Nuklein kislotalar bo’yicha testlar 1. Nuklein kislotalarning monomerlari:
a) nukleozidlar; b) peptidlar; v) oligosaxaridlar; g) nukleotidlar.
2. Nukleotid tarkibi:
a) uglevod, yog’, aminokislotalar; b) azot asoslari, uglevod, fosfor kislotalari; v) nukleozidlar; g) aminokislota va yog’lar.
3. Nukleotidlar o’zaro qanday bog’langan?
a) pirofosfat bog’i; b) fosfoamin bog’i; v) fosfoangidrid bog’i; g) peptid bog’i.
4. Chargaff qoidasi bo’yicha asoslar o’rtasidagi bog’lar:
a) adenin,timin, guanin, sitozin; b) adenin, guanin, uratsil; v) sitozin, uratsil; g) guanin, uratsil, adenin.
5. DNK molekulasining bir o’ramiga nechta nukleotid to’g’ri keladi?
a) 10; b) 3,8; v) 5; g) 4.
6. DNK zanjirlarini bog’lovchi kuchlar:
a) koordinatsion bog’lar; b) vodorod bog’lar; v) ion bog’lar; g) gidrofob bog’lar.
7. DNKning uchlamchi strukturasini shakllantiruvchi oqsillar:
a) protaminlar; b) gistonlar; v) glyutelinlar; g) alьbuminlar
8. t-RNK ning ikkilamchi strukturasining shakli:
a) chiziqli; b) daraxt shakli; v) beda bargi; g) olma bargi.
9. t-RNK ning spetsifikligini belgilovchilar:
a) akseptor qismi; b) psevdouridil bog’i; v) antikodon bog’i; g) digidroudil bog’i.
10. Nuklein kislotalarning parchalanishidan hosil bo’lmaydigan moddalar:
a) azot asoslari; b) pentozalar; v) gektozalar; g) fosfor kislotalari.
11. Nuklein kislotalarning 260 nm optik zichlikdagi to’liq yutilishiga sababchilar:
a) vodorod bog’lari; b) pentozalar; v) azot asoslari; g) fosfor kislotalari.
12. Nukleotidlarni parchalovchi fermentlar:
a) nukleazalar; b) nukleotiddazalar; v) fosfatazalar;
g) nukleozidfosforilazalar.
13. Adenozintrifosfat-bu:
a) monofosfat; b) difosfat; v) nukleozid; g) nukleotid.
14. Ribosoma nechta subbirlikdan iborat?
a) 2; b) 3; v) 4; g) 5.
15. Ribosomada qanday markazlar bor:
a) aminoatsil va peptidil; b) kodonli markaz; v) qolipli markaz;
g) triplet markaz.
16. Ribosomaning tarkibida qanday biopolimerlar uchraydi?
a) RNK, oqsil b) yog’, ulevodlar v) DNK va RNK g) uglevod, oqsillar
17. Nuklein kislotalardagi komponentlarning konformatsiyalari qanday omillarga bog’liq?
a) nukleotidlardagi azot asoslariga
b) nukleotidlardagi uglevodlarga
v) nukleotidlardagi fosfor kislotalarga
g) nukleotidlarning siklik holatiga
18. Nukleotidlar o’zaro qanday bog’ orqali bog’lanadi?
a) pirofosfat bog’i;
b) fosfoamid bog’i;
*v) fosfoangidrid bog’i;
g) peptid bog’i;
19. Nuklein kislotalardagi komponentlarning konformatsiyalari qanday omillarga bog’liq?
a) Nukleotidlardagi azot asoslariga;
*b) Nukleotidlardagi uglevodlarga;
v) Nukleotidlardagi fosfor kislotalariga;
g) Nukleotidlarning siklik holatiga;
20. DNK molekulasida sodir bo’ladigan topologik muammolarni hal qiluvchi omillar?
a) RNK-polimeraza;
b) DNK-polimeraza;
v) DNK-ligaza;
*g) DNK-topoizomeraza;
21. Ribosomaning tarkibida qanday biopolimerlar uchraydi?
*a) RNK, oqsil;
b) yog’ va uglevodlar;
v) DNK va RNK;
g) Uglevod va oqsillar;
22. Biologik evolyutsiyada qaysi makromolekulalar birinchi bo’lib paydo bo’lgan?
a) Oqsillar;
b) DNK;
*v) RNK;
g) Yog’lar;
23. DNK replikatsiyasida zatravka sifatida qanday molekula ishtirok etadi?
a) Oqsillar;
b) Nativ DNK;
*v) Ribonukleotidlar;
g) DNK-xelikaza;
24. Xromosomaning qaysi qismida telomerlar bo’lib, ular qanday funksiyani bajaradi?
a) Xromosomaning o’rta qismida joylashib, membranada retseptorlik vazifasini bajaradi;
b) Xromosomaning boshlanishida joylashib, fermentlik vazifasini o’taydi;
*v) Xromosomaning oxirida bo’lib, hujayra hayotini belgilovchi omillardir;
g) Telomerlar xromosomada bo’lmay, fermentlik xususiyatiga ega;
25. Hujayraning qaysi organiodida protsessing va splaysinglar amalga oshiriladi?
a) Lizosomada;
b) Membranada;
*v) Yadroda;
g) Sitoplazmada;
26. Alternativli splaysing deb nimaga aytiladi?
*a) RNK dagi ekzonlar vaziyatga qarab intronli vazifani bajarishiga aytiladi;
b) Intronlarning kesilishi, ekzonlarni choklanishiga aytiladi;
v) RNKni to’g’ridan-to’g’ri ribosomaga borishiga aytiladi;
g) RNKni kichik molekulalardan shakllanishiga aytiladi;
27. Teskari transkripsiyada qanday modda sintezlanadi?
a) RNK;
*b) DNK;
v) Oqsil;
g) Uglevod;
28. Prokariot genlarida i-RNK splaysing va protsessing jarayonlari bo’ladimi?
*a) Bakteriyalarda i-RNK splaysing va protsessingga uchramaydi;
b) Prokariotlarda i-RNK splaysingga uchrab, protsesing jarayoni bo’lmaydi;
v) Prokariotlarda i-RNK pre-i-RNKdan shakllanadi;
g) Bakteriyalarda i-RNK oqsillar orqali shakllanadi;
29. Prokariotlarning genlari necha qismdan iborat?
a) Intron va ekzonlardan iborat;
*b) Ikki qismdan – kodlovchi va regulyatorli bo’limlardan iborat;
v) Prokariot genlar faqat intronlardan tashkil topgan;
g) Bakteriya genlari bir butun bo’lakdan iborat;
30. Eukariot organizmlarda genlar soni prokariotlarga nisbatan ko’p yoki kam bo’ladimi?
*a) Genlar soni ko’p bo’ladi;
b) Genlar soni prokariot va eukariotlarda bir xil bo’ladi;
v) Genlar soni eukariotlarda kam bo’ladi;
g) Eukariotlarda genlar soni o’zgarib turadi;
31. Eukariotlarning i-RNK sintezida o’zgarishga yuz tutadimi?
a) Sintezlangan i-RNK to’g’ri ribosomaga boradi;
b) i-RNK sintezi o’zgarmaydi;
*v) i-RNK protsessing va splaysing jarayonlaridan o’tadi;
g) i-RNK faqat bitta molekula sifatida sintezlanadi;