Ноябрь 2020 7-қисм
Тошкент
FONETIKA BO‘LIMINING MAQSADI, FONETIK BIRLIKLARNING AKUSTIK,
ANATOMIK FIZIOLOGIK VA FUNKSIONAL ASOSLARINI O‘RGANISH VA
ULARNING TIL MEHANIZMIDAGI O‘RNI
Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani 23 - maktab ona tili va
adabiyoti fani o‘qituvchisi Xamdamova Tojibasar Rahmonaliyevna va
45- maktab o‘qituvchisi Mamajonova Farizodaxon Shavkatjonovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada fonetika bo‘limining maqsadi, nutq xususiyatlari, nutq
tovushlarining akustik va artikulyatsion xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.
Kalit so‘zlar: fonetika, tovushlar, nutq apparati, fonetik birliklar, qiyosiy fonetika,
eksperimental fonetika, fizik, akustik artikulyatsion.
Fonetika bo‘limida tildagi tovushlar, ularning paydo bo‘lishi, turlari, nutq organlari,
ularning tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq tovushlarining akustik va
artikulyatsion xususiyatlari, nutq jarayonida sodir bo‘ladigan turli xodisalar, nutqning fonetik
bo‘linishi, tovushlarning kommunikativ roli ham prosodika kabi xodisalar o‘rganiladi. Demak,
fonetika – ’’grekcha phone tovush ’’ tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o‘rganuvchi
tilshunoslikning bo‘limidir. Fonetik birliklarga nutq tovushlari, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza,
urg‘u, ohang kabilar kiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, fonetika bo‘limida tabiatdagi har qanday
tovushlarni emas, balki inson nutq apparatida hosil bo‘luvchi, ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan
nutq tovushlarini o‘rganadi.Tabiatdagi boshqa tovushlarni esa fizika fanining akustika bo‘limi
tekshiradi. Fonetikaning maqsadi, fonetik birliklarning akustik, anatomik-fiziologik va funksional
asoslarini o‘rganish va ularning til mehanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Hozirgi vaqtga kelib
fonetika tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biri bo‘lib, ikki mustaqil qism fonetika
va fonologiyadan tarkib topgandir. Fonetikada nutq tovushlari turli jihatdan o‘rganiladi. Shunga
asosan, uning quyidagi bo‘limlari mavjud;
1. Umumiy fonetika - fonetikaning barcha tillariga xos umumnazariy masalalari haqida
ma’lumot beruvchi turi.
2. xususiy fonetika - fonetikaning muayyan bir xil tovushlarini , ularning turlari fizik-akustik
va artikulyatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi. U quyidagi ikki qismdan tashkil
topgan.
A) Tavsifiy fonetika - muayyan tilning fonetik tizimini statik ( o‘zgarmas) holatda (til
taraqqiyotining oldingi bosqichida yuz bergan hodisalar bilan bog‘lamay) o‘rganadi.
b) Tarixiy fonetika – biror tilning tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tilning
tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘lab) o‘rganadi va shu asosida tilning fonetik va fonologik tizimida
yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar aniqlanadi.
3. Qiyosiy fonetika - qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o‘rganadi.
4. Eksperimental fonetika - nutq tovushlari, urg‘u kabi birliklarning fizik- akustik va
artikulyatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o‘rganadigan fonetikadir.
Tilning tovush tomoni murakkab hodisa bo‘lib, uni fonetika va fonologik jihatdan quyidagi
4 ta aspektda o‘rganiladi.
1. Fizik - akustik aspekt
2. Anatomik - fiziologik aspekt.
3. perseptiv (eshitib his etish) aspekt.
4. Lingvistik - funksional aspekt.
Fizik hodisa sifatida tovushning qanday akustik belgilari mavjud bo‘lsa, nutq tovushlarining
fizik akustik xususiyatlari ham ana shulardan iborat. Ya’ni nutq tovushlarining akustik xususiyatlari
tovushning kuchi, balandligi, tembri, cho‘ziq – qisqaligi bilan izohlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. Jamolxonov Hozirgi o‘zbek adabiy tili Tashkent 2005.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |