Ноябрь 2020 7-қисм



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/99
Sana25.02.2022
Hajmi2,83 Mb.
#280258
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
Filologiya fanlarini rivojlantirish yulidagi tadkikotlar 2 qism

Ноябрь 2020 7-қисм
Тошкент
FONETIKA BO‘LIMINING MAQSADI, FONETIK BIRLIKLARNING AKUSTIK, 
ANATOMIK FIZIOLOGIK VA FUNKSIONAL ASOSLARINI O‘RGANISH VA 
ULARNING TIL MEHANIZMIDAGI O‘RNI
Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani 23 - maktab ona tili va 
adabiyoti fani o‘qituvchisi Xamdamova Tojibasar Rahmonaliyevna va 
45- maktab o‘qituvchisi Mamajonova Farizodaxon Shavkatjonovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada fonetika bo‘limining maqsadi, nutq xususiyatlari, nutq 
tovushlarining akustik va artikulyatsion xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.
Kalit so‘zlar: fonetika, tovushlar, nutq apparati, fonetik birliklar, qiyosiy fonetika, 
eksperimental fonetika, fizik, akustik artikulyatsion.
Fonetika bo‘limida tildagi tovushlar, ularning paydo bo‘lishi, turlari, nutq organlari, 
ularning tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq tovushlarining akustik va 
artikulyatsion xususiyatlari, nutq jarayonida sodir bo‘ladigan turli xodisalar, nutqning fonetik 
bo‘linishi, tovushlarning kommunikativ roli ham prosodika kabi xodisalar o‘rganiladi. Demak, 
fonetika – ’’grekcha phone tovush ’’ tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o‘rganuvchi 
tilshunoslikning bo‘limidir. Fonetik birliklarga nutq tovushlari, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza, 
urg‘u, ohang kabilar kiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, fonetika bo‘limida tabiatdagi har qanday 
tovushlarni emas, balki inson nutq apparatida hosil bo‘luvchi, ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan 
nutq tovushlarini o‘rganadi.Tabiatdagi boshqa tovushlarni esa fizika fanining akustika bo‘limi 
tekshiradi. Fonetikaning maqsadi, fonetik birliklarning akustik, anatomik-fiziologik va funksional 
asoslarini o‘rganish va ularning til mehanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Hozirgi vaqtga kelib 
fonetika tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biri bo‘lib, ikki mustaqil qism fonetika 
va fonologiyadan tarkib topgandir. Fonetikada nutq tovushlari turli jihatdan o‘rganiladi. Shunga 
asosan, uning quyidagi bo‘limlari mavjud;
1. Umumiy fonetika - fonetikaning barcha tillariga xos umumnazariy masalalari haqida 
ma’lumot beruvchi turi.
2. xususiy fonetika - fonetikaning muayyan bir xil tovushlarini , ularning turlari fizik-akustik 
va artikulyatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi. U quyidagi ikki qismdan tashkil 
topgan.
A) Tavsifiy fonetika - muayyan tilning fonetik tizimini statik ( o‘zgarmas) holatda (til 
taraqqiyotining oldingi bosqichida yuz bergan hodisalar bilan bog‘lamay) o‘rganadi.
b) Tarixiy fonetika – biror tilning tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tilning 
tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘lab) o‘rganadi va shu asosida tilning fonetik va fonologik tizimida 
yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar aniqlanadi.
3. Qiyosiy fonetika - qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o‘rganadi.
4. Eksperimental fonetika - nutq tovushlari, urg‘u kabi birliklarning fizik- akustik va 
artikulyatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o‘rganadigan fonetikadir.
Tilning tovush tomoni murakkab hodisa bo‘lib, uni fonetika va fonologik jihatdan quyidagi 
4 ta aspektda o‘rganiladi.
1. Fizik - akustik aspekt
2. Anatomik - fiziologik aspekt.
3. perseptiv (eshitib his etish) aspekt.
4. Lingvistik - funksional aspekt.
Fizik hodisa sifatida tovushning qanday akustik belgilari mavjud bo‘lsa, nutq tovushlarining
fizik akustik xususiyatlari ham ana shulardan iborat. Ya’ni nutq tovushlarining akustik xususiyatlari 
tovushning kuchi, balandligi, tembri, cho‘ziq – qisqaligi bilan izohlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. Jamolxonov Hozirgi o‘zbek adabiy tili Tashkent 2005.


13

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish