Ikkinchi bosqich - 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davr. Bu yoshda so‘zning fonetik va
morfologik tarkibini shakllantirish jarayoni boradi. Eng qiyin artikulyatsiya harakatlarini
takomillashtirish davom ettiriladi. Bu bola uchun oraliq, affrikat va sonor tovushlarini chiqarish
imkoniyatini yaratadi. Ushbu bosqichdagi ishlar bolalarning so‘zning tovush jihatiga nisbatan
sezilarli ravishda ajralib turadigan ongli munosabatiga tayanadi va u ona tilining barcha
tovushlarini izchil ravishda mashq qilish asosida quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |