Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
13-mavzu:Turli yosh guruhlarida nutqning tovush madaniyatini shakllantirish
metodikasi
REJA:
1. Tovush madaniyatini tarbiyalash dasturi haqida.
2.Tovushlarni talaffuz qilish, diktsiya, ovoz sifati, nutq ifodaliligiga kuyiladigan talablar haqida
tushuncha.
3. Turli yosh guruhlarida nutqning tovush madaniyatini
shakllantirish metodikasi
Tayanch tushncha va iboralar: tovush madaniyati, nutq shakllari, tarbiyachi,
maktabgacha ta‘lim
muassasasi va oila, nutq ko‘nikmalari,
tarbiyachi vazifasi, nutq ifodaligi.
1-bosqich - 1 yilu 6 oydan boshlab to 3 yoshgacha
bo’lgan davr
Bir yarim yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutqni tushunish tez rivojlanadi, lug‘at
boyligi keskin ortadi, so‘z tarkibi takomillashadi. Ular dastlab tovush birikmalarini, so‘ngra esa
oddiy iboralar, kichik she‘rlarni oson takrorlaydilar. Agarda ikki yoshda bola ikki-uchta
so‘zdan iborat bo‘lgan iboralarni qo‘llayotgan bo‘lsa, u uch yoshga kirganida uch-beshta va
undan ortiq so‘zlar ishtirokida murakkab iboralarni tuzadi. Ushbu davrda nutq nafaqat kattalar
bilan, balki tengdoshlar bilan ham muloqot vositasi sifatida shakllanadi. Bu davrda bolalarda
nutqning tovush tomoni, ya‘ni: ovoz va artikulyatsiya apparati, tovush talaffuzi, tinglash
qobiliyati jadal rivojlanadi. YAxshi, aniq va intonatsion jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan ifodali nutqqa
erishish uchun ilk yoshlardan boshlab bolalar bilan nutqning tovush madaniyatini
rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirish zarur.
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning kattalar bilan muntazam
ravishda muloqotda bo‘lishi orqali amalga oshirilishi lozim. Ushbu davrdagi asosiy vazifa-
tinglash qobiliyatini doimiy rivojlantirish, artikulyatsiya apparati a‘zolarini mustahkamlash va
rivojlantirishdan iboratdir.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun muayyan tovushlar guruhi tanlab olinadi va bolalar
tovushga taqlid qilish asosida ularni mashq qiladilar. Asosan bu eng oddiy tovushlar
guruhlaridir: unlilar - a, i, o; lab-lab - p, b, m; orqa tillilar - k, g, x; lab-tishlilar - v, f; old tillilar
- t, d, n. Ikki yildan keyin asta-sekin artikulyatsiya jihatidan nisbatan murakkab bo‘lgan old tilli
tovushlar ham beriladi -xushtaksimonlar - s, z; shuvillovchilar - sh, j, ch; sonorlilar - l, r, ammo
bu 3 yoshdan boshlab bolalarning to‘g‘ri talaffuz qilishlariga erishish zarur, degani emas.
Bolalar ushbu tovushlarni muntazam mashq qilish natijasida asta-sekin, 5-6 yoshlarga to‘g‘ri
talaffuz qila boshlaydilar.
Tovushga taqlid qilishni turli ish shakllariga qo‘shish bolalarning nafaqat turli
ko‘rinishdagi tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishlarini aniqlash va mustahkamlashga yordam
beradi, balki yaxshi diksiyaga erishishda, ya‘ni ularning tovushlar hamda so‘zlarni aniq va
tushunarli qilib talaffuz etishlariga erishishda ham ko‘maklashadi. Aynan bir xil tovush
taqlidlarini bir necha marta qo‘shib talaffuz qilish nutqiy nafasning rivojlanishiga yordam
beradi, ularni turli balandlikda talaffuz qilish bolaning ovoz apparatini rivojlantiradi.
Tovush taqlidlari bola tomonidan ko‘p marta amalga oshirilgani bois u bola uchun
namunaga aylanib qoladi hamda akustik va artikulyatsiya ko‘nikmalarini orttirish uchun yaxshi
material bo‘lib xizmat qiladi.
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Dastlab ikki yoshgacha shunday tovush taqlidlarini berish kerakki, toki ular bolaning
tinglash-nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga mos kelsin, masalan: na-na, ba, u, mu, av, ga-ga,
tu-tu, va x.k. Bolaning fonetik imkoniyatlariga va uning oddiy so‘zlari, tovushga taqlid qilish
shakllariga moslashish tovush talaffuzini aniqlash imkonini beradi. Bu nutqiy harakat
taxlilchisiga normal rivojlanish va «pishib yetilish» imkoniyatini, bolaga esa - ayrim
tovushlarga quloq tutish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida tinglash qobiliyatining
rivojlanishiga yordam beradi.
2-3 yoshli bolalar bilan ishlashda tovushga taqlid qilish
murakkablashadi,
xususiyatlariga
ko‘ra turlicha bo‘lgan tovushlarni o‘z ichiga oladi, masalan: dish-dish, g‘a-g‘a-g‘a, ku-ku-ku
va x.k. Bu tovushga taqlid qilishda ham, mustaqil nutqda ham tovushlarni aniq, tushunarli qilib
talaffuz qilishga yordam beradi, shuningdek nutqiy tinglash qobiliyatini rivojlantiradi. Bundan
tashqari, tovushga taqlid qilishga maktabgacha yoshdagi bolalar noaniq talaffuz qiladigan yoki
umuman ayta olmaydigan tovushlarni asta-sekin qo‘shib borish tovush talaffuzini yaxshilashga
yordam beradi. Bolalarda mavjud
tovushlar aniqlashtiriladi, yangilari paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, mashg‘ulotlarda va undan tashqarida turli tovush taqlidlarini muntazam
ravishda qo‘llagan holda tarbiyachi bir vaqtning o‘zida nutqning tovush madaniyatini ham
shakllantiradi. Talaffuz uchun osonlashtirilgan nutqiy materialda bola nutqning tovush
madaniyatiga oid qator bo‘limlarni mashq qiladi hamda shu bilan nutqni tinglash va nutqiy
harakat analizatorlarini nisbatan murakkab akustik-artikulyatsiya ishiga tayyorlaydi.
Ishlarning ushbu bosqichida bolalarning yoshiga qarab ularga o‘zida turli tovush
taqlidlarini jamlagan o‘yinlar, qo‘shiqlar, she‘rlar, sanoq she‘rlar va hikoyalar beriladi.
Tarbiyachi tovushga taqlid qilishni o‘yin-mashqlar, nutqni rivojlantirish va atrof-muxit
bilan tanishtirishga oid mashgulotlar, didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar, musiqiy mashg‘ulotlar
tarkibiga kiritadi.
2-bosqich - uch yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davr
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarning nutqi rivojlanishni davom etadi.
Ushbu yoshda lug‘at yig‘iladi, aniqlashtiriladi va takomillashtiriladi. Bolalar so‘zlarni
mazmuniga qarab aniqroq ayta boshlaydilar. Ular grammatik shakllardan to‘g‘ri foydalana
boshlaydilar, kichik ertaklar, hikoyalarni mantiqiy izchilikda hikoya qilish va suratlar
mazmunini aytib berishga qodir bo‘ladilar. Nutqning tovush jihati ham jadal rivojlanadi.
Bolalar ona tilining ko‘pgina tovushlarini o‘zlashtirib oladilar va to‘g‘ri talaffuz qiladilar,
so‘zlar va iboralarni sof va aniqroq ayta boshlaydilar, o‘z nutqining sur‘atiga e‘tibor bera
boshlaydilar.
Mazkur bosqichda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishdagi asosiy vazifa
bolalarda fonematik tinglash qobiliyatini rivojlantirish hamda so‘zlar va iboralarni aniq va
tushunarli qilib talaffuz qilgan holda ona tilining barcha tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishni
rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.
Bu yoshda asosiy vazifani xal etish bilan bir qatorda nutqning tovush madaniyatini
tarbiyalashning boshqa bo‘limlariga oid ishlarni ham amalga oshirish, ya‘ni: ovoz balandligini
vaziyatga qarab moslashtirish, so‘zlarni ulardagi urg‘ularni aniq qo‘ygan holda shoshmasdan,
to‘g‘ri va aniq qilib aytish qobiliyatini tarbiyalashga doir ishlarni ham amalga oshirish zarur.
Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashda tovushga taqlid qilish keng qo‘llaniladi. 3-4 yoshli
bolalar uchun nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash tovush talaffuziga oid ishlarni olib
borish jarayonida amalga oshiriladi. Uni shakllantirish maktabgacha ta‘lim muassasasida
nihoyasiga yetkazilishi lozim, nutqning tovush madaniyatiga oid qolgan bo‘limlarni