Nukus Davlat Pedagogika Instituti
Pedagogika fakulteti
Pedagogika va psixologiya ta`lim yo`nalishi
Oila pedagogikasi fanidan
Mavzu: Oilada qiz bola yoki o`g`il bolani tarbiyalashda ota-onaning san`atkorligi.
Mustaqil ish
Topshirgan: 3a-kurs sirtqi bo`lim talabasi Sultanova Y.
Qabul qilgan: Jiemuratov K.
Nukus-2021y.
Oilada qiz bola yoki o`g`il bolani tarbiyalashda ota-onaning san’atkorligi.
REJA:
Kirish.
Bola tarbiyasida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari.
Ota-onalik psixologiyasi va tarbiya shakllari.
O`g`ilni o`g`il va qizni qiz etib tarbiyalash san’ati.
Ma’naviy barkamol, sog`lom avlodni tarbiyalashda oi;aviy muhitning o`rni.
Xulosa.
Tarbiya biz yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat,
yo falokat masalasidir.
(A.Avloniy).
Inson o`ziga hos xususiyatlari uning mehnatga, ma`naviy, g`oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada shakllanadi. Jamiyat mustahkam, ma`naviy va ahloqiy jihatdan sog`lom oila bo`lishidan manfaatdordir. Shu sababli mamlakatimizda oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, shuningdek, ijtimoiy turmush tarzlarini yaxshilashda yordam berishni davlat ahamiyatiga molik ish deb biladi.
Tarbiya har qanday jamiyatni muhim vazifasidir. Tarbiya- bu shaxsning ijtimoiy ma`naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma`naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishta ta`sir ko`rsatish jarayonidir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov; “ Ta`limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O`zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo`lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo`lamiz ” debt a`kidlaganlaridek, “ Ta`lim to`g`risida” gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bugungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e`tiborni qaratmoqda.
Tarbiya kishilik jamiyati paydo bo`lishi bilan boshlandi va rivojlanib bordi. Bola tug`ilishi bilanoq ota-onasining parvarishi orqali atrof-muhit bilan tanishadi. Insonning shakllanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan muhitdan ya`ni ichkilikbozlik, giyohvandlik, kashandalik va boshqa illatlardan himoya qilish esa nihoyatda murakkab jarayon. O‘zbek halqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odati va an’analari, tarbiya g’oyalari va hayotiy tajribasi yillar davomida mukammallashib keldi . Hali tarbiya muassasalari bo‘lmagan davrdayoq, qabila a’zolarining bolalarda mehnatsevarlik, jangovorlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr – shafqatlilik, insonparvarlik xislatlarini shakllantirish va o‘stirish sohasidagi aql – idroki va usullari o‘sha davrdagi hayotiy tajribaning mevasi sifatida ijtimoiy hayotga bog’liq holda shakllandi va rivojlandi. Bola, asosan, oila muhitida tarbiyalanib, inson sifatida shakllanadi. Tarbiya esa hayotning eng muhim tergagi, ya’ni tayanchi hisoblanadi. Har bir bolani shunday tarbiyalash lozimki, u, avvalo, yaxshi o‘qishi va so‘ngra esa, yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko‘tarilsin. Oilada bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog‘i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo‘ladi. fiziologik va psixologiya fanining ko‘rsatilishicha inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatni ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi.Tug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u «mudroq» holatdabo‘lib, uning uyg‘onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.Agar bola o‘z layoqatiga mos sharoitda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo‘lmasa yo‘q bo‘lib, ketishi mumkin. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammosi insoniyat oldida turgan eng muhim muammollardan biridir. U o‘zida jismonan sog‘lom, aqlan barkamol yangi avlodni voyaga yetkazishni, kishilarning mehnat qilishi, dam olishini va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishini to‘g‘ri tashkil etishni, oqilona hayot kechirishi mujassamlashtiradi.Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-gigienik, ma’naviy jihatlarni har tomonlama o‘rganish, vujudga kelgan haqiqiy ahvolni hisobga olib tadqiq etish davr talabidir. O‘zbekiston aholisining hayot tarzini oiladan tashqarida tasavvur qila olmaymiz, shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bevosita oilaga, oilaviy hayot tarziga, «oila-tabiat-jamiyat-inson» tizimiga bog‘liqdir.Zero, sog‘lom turmush tarzi va oilaning farovonligi iqtisodiyo va ma’naviy omillar bilan belgilanganda edi, u vaqtda aholining moddiy farovonligi oshgan sayin, sog‘liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash masalasi to‘la hal etilganda sog‘lom turmush tarzining barqarorligini belgilovchi barcha o‘z -o‘zidan hal bo‘lgan va jamiyat uchun nomaqbul bo‘lgan hodisalar ham yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lar edi. Mustaqillik sharoitida oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish oilalarning ma’naviy-ruhiy tiklanishi va poklanishi muammolariga ham alohida ahamiyat berishni taqozo etadi. Chunki ma’naviyatning yuksakligi oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda umuminsoniy va milliy
tajribalardan foydalanib madaniy hayot kechirishni, bu sohada me’yorga rioya etishni talab qiladi. Oilada sog‘lom muhit-turmush tarzini barqarorlashtirish, farzandlarni barkamol etib tarbiyalash, oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy rolini bajarishda fuqaroliy ma’suliyatini oshirish lozim. Oilani, onalar va bolalarni muhofaza etishning kuchli ijtimoiy tizimini yaratish va amalga oshirish zarur. 1 Oilada sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazishda oila byudjet ini to‘g‘ri taqsimlash va oiladagi bolalarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kata ahmiyatga ega. Oilaning moddiy farovonligi bolalar sog‘lig‘I va ularning sog‘lom turmush tarzida o‘z aksini topadi. 2.Ovqatlanish sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Ovqatlanish bizning hududimiz sharoitida g‘oyat kata o‘rin tutadi. Chunki vitaminlar yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste’mol qilish, ularning miqdori jihatidan ham nomunosibligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog‘lom barkamol bo‘lib vochga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarda hayotda to‘laroq va faolroq ishtirok etishga, o‘zlarining bo‘sh vaqtidan unumli, yaxshi foylana bilishiga ham imkon beradi, ijtimoiy faollikning boshqa shakllari rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oila – milliy dunyoqarash manbai sifatida o‘quvchilarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Tarixda o‘g‘il-qizlar o‘z ota-onalaridan o‘zlashtirgan dunyoqarashni sintez qilib, o‘z oilaviy dunyoqarashlariga aylantirganlar. Bu farzandlarining milliy dunyoqarashlariga shakl, mazmun berib, meros tarzida o‘tib keldi. Dunyoqarashning birligi – milliyligi tufayli avlodlar orasida hamfikrlilik, o‘zaro ishonch, izzat, maqsad, birligi, samimiylik tantana qilar edi. Oila o‘g‘il-qizlarda milliy fe’l-atvor, husni xulq tarbiyasi manbai bo‘lib keldi. Ota-onalar har kuni, har soatda o‘zlari bilib-bilmagan holda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, bolalariga hatti -harakatlar, yurish-turish, so‘zlash, kulish, ovqat yeyish, yuvinish, muomala qilish, mezbon va mehmon munosabati me’yorlarini singdirib kelmoqdalar. Ayniqsa, o‘g‘ilni otalikka, qizni –onalikka , uy bekaligiga tayyorlash milliy tarbiyadagi ikki yo‘nalish-o‘g‘il va qiz bolalar tarbiyasi mavjudligini ko‘rsatadi. Maktabda
ham ana shu xususiyat saqlanishi va rivojlantirilishi kerak. Oilaviy munosabatlar odatda oiladagi ota-onaning roli, er-xotin munosabatlari, farzandlarning o‘zaro munosabati hamda ularning ota - onalariga bo‘lgan munosabatlari, yaqin kishilar, qarindoshlar bilan muloqot qilish xususiyatlari nazarda tutiladi. Hamisha uning inson tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri borasidagi turli masalalari doimo har bir davrning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Masalan, Sharqda, oilaning e’zozlanishi, oilaviy munosabatlar, ayniqsa har bir oila a’zosining o‘zaro muloqotiga jiddiy e’tirof berilishi haqida juda ko‘pgina manbalarda izoh berilgan. Oilada ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamjihatlik, mehr -oqibat, o‘zaro hurmat, shirinsuhanlik, bir-biriga g‘amxo‘rlik kabi sifatlar, yosh avlodni maqsadga xos tarzda tarbiyalashda samaradorlikni oshiruvchi usullardan biri bo‘lib, taqlid qilish borasida yaxshi namuna hisoblanadi. Oiladagi o‘zaro munosabatlarni, yuz beradigan voqea ilg‘ab oladi. Shuning uchun ham namuna sifatida ota-ona shunday hislatlarga ega bo‘lishi kerakki, bulardan: 1. mehnatkash; 2. tartib intizom; 3. mehr-muhabbatli; 4. sabr toqatli; 5. savodxon kabi shunday fazilatlarga ega bo‘lgan har bir ota –ona obro‘li farzandlarni tarbiyalash sohasidagi ta’sir kuchli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |