Laboratoriya ishi №13 mavzu: metall va uning qotishmalarini metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida suyultirib dastaki payvandlash



Download 422,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.07.2022
Hajmi422,8 Kb.
#727963
  1   2   3   4
Bog'liq
4-Laboratoriya ishi (2)



Muallif: 
L.O.Daminov 
LABORATORIYA ISHI №13 
 
MAVZU: METALL VA UNING QOTISHMALARINI METALL ELEKTRODLAR 
BILAN ELEKTR YOY YORDAMIDA SUYULTIRIB DASTAKI PAYVANDLASH. 
 
Ishdan maqsad.
Metall va uning qotishmalarining metall elektrodlar bilan elektr yoy 
yordamida payvandlab chok bostirish va uning sifatini kuzatish. 
Ishni bajarishda kerakli jihozlar: 
Materialni payvandlashda tok manban sifatida 
transformator,
ПОС — 500, ПСГ — 500 qurilmalari, turli xil va markali 
elektrodlar, himoya maska yoki shit, metall cho‘tka, zubilo, andaza, chizg‘ich va 
boshqalardan foydalaniladi. 
Umumiy ma’lumot.
Ma’lumki, metall va uning qotishmalarining o‘zaro atomlar 
bog‘lanishlari hisobiga ajralmaydigan birikmalar olish 
payvandlash 
deyiladi. Detallarni metall 
elektrodlar bilan elektr yoy yordamida suyultirib dastaki payvandlash usuli 1888—1890 
yillarda N.S.Slavyanov tomonidan yaratilganiga qaramay XX asr boshlarigacha metallarni 
payvandlashda gaz alangasidan foydanilgan. 1907 yilda shved injeneri O.Kvelberg 
metallarni maxsus qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlab 
sifatli choklar olgach, bu usul keng tarqala boshladi. Bu usul gaz alangasida 
payvandlashga qaraganda qator afzalliklarga ega, jumladan, turli toklardan foydalanishi, 
sifatli choklar olinishi, qimmatbaho uskunalar talab etmasligi va boshqalar. 
Metallarni qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida dastaki 
payvandlash posti va payvandlash sxemasi 45- rasmdan ko‘rinadiki, payvandlanuvchi 
metall bilan metall elektrodi oralig‘ida elektr yoy hosil qilinadi va uning issiqligi 
ta’sirida elektrod uchi va payvandlanuvchi metall joyi erib, vanna hosil bo‘ladi. Bunda 
elektrod qoplamasi ham suyuqlanib, suyuq metall vanna havoning zararli ta’siridan himoya 
etuvchi gaz qobiq hosil etadi. Payvandlashda yoy payvandlash yo‘nalishi bo‘ylab surilgani 
sari metall vanna qota borib, uning sirtida oson ajraladigan shlak po‘stlog‘i hosil bo‘ladi. 
Chok sifati esa payvandlanuvchi metallar materialiga, payvandlash joylarini payvandlashga 
tayyorligiga, elektrod diametriga, tipiga, markasiga, chokni fazadagi holatiga, ishchining 
malakasiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Metallarni payvandlashga o‘tishgacha qay 
ishlar qilinmog‘i zarurligi ustida gap yuritaylik. Ma’lumki, mavjud sharoitda 
payvandlanuvchi zagotovkalar turli materiallardan bo‘lib, sirtlari zang, moy va bo‘lak 
iflosliklardan holi bo‘lmaydi, qalinliklari ham har xil bo‘ladi. Shu boisdan avval 
payvandlanadigan joylarni oksid pardalardan, moylardan, bo‘yoqlardan va boshqa 
iflosliklardan tozalanib, turli choklar bostirish uchun payvandlash joylarini qalinliklariga 
ko‘ra 46-rasmda ko‘rsatilgan tarzda tayyorlangach, payvandlash stoliga o‘rnatiladi. Bunda 
payvandlanadigan joyni ma’lum burchak bo‘ylab kesib ochilishi ko‘ndalang kesim bo‘yicha 
to‘laroq chok bostirishni ta’minlaydi. Undan tashqari zagotovkaning qalinligiga, materialiga 
ko‘ra elektrod xili, diametrini, tipini, markasini, tok kuchini to‘g‘ri belgilash ham muhim 
ahamiyatga ega. Odatda, payvandlanuvchi metall qalinligiga ko‘ra elektrod diametrini 
tubandagi nisbatda olish tavsiya etiladi: payvandlanuvchi metall qalinligi, 5 mm 1-2; 3-5; 4-
10; 12-24; 30- 60 elektrod diametri, d
 
mm-1,5-2,5; 3-4; 4-5; 5-6; 6-8. Elektrod materiali, 
diametri, ish qismi uzunligiga qoplama xiliga, chokning f-zadagi holatiga va boshqa 
ko‘rsatkichlarga ko‘ra tok kuchini quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 

Download 422,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish