Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
qilinsa, o‘quvchi ham dam oladi, ham o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi.
Nutqda mavzu doirasida ba’zi fikr va mulohazalarni keltirish ham maqsadga muvofiqdir.
Bunday fikrlar notiq fikrining to‘g‘riligini, haqqoniy ekanligini isbotlash uchun foydalaniladi,
faqat ulardan foydalanishni suiste’mol qilmaslik kerak. Badiiy adabiyot namunalaridan, hikmatli
so‘zlardan, tildagi ifoda - tasvir vositalaridan nutqda o‘rni bilan foydalanish ham ijobiy natijalarga
erishishni ta’minlaydi.
Nutqning o‘quvchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday taassurot qoldirishida
o‘qituvchining nutqiy jarayon davomida o‘zini qanday tuta bilishi, imo-ishoralari, hatto kiyinishi
kabi omillarning ham o‘rni bor. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, o‘quvchilarga hurmat
bilan qarash kabi fazilatlar nutqning o‘quvchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab
bo‘ladi.
Mukammal notiqlik san’atiga ega bo‘lish - o‘qituvchilar uchun ulkan mehnat talab qiladigan
murakkab jarayondir. Nutqning o‘tkirligi, yorqinligi va originalligi tinglovchi va o‘quvchilarda
his- tuyg‘u va qiziqish uyg‘otishi, uning e’tiborini qaratishi, aytilayotgan narsaning mazmunini
yaxshilab yetkazish uchun zarurdir.
Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi, adabiy
talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana
shunday nutq asosida o‘rganilayotgan bilim o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Shunday nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o‘qituvchilardan tinimsiz
izlanish va o‘z ustida ishlash, filologik bilim va muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlaridan biri o‘qituvchining nutq malakalarini, ya’ni
savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-
tuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalash malakalarini egallashdan iborat.
O‘qituvchining nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, to‘g‘ri nafas olishni ishlab chiqishi eng katta -
eng asosiy qiymatdir. Og‘zaki nutq mahoratini yuksaltirish, nafaqat hikoya va tushuntirish, balki
urg‘u berilgan so‘z ham pedagogik ta’sir usullaridan yaxshiroq foydalanishga imkon yaratadi.
O‘qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo‘lishi - o‘quv materiallarining o‘quvchilar
tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash garovidir. O‘quvchilar o‘qituvchi nutqiga alohida
e’tibor beradilar. Biror harf yoki tovush noto‘g‘ri aytilishi kulgiga sababchi bo‘ladi. Bir xil
ohangdagi nutq o‘quvchilarni tez charchatadi.
Ayrim mutaxassislar tovush va uning tembri tug‘ma xususiyat, deydilar, lekin hozirgi
eksperimental fiziologiya tovush sifatining o‘zgarishi mumkinligini tasdiqlaydi. Nutqning ifodali,
sof bo‘lishi ustida ishlash fikrlarning ravon bo‘lishiga ta’sir qiladi. Nutq imo - ishora, mimika,
harakat bilan birga sodir bo‘ladi, uzluksiz o‘zini tuta bilish ta’sirchan vositalarini tanlashga
muvaffaqiyatli ravishda tuzatish kiritib borish imkonini beradi.
Bugungi kunda nutq texnikasi bo‘yicha bir necha mashq komplekslari ishlab chiqilgan. ular,
asosan teatr pedagogikasi tajribasiga asoslangan bo‘lib, so‘zlashish paytida nafas olish, tovush
hosil qilish va uni ma’noli ifodalash malakalarini takomillashtiradi, bu esa o‘qituvchiga o‘z so‘zi
mazmunini o‘quvchilarga yanadi to‘laqonli qilib yetkazishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. B.x.xodjayev. umumiy pedagogika. Toshkent 2017-yil
2. Tolipov O‘, usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. – T.: 2005-
yil
3. Abdaliyeva P. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan ma’ruza matni. Nukus 2014-yil
71
Do'stlaringiz bilan baham: |