Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Intonatsiya - bu jaranglayotgan nutqqa oid barcha ifoda vositalarining murakkab
majmui bo‘lib, uning yordamida muloqot jarayonida fikrlar va ifodalarni, shuningdek
emotsional-iroda munosabatlarini aniqlashtirish amalga oshiriladi.
Bolalar nutqining intonatsion ifodaliligi ustidagi ishlar asosan taqlid yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Nutqni rivojlantirishning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqning tovush
madaniyatini shakllantirishni 3 ta bosqichga bo‘lish mumkin: 1-bosqich - 1 yilu 6 oydan 3
yoshgacha; 2-bosqich - 3 yoshdan 5 yoshgacha; 3-bosqich - 5 yoshdan 7 yoshgacha.
1-bosqichda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish kattalarning bolalar bilan
muntazam muloqoti orqali amalga oshiriladi. Asosiy vazifa -tinglash qobiliyatini doimiy
ravishda rivojlantirib borish, artikulyatsiya apparati organlarini mustahkamlash va
rivojlantirishdan iborat. Bunda har xil tovush taqlidlarini o‘zida jamlagan o‘yinlar, she‘rlar,
qo‘shiqlar, hikoyalardan foydalanish mumkin.
2-bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash tovush talaffuziga doir ishlarni
olib borish jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy vazifa -bolalarda fonematik tinglash va ona
tilining barcha tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilish, so‘zlar va iboralarni aniq hamda tushunarli
qilib talaffuz etish; ovoz balandligini vaziyatdan kelib chiqqan holda boshqarish qobiliyatini
tarbiyalash, so‘zlarni ulardagi urg‘ularga aniq rioya qilgan holda to‘g‘ri va aniq talaffuz
qilishdan iborat. Ayni paytda tovush taqlididan foydalanish darkor. Ona tilidagi barcha
tovushlarni mashq qilish navbati bilan bir-birini almashtiruvchi to‘rtta turni ko‘zda tutadi:
artikulyatsiya apparati organlarini tayyorlash, ajratilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish
va ushbu tovushni boshqalari ichidan ajrata olish, iborali nutqda tovushni to‘g‘ri talaffuz
qilishni mustahkamlash.
3-bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashni bolalar tomonidan ko‘p
xollarda aralashtirib yuboriladigan tovushlarni (shuvillovchi, xushtaksimon, jarangli, jarangsiz
va boshq.) tabaqalashtirishga doir ishlar bilan bog‘liq holda amalga oshirish lozim. Bunda
asosiy vazifa nutqiy tinglashni yanada takomillashtirish, aniq, to‘g‘ri, intonatsion ifodali nutq
ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Tabaqalashtirish ajratib qo‘yilgan tovushlar bo‘yicha ham va ayni paytda so‘zlar hamda
iborali nutqlar bo‘yicha ham amalga oshiriladi. Bu esa bir vaqtning o‘zida bolalarda nutqiy
nafas olish, diksiya, intonatsion ifodalilik, ya‘ni nutq tovush madaniyatining barcha qirralarini
takomillashtirish imkonini beradi.
Har qanday tovush juftligini tabaqalashtirish uch turdagi ishni amalga oshirishni ko‘zda
tutadi: ajratib qo‘yilgan tovushlarni tabaqalashtirish; so‘zlarda tovushlarni tabaqalashtirish;
nutqda tovushlarni tabaqalashtirish.
Tovushlarni tabaqalashtirish uchun materiallarni she‘rlar, hikoyalar, tez aytishlar orqali
berish va bir vaqtning o‘zida bolalar bilan nutq sur‘ati, diksiya, ovozdan to‘g‘ri foydalana olish,
so‘zlarni adabiy me‘yorlarni hisobga olgan holda talaffuz qilishni mashq qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: