NUMIZMATIKA FANIDAN MA’RUZA MAVZULARI
1-mavzu; Kirish. Numizmatika fani, maqsad vazifalari
Reja;
1. Kirish. Numizmatika fani, maqsad vazifalari. 2. Numizmatika terminalogiyasi 3. Numizmatika fani va boshqa fanlar
Numizmatika fani predmeti, maqsad va vazifalari, fan sifatida shakllanishi. Numizmatika - tangalar haqidagi fandir. U lotincha “numisma ” so’zidan olingan bo’lib, tanga ma’nosini bildiradi. Numizmatlar tangalardagi rasmlar (tip), yozuvlar (izoh), ularning og’irligi, o’lchami, metall sifati, kim tomonidan zarb etilganligi, qachon va qayerda muomalada bo’lganligi kabilarni o’rganadilar. Numizmatik izlanish asosida tangalardan tarix va madaniyatga oid bo’lgan ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Qog’oz pullarni bonistika o’rganadi.
Tanga-bu belgilangan normadagi metall quymasi. U o’zining og’irligi, qiymatiga, sifat tarkibiga ega bo’lgan qonuniy muomala vositasi hisoblanadi. Pul, qiymat o’lchovi, muomala vositasi, xazina to’plash, to’lov vositasi, jaxon puli vazifalarini bajaradi. Tangalar fanning turli soxalari, jumladan tarix. arxeologiya, siyosiy iqtisod, tilshunoslik san’atshunoslikka oid masalalarni xal etishga yordam beradi.
Insoniyat tarixi va madaniyatini o’rganishda tangalarning ahamiyati katta. Xususan, tarix, siyosat, iqtisod, san’atshunoslik, mafkura, til, me’morchilik, savdo, xalqaro aloqalar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni yechishda muhim rol o’ynaydi. Tangalar bulib o’tgan tarixiy voqealarning sanasi, shoxlar hukmronligi, davlat chegaralari, kiyimlarini o’rganishda xam katta ahamiyatga ega. Qo’lyozmalar asrlar davomida boshqalar tomonidan o’zgartirilar, qayta ko’chirib yozilar, ayrim so’zlarning ma’nosi aslidan uzoqlashib ketardi. Tangalardagi zarb etilgan yozuvlar esa qanday bo’lsa shundaylngicha saqlanib qolaveradi.
“Numizmatika" termini o’rta asrlarda paydo bo’lgan. Bugungi kunda “numizmatika" tushunchasi tanga va medallarni kolleksiyalash xamda ularni o’rganuvchi fanni uz ichiga oladi.
Yevropada kadimgi tanga pullarga kizikish uygonish davrida boshlangan. Dastavval ularga estetik nuktai nazardan karalgan va mashxur tanga kolpeksionerlari bo’lgan. Ayniksa XIV-XV asrlarda uygonish davri mamlakati bo’lgan Italiyada kadimgi Rim tangalarini mashxur italyan shoiri Petrarka (1304-1374) tuplagan. Florensiyalik Kozimo Medichi (1389-1464) va boshk. Birinchi numizmat paduyalik Djovanni Kavini (1499-1570) bulib, uning kolleksiyasida kuplab kadimgi davr tangalari bo’lgan.
1517 yilda Rimda Andree Fulvioning “Izobrajeniya znamenitыx lyudey” (“Mashxur shaxslarning tasviri”), 1553 yilda Lionda Gilom Rullning “Beglыy obzor monet naibolee znamenitыx lis, suщestvovavshix s sotvoreniya mira, s kratkim opisaniem ix jizni i deyaniy, zaimstvovannыm u klassikov” (Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalardagi xayoti va faoliyati haqida kiskacha ma’lumot)asari bulib, u tarixiy shaxslar, ya’ni Rim x,ukmdorlarining tasvirlariga kizikkan xolos. Lekin ulardan x,yech biri tangalarni o’rganishga ilmiy nuktai nazardan yondashmagan. Vaqt utishi bilan numizma tika predmetlarini to’plash ishi keng urf bo’lgan. XVI asr o’rtalarida mansabdorlarning saroy va kasrlarida 950 ta maxsus kabinetlar bo’lgan (Myuns kabinet). Kolleksiyalar bilan ishlash uchun maxsus xizmatchilar yollangan. XVI asrda birinchi numizma- tikaga oid yozma ishlar paydo bo’lgan. (Bu asarlarda afsonalar, fantastik fikrlar kuchli bo’lgan). Kolleksiya to’plash mazkur fanning rivojiga turtki bo’ldi. Garbiy Yevropa dukmdorlari, san’at a,\li tangalarni boylik sifatida to’plashlari natijasida kollesionerlarda turli mamla- katlar tangalari yigilib bordi. Tangalarni yigish XIV asrlardan boshlab avj olib, asta sekin odat tusiga kirdi. Kirol va imperatorlar kimmatbaxo tangalarni davlat xazinasidan ajratib olib, maxsus tangalarni saklovchi xonalar tashkil kilarkanlar, ularni o’rganish va tartib berish uchun olimlarni jalb etganlar. Kolleksionerlarni XIV-XVI asrlarda hukmdorlar kiyofasi va tarJimai x,oli kiziktirgan bo’lsa, XVIII asrda fanni ilmiy nuktai nazardan rivojlantirish katta avdmiyat kasb etdi va numizmatika bilan ilmiy shugullanuvchi mutaxassislar “numizmapchar" paydo bo’ldilar. Vaqt utishi va material tuplanishi bilan numizmatik bilimlar xam kuchaygan. 1749-1769 yillarda chaka pullarning kup tomli katalogi Leypsigda I.F.Ioaxim va I.G.Byome tomonidan nashr qilingan. Bu katologdagi chakalar ularning uzlaridagi ma’lumotga karab ukilgan. XIV asr mobaynida numizmatikani ukitish Yevropaning boiщa bir kator universitetlarida xam joriy qilingan edi. Avstriyaning Vena shaxrida imperator Maksimilian I saroyida, Parijda kirol Genrix IV va Lyudovik XIV ning kabinetida kirollarning medallari tuplangan. XVIII asrda Britaniya muzeyida tangalarning yirik kolleksiyasi yigilgan.
Peterburgda Pyotr I muzeyga asos solgan (u XVIII asrda Kunstkamera deb atalgan). Unda tangalardan tashkari medal- larning xam katta kolleksiyasi saqlangan. Keyin bu kolleksiyalar Ermitajga berildi. X,ozirgi kunda Ermitaj tangalar kolleksiyasi bo’yicha Yevropada birinchi urinda turadi. Yevropaning beshta - Parij, London, Peterburg, Vena, va Berlin shaxdrlarida kadimgi tangalarning yirik kolleksiyalari jamlangan.
Yangi pumizmatikaga Vena universitetы arxeologi, professori I.Ekkel’ (1737-1798) asos soldi. U sakkiz jilddan iborat “Nauka o drevnix monetax” “Kadimgi tangalar ilmi” (Vena, 1792-1798) kitobida 70 miigdan ziyod tangalarga tartib berdi. I.Ekkelning bu tuplami uchun unga antik davr tangashunos- ligining otaei nomi berilgan.
Germaniyalnk akademik Rossiya Fanlar Akademiyasi Kozon universiteti professori Xristian Martin Fren (1782-1851) Oltin Urda tangalarini urganib, tasniflagan. Xristian Martin Frenni 1807 yilda universitetga taklif etishganda, u ' Opisanie nekotorыx Samaiidskix i buveyxidskix monet” mavzusida arab tilida ma’ruza ukigan va bu ma’ruza kitob kilib chop etilgan. U bu yerda Povoljedan topilgan tangalarning 400 turini urgandi va yozma manbalarda keltirilmagan Oltin Urda xonlarning nomlarini aniqladi. Bundan keyin olim Peterburgdan ketmadi va umrini Shark tangalarini o’rganishga bagishladi. U xatto uz familiyasiga Xristian Danilovich nomini kushdi. Uning shogirdi P.S.Savelev u xdkda: “Martin Fren Rossiya uchun Shark tangalari manbashunosligini ochdi”, - deb yozadi.
1834 yilda A.D.Chertkovning “ Opisanie drevnix russkix mo net” asarida kadimgi rus tangalarining ilmiy tasnifini ama/ga oshirdi. Rus numizmati Aleksey Vasilevich Oreshnikov (1855-1933) tangani muxdm tarixiy manba deb ataydi. Uning Rocisskie monetы” asarida tangalarni knyazliklarga ajratib katalog to’zgan. XX asrda numizmatikaning mavkei o’zgardi. Tadkikotlar xususiy myunskabinetlardan davlat darajasiga kutarildi. “Numizmat” tushunchasi “kolleksioner” tushunchasidan ajratildi. Tangalar haqidagi fan tadkikotchilarning xarakatlari tufayli olga siljidi. 1986 yilda Kembrijda 13 tomlik tanga pullar tarixi bo’yicha jaxon olimlari ishtirokida yozilgan tuplamning 1 jild bosmadan chikdi. UzR FA Muso Toshmuxammad ugli Oybek nomli Uzbekiston xalklari tarixi muzeyining “Numizmatika" bulimi O’rta Osiyo bo’yicha eng boy haqiqiy tangalar saqlanadigan va uni o’rganadigan ilm-fan dargoxlaridan biridir. Unda Eron sho.\i Doroning oltin tangalari, Aleksandr Makedonskiyning tetradraxmasidan tortib XX asrning boshlarida O’rta Osiyoda zarb qilingan va savdo muomalasida yuritilgan 65 mingdan kup turli tuman oltin, kumush va misdan ishlangan tangalar saqlanmokda. Ushbu tangalar ulkamizning iqtisodiy rivojlanishi, xunar- mandchilik va tashki savdo aloqalari tarixini o’rganish uchun kimmatli manbalar beradigan ilm xazinasidir. Ilk o’rta asrlarda Shark musulmon davlatlarida zarb qilingan tangalarga max,alliy hukmdorlar uzlari bilan birga xdlifa nomini x,am kushib zarb kilganlar. Chunki halifa xudoning yerdagi noibi, diniy va siyosiy x,okimiyat ramzi x,isoblangan. Agar tangalarda xalifa nomi kayd qilinmagan bo’lsa, demak yerli x,okimiyat va Amir-al-Mumin o’rtasida nizo borligini va yoki unga karam emas, davlatning mustakilligini ko’rsatadigan dalil bo’lgan.
Tangalar nafaqat siyosiy balki, madaniyat san’atga ham oid kimmatli ma’lumotlarni beradi. Ular arxitektura yodgorliklari suratini aks ettirganligini, ularga karab me’morlar binolarni ham ta’mirlashi mumkin1. Jumladan, Afinada zarb etilgan bir tangada Akropoldagi Dionis teatri tasvirlangan. Bu bilan (Fedorov-Davыdov G.A. Monegы rasskazыvayut. - M : Pedagogika. 1990. - B 35). Akropolning kaysi tomonida bu teatr joylashgan o’rni aniqlangan. Xazina va tanga pullar topilmasi bugungi kunda maxsus tadkikotlarning asosiy ob’ktlari xisoblanadi. Bu manba orkali numizmat tanga pullar zarb qilingan vaqtdagi pul muomalasiga, savdo yullariga va iqtisodiy aloqalariga oid savollarga javob topishi mumkin. Sunggi 40-yillar mobaynida numizmatika yordamchi tarix fanlari doirasidan bir muncha chetga chikdi, ammo uzida yordamchi tarix fani funksiyasini saklab koldi. (Bu yillar mobaynida uning mustakil tarix faniga aylanishi uchun sharoit vujudga keldi).
Numizmatika terminologiyasi. Numizmatika o’zining metodi-kasi va terminologiyasiga ega. Tanga tipi - tasvir elementlarining barkaror kompozitsiyasi, unga tanganing old va orka tomonidagi yozuvlar kiradi. Bu xolatda tangadagi yozuvning mazmuni ahamiyat kasb etmaydi.
Avers - tanganing ikki, old (avers) va orqa (revers) tomonlari bor. Tangalarning aversida odatda xokim, shox yoki imperator, yoki mukaddas xayvon, reversida xam ma’buda yoki boshqa bir narsa, yozuvlar va tamga tasvirlangan buladi. Old tomon, tanganing yuzini, old tomonini tasvirlar yoki emitentni ko’rsatuvchi tangadagi yozuvlar orkali aniqlash mumkin. XIII asrgacha hukmdorning portreti, XIV asrdan boshlab gerblar tanganing old tomonini ko’rsatib bergan. Odatda ular bir - birini tuldirib borgan va tanganing bir tomonidan bo’lsa, davlat yozuvi bo’lgan tomon avers xisoblanadi. Ammo shunday tangalar xam borki, ular yukoridagi fikrlarga mos kelmaydi. Masalan, XVI asrda zarb etilgan Riga talerlarining xar 2 tomonida xam shaxar gerbining tasviri berilgan. Uning bir tomonida yozuvning boshi yangi kumush dinor va keyingi tomonida yozuvning oxiri berilgan. Bu xolatda yozuv boshlangan tomon avers xisoblanadi.
Revers - orka tomon. Bu tushuncha xam avers kabi shartli xisoblanadi. X,ozirgi kunda bu xolatga aniqlik kiritish soxasida baxslar davom etmoqda, ammo baxslarda bu tushunchalar tangani ta’riflashda ungaylik bulishi uchun kashf etilganligi yoddan kutarilmokda.
Emitent - tanga zarb etish huquqiga ega bo’lgan shaxe, xujayin, soxib tangani o’zining nomidan chiqaradi. O’rta asrlarda bunday huquqga - hukmdor, imperator, kirol, feodal respub- likasi, erkin shaxar ega bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |