Murakkab oqsillar tarkibini o‘rganish
Murakkab oqsillar makromolekulalari tarkibiga aminokislotalardan tashqari oqsil tabiatiga ega bo‗lmagan moddalar-nuklein kislotalar, lipidlar, pigmentlar, fosfat kislotasi, metallar va boshqalar kiradi. Ular prostetik guruh deb nomlanadi. Prostetik guruhning tabiatiga ko‗ra murakkab oqsillar nukleoproteidlar, xromoproteidlar, glikoproteidlar, fosfoproteidlar, lipoproteidlar, metalloproteidlar va boshqalarga ajratiladi.
Xromoproteidlar-o‗zining prostetik guruhi sifatida bo‗yalgan moddalarni tutadigan murakkab oqsillar hisoblanadi. Ba‘zilari temir, boshqalari mis, magniy, ayrimlari flavoproteinlar, rodopsinlarni tutadi. Xromoproteinlarga moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega oqsillar kiradi. Qonning bo‗yoqli moddasi- gemoglobin, muskullar xromoproteidi-mioglobin, fermentlardan-katalaza, sitoxromoksidaza, peroksidazalar ham temir tutuvchi oqsillar sarasiga kiradi. Mis tutuvchi oqsillarga o-difenoloksidaza (polifenoloksidaza) va askorbinatoksidazalar kiradi, ayrim umurtqasiz hayvonlar qonida va boshoyoqli mollyuskalar gemolimfasida gemotsianin kabi proteidlar ham shunday oqsillar qatoridan hisoblanadi. Flavoproteidlar fermentativ xususiyatlarni amalga oshirib, degidrogenizatsiyalash reaksiyalarini katalizlashadi, ya‘ni organik birikmalardan vodorodni ajralishini amalgaoshiriladi.
So’lakdan mutsinni ajratish.
Reaktivlar: a) yangi olingan so‘lak; b) sirka kislota, konsentrlangan.
Probirkaga 2-3ml so‘lak solinib, ustiga tomchilatib sirka kislotasi solinadi. Mutsin cho‘kmasi kuzatiladi.
Mutsinni uglevod kompanentiga Pobedov- Malish reaksiyasi.
Glikoproteidlar uglevod qoldiqlari timol yoki α- naftol bilan sulfat yoki xlorid kislotaishtirokida bo‘yalgan birikmalar hosil qiladi. Bo‘yoqlar mineral kislotalar ta‘sirida monosaharidlar degidrotatsiyasi natijasida furfurol va oksimitilfurfurol hosil bo‘lishiga bog‘liq.
Reaktivlar: a) so‘lakni mutsin cho‘kmasi; b) timol etil spirtidagi1% eritmasi;
v) α- naftol etil spirtidagi 0,2% eritmasi; g) sulfat kislota konsentrlangan.
Mutsin cho‘kmasi distillangan suvda astalik bilan yuviladi, ikki qismga bo‘linadi. Bir qismiga 5-6 tomchi α naftol eritmasi qo‘shib aralashtiriladi. Ikkinchisigaesahuddishunchamiqdordatimolsolinadi.So‘ngraprobirkalardevori bo‘ylab bir-ikki ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. 1-probirkada suyuqliklar chegarasida binafsha qizg‘ish, ikkinchisida esa qizil rang hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |