Nukus Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti


Ma’naviy barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaviy muhitning o‘rni



Download 37,27 Kb.
bet4/5
Sana31.12.2021
Hajmi37,27 Kb.
#236529
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oila pedagogikasi Sultanova Yorqinoy Mustaqil ish

Ma’naviy barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaviy muhitning o‘rni.

Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishda ma’naviy

barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun umummilliy miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z istiqboli, kelajagini o‘ylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o‘z farzandlarining ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasi haqida o‘ylashi va qayg‘urishi kerak. Zero, buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek: «Tarbiya bizlar uchun

yo hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur». Bolalarni tarbiyalashda ota-ona, oila, maktab, jamiyat a’zolarining ta’siri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuni inobatga olgan holda, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda ota-onaning, oilaning o‘rni haqida so‘z yuritamiz. Bolaning xarakteri, tabiati, tarbiyasi, dunyoqarashi, atrofdagilarga munosabati oila sharoitida qaror topadi. Shuningdek, bola ma’naviyatini shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimi bilan

ham uzviy bog‘liqdir. Bola tarbiyasini qachon boshlash lozim, uning tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor berilish kerak, bu jarayonda oila va o‘quv dargohining roli qanday? kabi savollar ko‘p ming yillik tarix davomida insoniyatni o‘ylantirib kelmoqda. Ota-ona bolaning birinchi ustozlaridir. Bola ota-onasining hattiharakatlarini ko‘rib, ularni o‘rganib ulg‘ayadi. Bir olimning yoniga uch oylik chaqaloq bilan kelib, undan “bola tarbiyasini qachon boshlash kerak?”, - deb so‘raganlarida, olim: “o‘n ikki oy kechikdingiz”, deb javob bergan ekan. Ya’ni, tarbiyani bola tug‘ilganidan keyin emas, balki homiladorlik davridanoq boshlash kerak. Bunda onaning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz shoiri va

dramaturgi O. Goldsmit aytganidek, ayollar insoniyatning ilk murabbiylaridir. Zero, tug‘ilmagan bolaning olamga nisbatan ishonch va ishonchsizlik hissi bolaga onadan kelib tushuvchi ma’lumotlar asosida shakllanadi. Onaning his-tuyg‘ulari bola psixikasi va xarakterining shakllanishida yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tug‘ilajak bola jismoniy rivojiga onaning hayot tarzi, ovqatlanish madaniyati, zararli odatlari bor yoki yo‘qligi ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, agar ota yoki onada salbiy odatlar bo‘lsa, bu ularning farzandlarida qaytalanadi. Bu odatlar bolaning jismoniy

holatigagina emas, balki uning ruhiy-ma’naviy holatiga ham ta’sir qiladi, albatta. Ota-onaning bolaga go‘daklik chog‘idan sevgi, mehr berishi, to‘g‘ri parvarish va tarbiya qilishi unda ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Bu davrda ota-ona va farzand o‘rtasida iliq, yoqimli taassurot uyg‘onadi. Bola boshqalar bilan ham shunday

munosabatga kirishadi. Bolaning o‘ziga ishonishi, o‘zini hurmat qilishi muhim bo‘lib, ota-ona doimo uni tinglashi, uni rag‘batlantirishi, unda sevgi, mehr, hurmat, sabr-qanoat va ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishi lozim. Olimlar jamiyatda tez tushkunlikka tushadigan insonlarni o‘rganib tahlil qilganlarida, ularnin ko‘pchiligi bolalik davrida yaqinlari tomonidan kam e’tibor berilgan yoki umuman

e’tiborsiz o‘sganliklari aniqlangan. Oilada yetarli mehr va samimiylikni ko‘rgan bola axloqiy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirishga intiladi. Valid ibn Numayr ibn Avsdan rivoyat qilinadi: “U otasining “Solihlik Allohdan, odob otalardan”, - deganini eshitgan ekan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, bolaning kim bo‘lib yetishishi Alloh taoloning qadari bilan bo‘lsa ham, uning odobli bo‘lishida ota-onaning o‘rni katta. Zero, Allohning O‘zi bolaning kim bo‘lib yetishishiga ota-ona tomonidan beriladigan tarbiyani sabab qilib qo‘ygan. Agar uyda kattalar baqirib chaqirishsa, bunday oilada ulg‘ayayotgan bolaga sokin va sabrli bo‘lishni o‘rgatish qiyin. Zero, qush uyasida ko‘rganini qiladi. Bola jamiyat qadriyatlari va madaniyatini oiladan o‘rganishni boshlaydi. U, eng avvalo, ota va onasidan ibrat oladi. Bola uyda hamma narsani kuzatishi, eshitishi, ko‘rishi, taqlid qilishini unutmagan holda harakat qilish lozim. Ota-ona qanchalar yaxshi tarbiya bermasin, o‘z xulq-atvorini tuzatmasa, bolasining boshqalarga ibrat bo‘ladigan farzandga aylanishini kutmagani ma’qul. Bolani qattiq nazorat qilish, unga baqirish, yonida janjallashish, vaqtida ovqatlantirmaslik, atayin yig‘latish – endigina ishonch tuyg‘usi uyg‘onayogan bolaga katta yomonlik qilish bilan teng. Natijada bola qo‘rqoq, ichimdagini top, deydigan bo‘lib qoladi. Kattalar buni sezmasliklari mumkin.

Biroq, mutaxassislar fikricha, ota-onaning tez-tez janjallashishlari bolaning kasalliklarga oson chalinishi, yolg‘on gapirishi va tartibsiz bo‘lishining bosh sababidir. Farzand maktabga ilk qadamini qo‘yganidan boshlab, qiyinchiliklarni yengishga ishonishi lozim. Savollariga u tushunadigan tarzda javob berish kerak. Unga dalda bo‘lish, qoqilganida o‘rnidan turib, oldinga intilishni o‘rgatish lozim.

Shuningdek, ularga imkoniyat darajasini inobatga olgan holda topshiriqlar berish kerak. Bu haqda amaliy psixologiyada quyidagi fikr keltiriladi: “Odamning bironta faoliyatining muvaffaqiyat bilan bajarilishi, avvalo odamda bo‘lgan bilim saviyasi va malakasiga bog‘liqdir”. Insondagi malaka esa yillar davomida shakllanib

boradi. Bugungi kunda ta’lim tizimini takomillashtirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash mustaqil O‘zbekistonning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu maqsad yo‘lida katta ishlar olib borilayotgani ham sir emas. Yoshlar bilim olishga undalmoqda va ularga zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bolalarga yuragidagi tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalashlari uchun ko‘maklashish darkor. Tuyg‘ularini ifodalay olmagan bola o‘zini chorasiz his qiladi. Bolaning aytgan gaplari, so‘zlayotgan voqealari ota-ona uchun shunchaki oddiy gapdek tuyulsada, bola

uchun e’tiborli va muhim bo‘lib ko‘rinadi. Farzandni vaqtida va e’tibor bilan tinglamaslik, vaqt o‘tishi bilan bola va ota-ona orasida jarlikni paydo qiladi. Hatto, begonalardek uzoqlashuvga sabab bo‘lib, bunday vaziyatda bolalarda jinoyat ko‘chasiga kirish yoki o‘z joniga qasd qilish kabi holatlar kuzatilishini ta’kidlash mihimdir. Olimlar o‘z joniga qasd qilishni ko‘pincha psixologik inqiroz bilan bog‘laydilar. Bu avvalo shaxsning ichki shaxsiy aloqalarini uzilishi, o‘zi taalluqli bo‘lgan ijtimoiy guruhdan begonalashuvi oqibatida paydo bo‘ladi. Har bir inson

necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar “meni sevadilar” degan tuyg‘u bilan yashashni istaydi. Bolani tushunishda va qiynayotgan muammolarini hal qilishda uning gapirishiga qulay vaziyat yaratish, eshitish muhimdir. Bola so‘zini tamomlamasdan biron fikrni bildirish yoki qarshi fikr aytish noo‘rin. Bola o‘zini bezovta qilayotgan narsani tushuntirishda, tuyg‘ularini ifodalashda ba’zan qiynaladi. Shuning uchun suhbat chog‘ida unga dalda berishlarini xohlaydi. Bunday vaqtlarda bolaga zarda qilmasdan, muloyimlik bilan so‘zlashish, gap orasida “shundaymi?”, “Ha, barakalla”, “shunday degin”, “qiziq, keyin nima

bo‘ldi” singari dalda beruvchi so‘zlardan foydalanish zarur. Bu bilan bola o‘zining ishonchli suyanchi, ko‘makchisi, mehriboni borligini his qiladi.



Xulosa.

Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy oshirib borishlari lozim. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va murabbiylar ma’naviy boy, dunyoqarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib kelayotgan avlodlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida munosabatlarni to‘g‘ri rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini porloq qilib voyaga yetkazishga katta yordam beradi. Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, axloqiy-ma’naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va ma’naviy saviyalari, ularning iqtisodiy ta’minlanganligi, turli ko‘rinishdagi faoliyatlari, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, yashash sharoitlari va boshqalar oilada farzand tarbiyasini samaradorligini ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Biz mavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo‘lga kiritdik:

1.Farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta’minlashda ota-ona ibrati katta ahamiyatga ega boladi;

2.Oiladagi axloqiy tarbiya bilan ta’lim muassalari tarbiyasi mushtarakligini ta’minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi ;

3.Farzandlar tarbiyasida oilaviy an’analarni, milliy urf odatlar mohiyatini ular ongiga singdirib borish tarbiyaning milliy xarakterini oshirish imkoniyatini beradi.

4.Oilaviy hayotda urf – odat, an’ana, milliy ong va milliy til kabi ijtimoiy tushunchalar va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oilaviy hayot xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi;

5.Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos qoidalaridan xabardor bo‘lish va kamchiliklarini psixologik – pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor;

6.Oilada shaxslararo munosabatlarning ko‘rinishini va rollar taqsimoti bola faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega;

7.Oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish bolaning har tomonlama ma’nan pok, iymonli, vatani va xalqiga sodiq farzand bo‘lib yetishishida yetakchi rol o‘ynaydi. Sog‘lom bola oilada shakllanadi va kamol topadi. Bu o‘rinda ota-onaning psixologik-pedagogik bilimi, dunyoqarashi hamda madaniyati yetakchi omil

hisoblanadi. Bolaga bo‘lgan munosabat, ya’ni uni eshitish, ehtiyojlarini o‘rganish, mumkin va mumkin emaslarni psixologik talablar darajasida bo‘lishi talab etiladi. Ko‘rib o‘tdikki oilada bola tarbiyasi masalasi qadim-qadimlardan bo‘yon barcha axli donishlarning fikrlari qaratilgan eng asosiy masalalardan hisoblangan. Hattoki, urf-odatlarimiz, an’analrimiz ham bolalarni har tomonlama shakllantirishga qaratilgan. Allomalarimizning qarashlari, an’analarimiz asrlar o‘z hikmatli tomonlarini yo ‘qotmay, tobora sayqal topib hozirgacha keldi. Ular o‘z navbatida oilada bola tarbiyasida ijtimoiy pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi. Oilada bola tarbiyasidagi ijtimoiy pedagogik asoslar esa jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Bu jarayonlar tub o‘zgarishlar davrini boshidan kechirayotgan jumhuriyatimizda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirgi

kunda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi natijasida barcha sohalar kabi oilada shaxslar aro munosabatlar, shu jumladan ota-ona va farzandlar orasidagi munosabatlar ham davr talabiga mos holda

shakllanmoqda. Bunday munosabatlarning shakllanish negizida esa o‘tmish, madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni, urf -odatlarimizni tiklash va ularni amaliy faoliyatda qo‘llash hamda xususiy mulkka, ishbilarmonlikka, tadbirkorlikka keng e’tibor berish ularni kishilarimiz hayotiga tadbiq etish kabi omillar yotadi. Oilada farzand tarbiyasini to‘laqonli, davr talabiga mos holda amalga oshirish uchun bolalarga o‘tmish madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni o‘rgatish bilan bir qatorda yosh avlod ongiga umuminsoniy qadriyatlarni bilish, jahon xalqlari tillarini, madaniyatini mukammal o‘zlashtirish, eng asosiysi yoshlarni ilm-fan, texnikaning so‘nggi yutuqlarini egallashga undash hayotiy zaruratdir.




Download 37,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish