarda  kelishi  va  nutq  tovush 
madaniyatining barcha bo‘limlarini har xil o‘zlashtirishlari tufayli uni shakllantirishga doir ishlar katta 
guruhlarda davom ettirilishi lozim. 5-7 yoshli bolalar nutqida tovush madaniyatini shakllantirishning 
asosiy vazifasi nutqni tinglash qobiliyatini yanada takomillashtirish, aniq, to‘g‘ri va intonatsion ifodali 
nutq ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iboratdir. 
Ushbu bosqichda nutq tovush madaniyatini shakllantirishni bolalar tomonidan ko‘pincha   
aralashtirib talaffuz qilinadigan tovushlarni  tabaqalashtirish ishlari bilan bog‘liq holda  amalga 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
oshirish  mumkin:  shippilovchi  va  chiyillovchi  tovushlar  -  sh-s,  j-z;  jarangli  va  jarangsiz 
tovushlar - v-f, z-s, j-sh, b-p, d-t, g-k; «l» va «r» tovushlari va boshqalar. 
Zarur xollarda ko‘pincha bolalar tomonidan aralashtirib  yuboriladigan boshqa tovushlar 
juftliklarini ham tabaqalashtirish mumkin. 
Tovushlarni  tabaqalashtirishga  doir  ishlar  tovushlarni  farqlash  bilan  bir  vaqtning  o‘zida 
ularning akustik va artikulyatsiya xususiyatlariga qarab o‘tkazilgan xollardagina to‘g‘ri tashkil 
etilishi  mumkin.  Bu  xususiyatlar  bolalar  tomonidan  ancha  ilgari,  tovushlarni  mashq  qilish 
chog‘ida ajratilgan. Masalan, «s-sh» tovushlarini mashq qilish jarayonida tarbiyachi bolalarga 
ushbu  tovushlarning  asosiy  akustik  va  artikulyatsiya  xususiyatlarini  ajratgan  holda  ularni  bir-
biriga taqqoslashga undaydi: sovuq havo nasosdan chiqadi va xushtak chaladi: sssss....-biz «s» 
tovushini talaffuz qilganimizda til pastki tishlar ortida turadi; yorilib ketgan shinadan shuvillab 
issiq havo chiqmokda: shshshshsh.....biz «sh» tovushini talaffuz qilganimizda til yuqori tishlar 
ortiga ko‘tariladi. 
Tovushlarning farqlovchi xususiyatlarini amaliy o‘rganishga qaratilgan bunday tizimli ish 
maktabgacha  ta‘lim  muassasasiga  kechroq  qatnay  boshlagan  bolalarga  o‘z  tovush  talaffuzini 
aniqlashtirib olishda yordam beradi, fonematik tinglash qobiliyati rivojlanishi va artikulyatsiya 
apparatining  tovushlarni  farqlashga  xos  bo‘lgan  tabaqalashtirilgan  nozik  harakatlarini 
o‘zlashtirishda  ko‘maklashadi.  Bularning  barchasi  ona  tilini  muvaffaqiyatli  o‘qitishni  davom 
ettirishning zarur sharti hisoblanadi. 
Ajratib  qo‘yilgan  tovushlarni  tabaqalashtirish  bilan  bir  qatorda  so‘zlar  va  iborali 
nutqlardagi  tovushlarning  ham  tabaqalashtirilishi  bir  vaqtning  o‘zida  bolalarda  nafas  olishni, 
diksiyani, intonatsion ifodalilikni,    ya‘ni takomillashtirish ishlarini ham olib borish imkonini 
yaratadi. 
Har  qanday  tovush  juftligini  tabaqalashtirish  uch  xil  turdagi  ishlarni  amalga  oshirishni 
ko‘zda tutadi. 
1-ish turi - ajratib qo‘yilgan tovushlarni tabaqalashtirish. Tarbiyachi tovushlarni ularning 
akustik  va  artikulyatsiya  xususiyatlariga  qarab  farqlashga  doir  ishlarni  bajaradi.  Bunda  u 
«obrazli»  suratlardan  foydalangan  holda,  ya‘ni  tovushni  xayvonlar,  narsalar  va  harakatlar 
chiqaradigan muayyan tovushlar bilan shartli ravishda taqqoslashni amalga oshiradi. 
Bir  vaqtning  o‘zida  ushbu  ish  turi  fonematik  tinglash  qobiliyatini  takomillashtirish, 
tovushlarni aniq talaffuz qilishni o‘rganishga yordam beradi. 
2-ish  turi  –  so‘zlardagi  tovushlarni  tabaqalashtirishdan  iborat.  Tarbiyachi  nomlarida 
tabaqalashtiriladigan  tovushlar  ishtirok  etadigan  turli  suratlar,  narsalar,  o‘yinchoqlarni  tanlab 
oladi  hamda  bolalarga  ularni  farqlashni  o‘rgatadi.  Dastlab  tabaqalashtiriladigan  u  yoki  bu 
tovush  mavjud  bo‘lgan  so‘z  olinadi,  so‘ngra  esa  faqat  bir  dona  tabaqalashtiriladigan  tovush 
mavjud  bo‘lgan  so‘zlar,  keyin  esa  har  ikki  tabaqalashtiriladigan  tovushni  o‘z  ichiga  olgan 
so‘zlar  tanlanadi.  Bolalar  ularni  aniq,  to‘g‘ri  talaffuz  qilishlari  va  ularning  farqlarini  ko‘rsata 
olishlari lozim. Bir vaqtning o‘zida ushbu ish diksiyani yaxshilashga yordam beradi, so‘zlarni 
talaffuzning orfoepik me‘yorlariga muvofiq holda to‘g‘ri talaffuz qilishni ta‘minlaydi. 
3-ish turi - nutqda tovushlarni tabaqalashtirish. Tarbiyachi so‘zli o‘yinlar, hikoyalar, syujetli 
suratlar,  she‘rlar,  tez  aytishlar,  topishmoqlar,  maqollar,  matallar  hamda  tabaqalashtiriladigan 
tovushlar  bilan  boyitilgan  boshqa  nutqiy  materiallarni  tanlab  oladi.  Ayni  paytda  u  bolalarning 
ushbu tovushlarni to‘g‘ri qo‘llashlarini va ularni o‘z talaffuzlari bilan aralashtirib yubormasliklarini 
nazorat qiladi. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Pedagog she‘rlar, hikoyalarda tovushlarni tabaqalashtirish uchun materiallar berar ekan, u bir 
vaqtning  o‘zida  bolalar  bilan  nutq  sur‘ati,  diksiya,  ovozdan  to‘g‘ri  foydalanishni  mashq  qilish 
imkoniyatiga  ega  bo‘ladi  hamda  so‘zlarni  talaffuz  etishning  adabiy  me‘yorlarini  hisobga  olgan 
holda ularning to‘g‘ri talaffuz qilinishini kuzatib boradi. 
Endi ko‘rsatib o‘tilgan ish turlaridan har bir yosh bosqichida foydalangan holda talaffuz 
ko‘nikmalari, nutqning tovush madaniyatini  amaliyotda qanday ishlab chiqish (shakllantirish) 
zarurligini ko‘rib chiqamiz. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish