3.4. Tishli uzatmalar
Harakatni bir valdan ikkinchi valga tishli g’ildiraklar ilashishida uzatish mexanizmi tishli uzatma deyiladi. Hozirgi vaqtda tishli uzatmalar texnikaning turli sohalarida keng ko’lamda ishlatilib kelmoqda.
Tishli g’ildiraklar diametri 1 mm dan bir necha metrga etadi. Vallarning o’qlarini bir-biriga nisbatan joylashuviga qarab tishli uzatmalar quyidagi turlarga bo’linadi.
- vallarning o’qlari o’zaro parallel bo’lgan, sirtqi yoki ichki ilashishli silindrik g’ildirakli uzatmalar;
- vallarining o’qlari o’zaro kesishuvchi konussimon g’ildirakli uzatmalar;
-vallarining o’qlari ayqash bo’lgan vintaviy va chervyakli uzatmalar.
Tishlarning g’ildirak sirtida joylalashuviga qarab, tishli uzatmalar to’g’ri tishli, qiya tishli, doiraviy tishli g’ildiraklar deb ataluvchi turlarga bo’linadi.
Tish profilining shakliga ko’ra evolventali, shevron tishli va Novikov tipidagi turlarga bo’linadi. Bundan tashqari, aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantiruvchi mexanizm sifatida foydalaniladigan, tishli g’ildirak bilan tishli reykadan iborat uzatmalar ham ishlatiladi.
Tishli uzatmalarning afzalliklari:
– sekundiga 150 metrgacha tezlik bilan katta (bir necha ming kVt) quvvat uzata oladi va uzatish soni bir necha yuzga etadi;
– sirtqi o’lchamlari nisbatan kichik;
– tayanchga uncha katta kuch tushmaydi;
– foydali ish koeffistenti yuqori (0,97-0,98);
– uzatish soni o’zgarmas;
– ishlashi ishonchli, chidamliligi katta;
– xilma-xil materiallardan foydalanish mumkin.
Tishli uzatmalarning kamchiliklari:
– tayyorlanishi nisbatan murakkab;
– ishlayotgan vaqtda, ayniqsa katta tezlikda shovqin chiqaradi;
– zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari seziladi.
4. Mexanik yuritma elementlarining kinematik sxemalarda belgilanishi
Kinematik hisoblash, yuritmani hisoblashning birinchi bosqichi bo’lib, yuritma kinematik sxema asosida o’zaro bog’langan qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan zvenolardan tashkil topgan.
Standart masshtab bo’yicha bajariladigan kinematik sxemalarda kinematik juftlar va zvenolar ma’lum (masshtab bo’yicha) shartli belgilar orqali tasvirlanadi. Bu belgilashlar Davlat Standarti va Halqaro Standartlarda, ya’ni GOST 2.2770-68 «Sxemalarda shartli grafik belgilanishlar. Kinematik elementlar» da (2-jadval) keltirilgan.
Hisob-chizma ishini topshiriqlarida kinematik sxema zvenolarining uzunlik o’lchamlari aniq bo’lmaganligi uchun kinematik sxemalar shartli belgilar orqali masshtabga rioya qilinmagan holda ko’rsatiladi. Sxemani tasvirlash ortogonal proekstiyasi bo’yicha bajarilib, etaklanuvchi zvenolardagi berilgan qiymatlarni ko’rsatib, harakat yo’nalishi ham ko’rsatilishi lozim.
2-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |