Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
so‗zning jarangdorligiga diqqatini yo‗naltirmaydi. Bundan tashqari, tarbiyachi shu vaqtning
o ‗zida so‗zning talaffuzini turli shakllarda ko‘rsatishi zarur. Ixtiyoriy diqqatning, esda olib
qolishning boshlang‗ich shakllaridan foydalanilsa, bolada o'zining nutqiga yangicha
munosabatda bo‘lish imkoniyati hamda eshituv idrokida analiz va sintez qilish uchun
sharoit vujudga keladi. So‗zlarda urg‘uni ishlatishdagi xatolarni tuzatish uchun maxsus
mashqlar o‗tkaziladi. Agar bola boshlamoq fe‘lida xatoga yo‘l qo‗ysa, mashg‗ulotda
namuna hikoyani tinglash taklif etilishi mumkin. Fe'ldagi urg'uli bo‗g‗in {boshlamoq
fe'lining turli shakllari) ovoz bilan ajratiladi: „Bahor keldi. Bahorda havo isiy boshlaydi.
Qorlar eriydi. Yerni ko‘m -ko'k maysalar qoplay boshlaydi. Daraxtlar gullab, barg chiqara
boshlaydi. Dalalarda ish qaynaydi. Chigit ekiladi. Qushlar uchib kela boshlaydi ― yoki
„Salim va Lobar bog‗chaga kelishdi. Salim koptok o‗ynay boshladi. Lobar aravachada
qo‗g‘irchoqni sayr qildira boshladi. So'ngra ular birgalikda kubiklardan uy qura
boshlashdi―. Bolalarning o‗zlariga ham xuddi shunga o'xshash (boshlamoq fe‘li
ishtirokida) hikoya tuzish taklif etiladi. Hamma bolalar ham ushbu fe'lni darrov to‗g‘ri
talaffuz eta olmaydilar. Keyingi mashg‗ulotlarda hikoya mavzusini o‗zgartirish mumkin:
„Navbatchilar nima qila boshlashdi?― va boshqalar. Tushum kelishigidagi otlarda
urg‘ularni to‗g‗ri ishlatishni mustahkamlash uchun sifat mazmuniga doir (3 — 4 jumladan
iborat) ta‘limiy hikoya taklif etish mumkin. Bu ta‘limiy hikoyada yetishmaydigan so‗zni
qo‘yish taklif etiladi, masalan: Bola anhorga ...(g'ozni) haydayapti, g‗ozchalar ...(g'ozning)
ketidan lapanglab ketishyapti va hokazolar. Bolalar nutqining orfoepik tomondan
to‗g‘riligi kattalar nutqiga taqlid qilish orqali shakllanadi. Og‗zaki nutqning ikki xil
uslubi bor:
So‗zIashuv uslubi — bu uslub til vositalarini qo‘llashda erkin bo‗ladi. So‗zlovchi
fikrni aytadi-da, keyin yana biror unutgan so'zini o‗sha gapning ketidan keltira beradi:
Dadam yengil mashina oldilar, „ Neksiya ―. So‘zlashuv uslubida so‘z tartiblash qoidalariga,
orfoepik qoidalarga amal qilinmaydi. Publitsistik uslub tilning ta‘sir qilish funksiyasi
bilan bog‘liq. Bu uslub so‗z tartiblash qoidalariga, orfoepik qoidalarga rioya qilgan holda,
biroz sekinlashgan sur'atda ravshan gapirish bilan ajralib turadi. Bu uslubda ilmiy
atamalar kam ishlatiladi, unda turli uslub elementlari (ilmiy, badiiy, kitobiy, so‗zlashuv
uslublari) aralash qo'llaniladi. Tarbiyachining nutqi pedagogik yo‗nalishning kuchiga qarab,
publitsistik nutq harakteriga ega bo‘lishi, orfoepik qoidalarga asoslanishi kerak. Bolalar
tarbiyachining nutqi ta'sirida gapirishga o'rganadilar, nutq orfoepik tomondan to‗g‗ri
shakilanib boradi. Tarbiyachi ba‘zan, ayniqsa, maishiy faoliyat jarayonida so‗zlashuv
uslubidan foydalanadi. Shuning bilan bir qatorda, shunday daqiqalar b oladiki, tarbiyachi
to‘liq publitsistik uslubda gapirishi shart: mashg‗ulotlarda, yangi qoidalarni tushuntirishda,
bolalarga badiiy asarlarni hikoya qilib berish, o‘qib berishda, ertaliklarda so‘zga chiqishda
va boshqalarda. Katta guruhlarda ba'zi bir orfoepik qoidalarni mustahkamlash uchun ayrim
mashqlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Masalan, „ Do‘kon― „Kutubxona― va boshqalarda
„keluvchilar― boshlovchining (sotuvchi yoki kutubxonachining) ismi va otasining ismini
aytib murojat etadi. „G apni tugalla― mashqida -choq (qo‗zichoq, toychoq), -voy
(Laylakvoy, bo'rivoy, quyonvoy), -gina qo'shimchalarini (qizgina, bolagina) olgan
so'zlarni kiritish mumkin. Katta guruhlarda uzluksiz tarzda radioeshittirishlarni,
magnitofon yozuvlarini, plastinkalami, teleeshittirishlarni (mash g‗ulotlarda va
mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda) tinglashni tashkil etish kerak. Tarbiyachi bu ishlarni
tashkii etish jarayonida bolalar diqqatini so'zlovchilarning to‗g‗ri va chiroyli nutqlariga
yo‗naltiradi, adabiy talaffuz bilan shug‗ullanuvchi kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etadi.
Tarbiyachining o‗zi esa adabiy talaffuzni takomillashtirish ustida uzluksiz ishlashi lozim.
Shunday qilib, bolalar nutqiga fonetik ta'sir etish bilan bir qatorda, ularning tovush
talaffuzini va ravshan gapirishini, so‗zni to‗g‗ri talaffuz etishini va adabiy so'z urg‗ularini
to‗g‗ri ishlatishini ham takomillashtirib boramiz.
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Do'stlaringiz bilan baham: |