Ноябрь 2020 10-қисм Тошкент GEOGRAFIYA DARSLARIDA O‘QUvCHILARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH USULLARI Qosimova Dilfuza No‘monjonovna Namangan viloyati Kosonsoy tumani 33-maktab geografiya fani o‘qituvchisi Numonjonovna33@gmail.com Annotatsiya: ushbu tezisda maktabda maktabda geografiya darslarida o‘quvchilarga
kompetensiyaviy ta’lim berish yordamida ularda ekologik madaniyatni shakllantirish va ularni
global va mintaqaviy ekologik muammolar bilan tanishtirish ustida so‘z yuritamiz.
Kalit so‘zlar: ekologik muammo, ekologik madaniyat, global issish, Orol muammosi, parnik
effekti, iqlim o‘zgarishlari, cho‘llashish hodisasi ichimlik suvi muammosi
Bugungi kunda butun yer sayyorasida global muammolar qatoriga ekologik muammolar ham
keng miqyosda o‘rin tutadi. Jumladan butun yer sayyorasida global issish sezilarli darajada ortib
bormoqda buni natijasida arktika va grelandiya muzliklari erib qator tabiiy ofatlarni keltirib
chiqarmoqda. ushbu muammolar bizning yurtimizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy. Bizning
mintaqamizda eng kata muammo orol dengizining qurishi, buning natijasida atrof muhitga tuz
shamollarining uchishi oqibatida ekologiyamiz va hayvonot dunyuosiga yomon ta’sir qilmoqda.
Bundan tashqari orolbo‘yi aholisining salomatligida ham jiddiy o‘zgarishlar hosil qilmoqda. Bu
muammolarning yechimlari uchun turli ishlar qilinmoqda, lekin kelajakda shunday muammolar
yuz berishini oldini olish uchun aholida ekologik madaniytatni shakllantirish muhim o‘rin tutadi.
Bu ishni bog‘cha maktab va o‘quv yurlarida bosqichma-bosqich amalga oshirish yaxshi samara
beradi. Jumladan maktablarda geografiya darslarida o‘quvchilarga kompetensiyaviy ta’lim
berish jarayonida ekologik madaniyatlarini oshirish muhim. Pedagogic tajribamiz davomida bu
ishni geografiya darslarida mavzularni o‘qish jarayonida amalga oshirish usullarini qo‘lladik.
Sinflarda ajratilgan vaqt ichida bu ishni amalga oshirish mumkun. Masalan: geografiya darslarida
qoraqalpog‘iston mavzusini o‘tish jarayonida o‘quvchilarga orol muammosi, haqida so‘z yuritib
ularda quyidagi muammoga yechim sifatida ma’lumotlarni berib ketish mumkun:
1. Ichimlik suvini isrof qilmaslik. Buning uchun turli roliklar yordamida o‘tilsa ularda
yaxshi natija ko‘rsatadi. Biz darslar davomida quyidagi masalani qo‘yamiz va o‘quvchilar o‘zlari
mustaqil ravishda bu masalani matematik usullar yordamida ishlab kichik harakatlari orqali atrof
muhitga qanday yordam berish mumkubnligini his qiladilar. Masala sharti quyidagicha:
nosoz suv jo‘mragidan har sukundda 1 gram ichimlik suvi tomchilab oqib ketmoqda .
Shu jo‘mrakdan bir sutkada qancha ichimlik suvi isrof bo‘ladi? Agar hududingizda shunday jo‘mraklar soni mingta bo‘lsa bir sutkada qancha ichimlik suvi isrof bo‘ladi? Bir oyda bu jo‘mrakdan qancha suv isrof bo‘ladi? Bu masalani hal qilingandan so‘nga asosiy savolga o‘tamiz? Agar har bir
o‘quvchi o‘sha mingta jo‘mrakni berkitib qo‘ysa bir sutkada qancha suv tejaladi?
2. Atrof muhitda yashil zona yaratish. Bu ham ekologik muammolarning asosiy yechimlaridan
biri hisoblanadi. Bir tup daraxt bir yil davomida o‘rtacha 118 kg kislorod ishlab chiqaradi.bu ish
atrofdagi karbonat angidrid gazini yutish hisobiga sodir bo‘ladi. O‘quvchilarga quyidagi masala
beriladi
sinfdafi har bir o‘quvchi 10 tupdan daraxt ko‘chati eksa ular kata bo‘lib yiliga qancha kislorod ishlab chiqaradi? Atrof muhitning ifloslanishi. Bu muammo deyarli barcha rivojlangan davlatlarda uchraydi. Bu
muammoning asl ildiz fuqarolarda ekologik madaniyatning shakllanmaganligi va chiqindilarning
qayta ishlash sohasi rivojlanmaganligi tufayli sodir bo‘ladi. Bu muammolardan qutilish uchun
o‘quvchilarga geografiya darslarida yirik shaxarlar va davlatlarga oid mavzularda va iqtisodiy
geografiya darslarida o‘rgatish muhim hisoblanadi. Bunda o‘quvchilarga atrof muhitga
yaxshimunosabatda bo‘lish va chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash orqali ekologiyaga
qanday foyda keltirish mumkunligi uqtiriliadi. qo‘shimcha ravishda internet tarmog‘idan bu
sohaga oid videoroliklarni topib ko‘rsatish orqali maqsadga erishish mumkun. Bundan tashqari