Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Tarbiyachining namuna hikoyasidan bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishning dastlabki 
bosqichlaridan,  shuningdek,  yangi  vazifa  qo'yilganda  yoki  hikoya  qilib  bera  olmaydigan 
bolalarga  yordam  berishda  foydalaniladi.  Tarbiyachining  namuna  hikoyasini  yomon  hikoya 
qiladigan I — 2 bola takrorlashi mumkin. 
Namuna  hikoya  usulidan  mashg'ulotning  boshida  foydalanish  kerak.  Undan  mashg'ulot 
oxirida foydalanish esa hech qanday ijobiy natija bermaydi, chunki bolalar namuna hikoyaga 
taqlid qila olmaydilar, o'z nutqlarida undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar. 
2. 
Hikoya rejasini berish usuli. Hikoya rejasi 2 — 3 asosiy savoldan iborat bo'lib, fikrning 
ketma-ketligini  va  mazmunini  belgilaydi.  Namuna  usulidan  foydalanib  hikoya  qilib  berish 
bilan  bog'liq  2  —  3  mashg'ulotdan  keyin  hikoyani  reja  asosida  so'zlab  berishga  o'rgatish 
mustaqil,  yetakchi  usullardan  biri  bo'lib  qoladi.  Bolalar  hikoyasi  xilma-xil  bo'lishi  uchun 
tarbiyachi  oldindan  asosiy  va  qo'shimcha  reja  tayyorlab  qo'yishi  kerak.  Bir  mashg'ulot 
jarayonida savollarni almashtirish (yangilash) bolalar diqqatini faollashtiradi. 
Masalan,  maktabga  tayyorlov  guruhi  bolalariga  o'z  guruh  xonalarini  tasvirlash  uchun 
taxminan quyidagi rejani taklif etish mumkin: 
1. 
Xonani kim toza saqlaydi? 
2. 
Sen xonani yigMshtirishda (tozalashda) qanday yordam berasan? 

yoshli bolalar guruhi bilan dastlabki mashg'ulotlarda, agar bola rejadan chetlashsa, uning 
nutqini  bo'lmasdan,  oxirigacha  tinglab  turish  lozim.  Ammo  asta-sekin  hikoyaning  to'liq  yoki 
izchil emasligini aytib, boshqa bolalarni javobni to'ldirishga jalb qilishi kerak. 

yoshli  bolalarning  hikoyasiga  dastur  talablarini  (ularning  maqsadga  qaratilganligi  va 
izchilligiga)  qo'yadi.  Shuning  uchun  bolalarni  hikoya  rejasiga  amal  qilishga  o'rgatish  kerak. 
Ayniqsa, bu rasm asosida hikoya qilish va o'z tajribalaridan hikoya tuzishga taalluqlidir. 
Tarbiyachi  hikoya  qiluvchining  mavzudan  yoki  rejadan  chetga  chiqib  ketganini  o'zi 
ko'rsatibgina  qolmay,  balki  bolalarni  o'rtog'ining  hikoyasini  nazorat  qilib  borishga  jalb  qilishi 
kerak. 
(Hozir nima haqida hikoya qilib berish kerak? Hammaga tushunarli bo'lishi uchun awal nimani 
hikoya qilib berish yaxshiroq?) 
Hikoya  namunasini  berish  hikoya  qilishga  o'rgatishning  eng  yengil  usuli,  hikoya  rejasi 
berish usuli  esa ancha qiyin. Bu usul murakkab bo'lishiga qaramay, bolalarni hikoya qilishga 
o'rgatishda keng tarqalgan muhim usul hisoblanadi. 
3. 
Rejani  jamoa  bo'lib  muhokama  qilish  usuli.  Reja  asosida  hikoya  tuzish  va  uning 
mazmunini boyitishni yengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo'lib muhokama qilish tavsiya 
etiladi.  Bu  usuldan  katta  va  maktabga  tayyorlov  guruhlarida  reja  asosida  hikoya  qilishga 
o'rgatishning  dastlabki  bosqichida  foydalaniladi.  Masalan,  tarbiyachi  bolalarga  shunday 
yo'llanma beradi: ,.Biz qanday qilib jo'ja boqqanimizni gapirib bering. Jo'jalar qayerdan paydo 
bo'ladi? Ularni qanday parvarish qildingiz? Jo'jalar katta bo‗lganda, ular qanday bo'lishdi?" 
Bu usulning mohiyati nimadan iborat? 
Hikoyani  tuzishga  qadar  tarbiyachi  bolalar  bilan  birgalikda  rejadagi  ayrim  savollarni 
muhokama  qiladi,  ya‘ni  hikoya  mazmunining  xilma-xil  bo'lishi  imkoniyatlarini  ko'rsatadi. 
Rejadagi  bir  savolga  (masalan,  „Bola  qanday  kuchukcha  topib  oldi?")  bir  necha  bola  joyida 
o'tiigan  holda  javob  berishini  taklif  etadi.  Bolaning  joyida  o'tirgan  holda  javob  berishi  —  bu 
hali hikoya emas, balki bir yoki bir necha gap. Hikoya rejasini jamoa bo'lib muhokama qilish 
usuli esa bolalarning tashabbuskorligini jonlantiradi, faollashtiradi, bolalarni murakkab jarayon 
hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o'rgatadi. 
4. 
Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli. 
Bu usul o'ziga xos bo‘lib, undan bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. 
Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida tarbiyachi 
va  bolalar  ayrim  javoblarni  tinglaydilar,  ulardan  qaysi  biri  yaxshiroq  ekanligini  muhokama 
qiladilar. Tarbiyachi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So'ngra 
navbatdagi  eng  yaxshi  savol  tanlanadi,  tarbiyachi  esa  aytilgan  eng  yaxshi  jumlalarning  va 
o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi. 



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish