Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
yaratadi. Bilim olish uchun mustaqil aqliy mеhnat qilish, misol va masalalar еchish, mashqlarni
bajarish takrorlash irodaviy zo‘r bеrishda ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Shuningdеk, uning
eng zo‘r xususiyatlari takomillashadi bu esa ongli boshqarish imkoniyatini bеradi. Bolalarning
diqqati o‘qish faoliyatiga doim maqsadga muvofiq, ishtimoiy motivlar hamda ularda paydo
bo‘layotgan yangi xislari (ma’suliyatlilik, javobgarlik, uyalish xislari) bilan bir paytda rivojlanadi.
Hozirgi kunda yoshlarda umuman dunyoqarashni shallantirish emas, balki uni milliy
manfaatlarni tarixiy ong bilan, tarixiy xotira bilan, milliy ong vositasida anglash bilan chuqurroq
bog‘lash zaruriyati kuchayib bormoqda. Mustaqil davlatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
g‘oyaviy mafkuraviy asoslari mustahkamlanib borayotgan hozirgi sharoitda bu ishning ahamiyati
kattadir. Har bir fuqaroga barcha masalalarga mamlakat, millat manfaatlari nuktai nazaridan
yondashishni o‘rgatish kerak. Bu ishlar o‘kuv yurtlarida, umuman barcha yoshlar o‘rtasida olib
borilayotgan ta’limtarbiya ishlari tizimida katta o‘rin olishi lozim. zero, mustaqillik sharoitida
tarbiya va ta’lim o‘zining milliy jihatlarini yanada kengroq namoyon etmoqda. Ma’naviyat va
axloqiylikni aholining, shu jumladan, yoshlarning ijtimoiy psixologiyasini yanada rivojlantirish
hamda kamol toptirish ruxida tiklash davlatimiz siyosatining muxim yo‘nalishidir. xalqdarning
ma’naviy merosiga avaylab munosabatda bo‘lish, nodir tarixiy yodgorliklarni saqdab qolish
hamda ta’mirlash, O‘zbekiston xalqlari tomonidan yaratilgan, uning milliy boyligi bo‘lgan
san’at asarlarini izlab topish va mamlakatga qaytarish, qadimgi va hozirgi madaniy qadriyatlarni
bilish hamda avaylab asrash, ko‘paytirish, milliy madaniyat hamda xalkqning o‘ziga xosligining
ifodachisi bo‘lgan o‘zbek tilini rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasining chinakam mustaqilligi
hamda ravnaqini ta’minlashga, butun xalqimiz va jamiyatimizning har bir a’zosi farovonligiga
karatilgan siyosatning tarkibiy qismlaridir.
Yosh bolalar psixologiyasini o‘rganishda va shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi bilan birgalikda maktab psixologi ham ish olib borishi darkor. Shundagina
bolalar tarbiyasida ijobiy yuksalish namoyon bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Ye.G‘oziyyev “Tafakkur psixologiyasi” Toshkyent 1990 yil
2. M.B.xolikov, D.z.Matchonova, N.K.Daminova “Temperament xususiyatlari va uning
bolalarda zohir bo‘lishi”. Samarqand – 1999 y/
3. z. T. Nishonova “Eksperimental psixologiya”. Toshkent – 2006y.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |