Aromatiklik qoidasi. E.Xyukkel (1931 yil) kvant kimyoviy xisoblashlari asosida aromatiklik qoidasini yaratdi. Xalqasida (4n+2) ta π-elektrondan iborat xalqali planar yopiq tutash sistemalar aromatik sistema bo’la oladi. (n=0,1,2,3…) Xyukkel qoidasi asosan bir halqali monosiklik sistemalarga xos bo’lib politseklik sistemalarning aromatikligini shu sistemaga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tushintiradi. Aromatik barqarorlik nafaqat olti azoli tutash sistemalarga, balki Xyukkel qoidasiga buysinadigan uch, turt, besh va etti azoli tutash sistemalarga ham xosdir. Bunday barqaror sistemalar nobenzoid aromatik sistemalar diyiladi va ularga quyidagilar misol bo’ladi. Bеnzоl хаlqаlаrining o’zаrо ikkitа umumiy uglеrоd аtоmlаri оrqаli tutаshishi nаtijаsidа хоsil bulаdigаn ko’p хаlqаli аrеnlаr ham Хyukkеl qоidаsigа buysunsаdа, bеnzоlgа qаrаgаndа аrоmаtiklik хususiyatlаri pаstrоq bo’lib, tuyinmаgаnlik хususiyatining ustunligi sеzilаdi. Bundаy sistеmаlаrgа nаftаlin, аntrаtsеn, fеnаntrеn vа bоshqаlаr misоl bulаdi:Modda aromatiklik qoidasiga javob berishi uchun quyidagilarga ega bo’lishi kerak.1.Molekulada -elektron buluti bir xil taqsimlangan.2. (4n+2) yaxlit elektronlarga ega siklik tuzilishli birikmalar (yassi to’g’ri burchakli olti burchak) n = 0, 1, 2, 3, -elektronlar soni 6, 10, 14 va boshqalar bo’lishi mumkin (n xalqa soni).3.To’yinmagan siklik tuzilishli, fazoda tekislikda joylashgan.
OH bog’Alkanollar qutbli birikmalardir. Ularning molekulasida ikkita qutbli bog' mavjud: C-O va O-H. Mazkur bog'larning dipollari kislorod atomi tomonga yo'nalgan. Alkanollarning dipol momenti yig'indisi 5.3-6.0 1030 (1.6 - 1.8D) ga teng. Dipol momenti yig'indisiga kislorod atomidagi taqsimlanmagan elektron jufti ham ta'sir ko'rsatadi.
Bog'larning dipol momenti C-O bog'larning qutbliligi O-H bog'larining qutbliligidan ancha katta ekanligini ko'rsatadi. Kislorod atomidagi taqsimlanmagan elektron jufti alkanollarning kuchsiz elektronodonor xossasini ta'minlaydi. Buni ionlanish energiya laridan ko'rish mumkin.
Alkanollarning ionlanish energiyalari suvning ionlanish energiyasidan kam. Buning sababi alkil guruhning elektronodonor ta'siridir (+1-effekt). lonlanish energiyasi
O-H bog'ining qutbliligi va kislorod atomidagi taqsimlanmagan elektronlar molekulyar assotsiatsiya imkoniyatini vujudga keltiradi. Assotsiatsiya asosan elektrostatik tortishuv hisobiga, qisman kislorod atomidagi elektron jufti bilan vodorod atomining orbitalini o'zaro qoplanishi hisobiga amalga oshadi. Bunday o'zaro ta'sir vodorod bog' deb yuritiladi. Vodorod bog iborasini 1920-yilda V.Latimer va V.Rodebush taklif qilgan. Vodorod bog'ning energiyasi oddiy kimyoviy bog'larning energiya sidan ancha kam. Buni quyidagi ma'lumotlardan ham ko'rish mumkin:
Rentgenografik va elektronografik tekshirish natijalariga ko'ra alkanollar molekulasidagi C-C va C-H bogʻlarning uzunligi va bog'lar orasidagi burchaklar kattaligi odatdagicha saqlanib qolgan.
Uglerod atomlari sp'-gibridlangan holatda boʻladi, kislorod atomining gibridlanish turini aniqlash biroz murakkab. Kislorod atomi ikkita holatda bo'lishi mumkin, ya'ni haqiqiy sp³-gibridlanish; 1) bunda ikkala elektron jufti bir xil orbitallarda joylashgan; ROH burchagi 109°28' ga teng; 2) gibridlanishsiz holat, bunda bitta elektron jufti p-orbitalda, ikkinchisi s-orbitalda joylashadi, R-O-H burchagi 90° ga teng.
Yuqoridagi holatlardan birortasini bevosita tasdiqlovchi dalillar mavjud emas, balki valent bogʻlar kattaligi, kristalda molekulaning joylashuvi kabi bilvosita ma'lumotlar bor xolos. Kislorod atomidagi elektron juftlarining tabiati alkil guruhning tabiatiga, agregat holatga va molekulalararo ta'sirga bogʻliq deb taxmin qilish mumkin.
Alkanollar yutilishi elektron spektrlarida «shaffof»dir. Kislorod atomidagi taqsimlanmagan elektronlarning no ko'chishi bilan bog'liq kuchsiz yutilish faqat uzoq UB-sohada (170-180 nm) kuzatiladi. IQ spektrlarda uglevodorodlar va galogenuglevodorodlardagi suyultirilgan eritmalarida O-H bog'ining valent tebranishlari 3580-3650 sm sohada kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |