Ota-onalik psixologiyasi va tarbiya shakllari.
Oilada bolalarni axloqiy shakllantirish bolaning tug’ilishidan boshlanadi.U ko’pgina omillar ta`sirida tarkib topadi. Bu omillar oilaviy munosabatlar xarakteri, ota-onalarning namunasi, ulardagi ta`lim darajasi, umum madaniy saviyasi, hamda ularning pedagogik madaniyati va nihoyat oilaviy hayotning tashkil etilishidan iborat. Bu omillar oilada bolani axloqiy tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi va ular bir qator pedagogik xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bular qo’yidagilardan iborat:
1). Ayrim oilalarda bolalarning tarbiyasi faqat onalar zimmasida, ota esa bu ishdan o’zlarini chetga oladilar. Go’yo farzandlarini bog’cha, maktab tarbiyalab berishlari shart.
2). Ota-onalar bolalariga birdek, munosabatda bo’lishlari, bir xil mehribon va g’amxo’r, talabchan va qattiqqo’l bo’lsalar bolalar hayoti butun va mukammal bo’ladi. Biri talab qilganda ikkinchisi yonini olsa, tarbiya buziladi.
3). Ko’pgina ota-onalar bolalarini tarbiyalash borasida o’z vazifa va
burchlarini to’la his qilmaydilar boshqacharoq aytganda ularda pedagogik
tayyorgarlik etishmaydi. Zotan oilaviy tarbiya, avvalo ota-onalarining o’zlarinio’zlari tarbiyalash demakdir.
4). Oila hayotini to’g’ri tashkil qilish oilada sog’lom axloqli muhitni yaratish lozim. Bu ishda hech qanday mayda chuydalar bo’lmasligi kerak.Har bir narsa bolaga ta`sir qiladi.Ana shu ta`sir natijasida salbiy yoki ijobiy odatlar, turlicha xulq
atvorlar paydo bo’ladi.Ota-onalarning har bir hatti-xarakatini bolalar kuzatib turadi.Shuning uchun bolaga u yoki bu ishni qil yoki qilma qabilidagi o’rgatish yo’li bilan tarbiyalayman deb uylamaslik kerak.
5). Xar bir ota-ona bolasini barkamol inson bo’lishini istaydi. Farzandlarining barkamol inson bo’lishidan nafaqat ularning o’zi, balki jamiyat ham manfaatdir.Ota-onaning fuqarolik burchi ham shuni taqozo etadi.Shunga ko’ra otaona eng avvalo, mamlakat uchun bulajak fuqaroni tarbiyalayotganini unitmaslik lozim.
6). Ota-ona shaxsining o’zi bola tarbiyasida muhim rol o’ynaydi. Ularning oqilona o’gitlari, pand – nasixatlarini hech biri, ularning shaxsiy namunasi o’rnini bosa olmaydi. Bolalarning axloqiy fazilatlarining tarkib topishda oiladagi o’zaro ahillik halollik va rostgo’ylik, o’zaro ishonchning mavjudligi umuman sog’lom
axloqli muhit muhim ahamiyatga ega.
7). Oilada bolalarni sevish, ularni shaxsiyatini hurmat qilish va hech qachon ularning izzat - nafsiga tegmaslik zarur. Bunday jazolash usuli bola nafratini kuchaytiradi.
8). Har bir oilada uning o’ziga xos bo’lgan an`analari mavjud bu an`analar bola ongiga, uning xulq-atvoriga juda kuchli ta`sir qiladi. Masalan: oila a`zolarining tug’ilgan kunlarini o’tkazish, qarindosh-urug’lar holidan xabar olish va hokazolar.
9). Bola tarbiyasida ota-onaning ishxonasidagi mahala va qo’ni-qo’shnisi oldidagi obro’yi ham katta rol o’ynaydi va bolalarida ularga nisbatan faxrlanish hissini uyg’otadi. Ular shu ruhda tarbiyalanadilar. Shunday qilib, oilaviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari va ta`sir qilish omillari mavjud. Bularni hisobga olmasdan turib, bola tarbiyasini oilada yaxshi yo’lga qo’yish mumkin emas.Buning uchun avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari lozim.
Oiladagi tarbiyani yuqoridagi xususiyatlarini hisobga olish, bolani axloqiy jihatdan tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga, uning o’ziga xosligi va ahamiyatini tahlil qilishga yordam beradi. Milliy mustaqillik sharoitida jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotida yuz berayotgan o’zgarishlar tabiiy ravishda va qonuniy tarzda xalqning ravnaqiga
yo’l ochdi, mustaqillikni mustahkamlashga samarali ta`sir ko’rsatdi. Natijada bu tarixiy jarayonlar oilada bola tarbiyasida ham o’z aksini topa boshladi.Buning uchun ota-onalarning o’zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabat o’zgarmog’i lozim. Ular bolalarini ota-bobolarning pand-nasihatlari, o’gitlari, tajribalari asosida, eng yaxshi va oliyjanob an`analar ruhida tarbiyalab kelganlar. Ularning dono fikrlari va turmush saboqlari davrlar g’alviridan o’tib saralanib bizgacha etib kelgan. Lekin hozirgi kunda o’zbek oilalarida bola tarbiyasi borasidagi salbiy holatlarni uchratish mumkin. Masalan: ayrim ota-onalar farzandlarini bemehrligidan nolishadi. Yomon yo’lga kirib ketgan farzandlari
xususida ko’pchilik ota-onalarning fikrlari bir xil: «o’z bilganidan qolmaydi, hurmat qilishni bilmaydi. Xush o’sha bemehr bolaning otasi yoki onasini tarbiyali desa bo’larmikan. Ishdan so’ng dam olish kunlari ota-choyxonada, ona ham «ishbilarmonlik» ga shung’ib ketib, go’yo bola haqida tinmay qayg’urib, boshini har eshikka urayotgan bir paytda, oilada bola tarbiyasi bilan kim shug’illanadi? ». Tarbiyasi og’ir bolalarni ko’payib borayotgani sir emas. Buni kelib chiqishini tashqi va ichki sabablari mavjud. Ota-onasi, qarindosh-urug’i bo’la turib, gohida bolalar «bolalar uyi» ga topshirilmoqda. Qachondan beri bizning xalqimiz «bolalar uyi» degan atamani qo’llay boshladi? «O’nta bo’lsa, o’rni boshqa» deya bir etak farzandni tarbiyalab voyaga etkazgan ota-bobolarimizning siri nimada ekan?Ko’p bolali bo’lish bolajonlik qilish o’zbeklarga xos milliy xususiyat hisoblanadi.Bugungi kunda ana shu milliy xususiyat kelajak avlodni axloqiy jihatdan tarbiyalashda juda qo’l keladi.Negaki oilada aka – ukasini, opa-singilisini etaklab katta qiladi, bilganini o’rgatadi.O’sib uyg’onayotganlarida biri-birini qo’llab quvvatlaydi, bir-biriga yordam beradi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ko’p bolali oilalarda ko’pincha, mehnatsevar o’zaro inoq va aqlli-xushli, axloq odobli farzandlar o’sar ekan. Sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaning o`rni muhim va betakrordir. Inson salomatligi va ma’naviy kamolotining birinchi poydevori oilada qo‘yiladi. Bu borada o‘zbek xalqining oilada farzand tarbiyalashdagi tajribasi diqqatga sazovardir. Bu tajribada milliy tarbiya an’analari, inson ma’naviyatini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan umuminsoniy, diniy qadriyatlar ham o‘z ifodasini topgan. Mustaqillik sharoitida oilada farzand tarbiyalash borasidag an’analarimiz davr ruhi va ehtiyojlari bilan bog‘lanib yanada kattaroq ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli oilani mustahkamlash, uning ma’naviy – axloqiy tarbiya borasidagi ahamiyatini kuchaytirish masalasi davlat siyosaida tobora katta o‘rin olmoqda. O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov bu masala bo‘yicha quyidagi fikrni aytadi: “Yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishi darkor” . Darhaqiqat, inson ma’naviyatining birinchi kurtaklari oilada shakllanadi Oila mustahkam bo‘lishi, uning ahloqiy, huquqiy asoslari barqarorligi komil insonni tarbiyalashning birinchi zaminidir. Har bir ota – ona farzandini barkamol bo‘lib voyaga yetishini istaydi. Farzand tarbiyasi qo‘ni – qo‘shnilar ta’siri, mahallalardagi muhitga ham bog‘liqligi sababli o‘zbeklar barcha davrlarda jamoatchilikfikriga befarq qaramagan. “Hovli olma, qo‘shni ol”, “Qo‘shning tinch bo‘lsa, sen ham tinch”, degan maqollar ham ijtimoiy muhitning inson, jamiyat hayotidagi o‘rnini, ahamiyatini yuksak darajada ifodalangan hikmatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |