Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
TED.com portal orqali o‘quvchilarga kuchli olimlarning bu sohadagi ma’ruzalarini topib
namoyish qilish orqali yaxshi natijaga erishish va ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish
mumkun.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Последнее предупреждение Матушки-Земли о грядущей экологической катастрофе
Андрей Симонов
2. Экологические основы природопользования Ольга Саенко
3. Экономическая безопасность государства в условиях глобализации.
4. geografiya fanini o‘qitish metodikasi. Namdu ma’ruzalar matni 2017
5. maktabda geografiaya fanini o‘qitish metodikasi. 2019-yil sonlari
76
Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
O‘ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISHDAGI TUTGAN O‘RNI BU
BO‘YICHA QILINGAN ISHLAR vA UNI JAHON HAMJAMIYATIDA E’TIROF
E’TILISHI.
Qurbonova Gavhar Botirovna
Toshkent shahar Yunusobod tumani 70 – sonli umumiy
o‘rta ta’lim maktabining Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998 97 766 19 29
Annotatsiya:
quyida berilgan ushbu ilmiy maqolada O‘zbekistonda tabiatni muhoza qilishdagi
tutgan o‘rni bu bo‘yicha qilingan ishlar va uni jahon hamjamiyatida e’tirof e’tilishidagi o‘zaro
bog‘liqligi bo‘yicha qisqacha ma’lumot berishga harakat qilingan.
Kalit so‘zlar:
Orol, Orolbo‘yi, BMT, YuNEP, “Yashil iqtisodiyot”, Atmosfera, Trast fond.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 25-avgustda o‘tkazilgan
“Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlar rahbarlari majlisida”gi nutqilarini quyidagi
so‘zlarni aytib o‘tgan edilar, shu o‘rinda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Global ekologik fond
va boshqa hamkor tashkilotlar, donor davlatlar ko‘magida O‘zbekistonda Orolbo‘yidagi ekologik
inqiroz oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida qisqacha to‘xtalib
o‘tish zarur, deb o‘ylayman. So‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekiston Orolbo‘yi hududida
bir qator keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirdi. Orolning qurib qolgan hududida saksovul
va boshqa sho‘rhoklikka chidamli o‘simliklardan iborat 350 ming gektarlik butazorlar barpo
etildi. Bunday hududlarning umumiy maydoni hozirgi kunda 700 ming gektarni tashkil etmoqda.
Orol dengizi inqirozi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish bo‘yicha
2013-2017 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 tadan ortiq
loyiha amalga oshirildi. ularning yarmidan ko‘pi milliy loyihalardir. 2018-2021 yillarda
Orolbo‘yi hududini rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilindi. Shu bilan birga,
O‘zbekiston Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik
asosida trast fondini tashkil etish borasidagi tashabbusni ilgari surdi va bu BMT tomonidan
qo‘llab-quvvatlandi. Bizning fikrimizcha, BMT shafeligida ish olib boradigan Trast fond
faoliyati va turkman do‘stlarimiz taklifi asosida bugun tasdiqlanadigan Orol dengizi havzasi
uchun BMT maxsus Dasturining amalga oshirilishi bir-birini to‘ldiradi. Hurmatli do‘stlar! Shu
yilning iyun oyida Toshkent shahrida Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishga bag‘ishlab
o‘tkazilgan xalqaro konferensiyaning asosiy xulosa va tavsiyalarini hisobga olgan holda,
bizning nazarimizda, o‘zaro hamkorlik borasida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi
yo‘nalishlarni alohida ta’kidlamoqchiman
.
Birinchi. Ishonchim komilki, mintaqamizda
noqulay ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash uchun qat’iy va nostandart chora-tadbirlar zarur.
Shu munosabat bilan Orolbo‘yi hududini Ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi, deb
e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etaman.
Bu tashabbus bizning umumiy kuchimizni
quyidagi maqsadlar bo‘yicha birlashtirishga yo‘naltirilgan: ekologik toza texnologiyalarni ishlab
chiqish va amalga oshirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoit yaratish; “yashil
iqtisodiyot”, ekologik toza, energiya va suv tejaydigan texnologiyalar tamoyillarini kompleks
tatbiq etish; cho‘llanish va ekologik migratsiyaning davom etishiga barham berish; ekoturizmni
rivojlantirish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish. Ikkinchi
.
qum ko‘chkilarini
mustahkamlash, Orolning qurigan qismidan havoga zaharli aerozol changlari ko‘tarilishini
kamaytirish masalalari bizning e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur. Shu maqsadda cho‘l
sharoitiga chidamli va ozuqa o‘simliklari ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha Mintaqaviy markaz
tashkil qilishni taklif etamiz. uchinchi. Mintaqamizning noyob hayvonot dunyosini saqlash
masalasi. Bu masalada ham umummintaqaviy yondashuv zarur. Orolbo‘yi zonasida muhofaza
qilinadigan transchegaraviy tabiiy hududlar tashkil etishni taklif qilamiz. Yo‘qolib borayotgan
hayvonlar, jumladan, qoplon,qulon, sayg‘oq va boshqa noyob jonivorlarni saqlab qolish uchun
qo‘limizdan keladigan barcha ishlarni o‘zaro kelishib amalga oshirishimiz nihoyatda muhim
ahamiyatga ega. To‘rtinchi. Suvni tejash, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan
oqilona foydalanish masalalaridagi mintaqaviy hamkorlik darajasini keskin oshirish lozim.
Biz Orol dengizi hududidagi suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha o‘zaro maqbul hamkorlik
mexanizmlarini ishlab chiqish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga va O‘zbekistonda ushbu
77
Do'stlaringiz bilan baham: |