Kritik kuch va kritik kuchlanish haqida tushuncha



Download 42,71 Kb.
bet1/2
Sana03.01.2022
Hajmi42,71 Kb.
#314213
  1   2
Bog'liq
2 5188222323500520336


SIQILGAN STERJENLAR USTUVORLIGI

Kritik kuch va kritik kuchlanish haqida tushuncha

Siqilgan sterjen ustuvorligi tushunchasini P yuk ta’siridagi qistirib mahkamlangan egiluvchi sterjen misolida ko‘ramiz (1-rasm). Agar P kuch uncha katta bo‘lmasa sterjen qisqa muddatli gorizontal yuk ta’sirida egiladi va yuk olingach o‘z o‘qi atrofida tebranma harakat qilib, o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytadi (1-rasm).



1-rasm. Erkin uchiga P kuch qo‘yilgan qistirib mahkamlangan sterjen:



    1. ustuvor holat; b) noustuvor holat.

Yuk kattaligi oshirilganda sterjen qisqa muddatli yukdan keyin o‘zining boshlang‘ich holatini saqlay olmay, egilgan holda qolishi yuz beradi. U ikkinchi marta muvozanat holatidan chiqarilganda yukni olingach, o‘zining yangi egilgan o‘qi atrofida tebranadi (1b-rasm).

Sistemaning sterjen va yukdan iborat birinchi holati ustuvor, ikkinchi holati ustuvor bo‘lmagan holat deyiladi. Sterjen geometrik parametrlari o‘zgarmas bo‘lganda sistemaning ustuvor holatdan ustuvor bo‘lmagan holatga o‘tishi siquvchi kuch P kattaligiga bog‘liq.

Sterjenni ustuvor holatdan ustuvor bo‘lmagan holatga o‘tkazuvchi siquvchi kuchga Pkr kritik kuch, bu sterjenda hosil bo‘luvchi kuchlanishlarga σkr kritik kuchlanish deyiladi.



Materialning kritik kuchlanishlarga yetishi juda xavflidir, chunki sterjen ustuvorligi yo‘qolganda deformatsiyalar keskin oshib ketadi va bu hol konstruksiya buzilishiga olib kelishi mumkin.

Birinchi marta kritik kuch kattaligini Leonard Eyler aniqlagani uchun, ba’zan uni Eyler kuchi ham deb ataladi. Eylerga asosan kritik kuch kattaligi quyidagi bog‘lanishdan topiladi:



Pkr

  2 ЕI


min

/(


𝑙)2

(1)


Bu yerda Imin –ko‘ndalang kesim bosh markaziy inersiya momentlaridan biri (kichigi ), 𝑙 sterjen uzunligi, μ – sterjen uchlarini mahkamlash usuliga bog‘liq o‘lchamsiz koeffitsient (12.2-rasm).


12.2-rasm. Sterjen uchlari mahkamlanishini uzunlikni keltirish koeffitsientiga bog‘liqligi.
Bikr mahkamlash sof holda amalda juda kam uchrashini aytish lozim. Masalan, yetarli uzunlikdagi metall sterjen, asosiy konstruksiyaga payvandlash yoki birikma orqali tutashtirilgan sistema – bikr mahkamlanganga misol, ammo uni ustuvorlikka tekshirishda sharnirli mahkamlangan deb olinadi. Bu ferma sterjenlariga ham taalluqli bo‘lib, hisoblashlarda μ=1 ni qabul qiladi. μl ko‘paytma keltirilgan uzunlik deyiladi.

Kritik kuchga mos keluvchi, miqdori Pkp/F ga teng bo‘lgan kuchlanish kritik kuchlanish deyiladi.

Tajribalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Eyler formulasi asosida hisoblangan natijalar sterjen geometrik parametrlari ma’lum diapazonida yaxshi mos tushadi. Bu parametrlarni umumiy baholash uchun sterjen egiluvchanligi λ o‘lchamsiz kattaligi kiritiladi.


𝑙

imin

(2)


bu yerda, μ 𝑙 – sterjen keltirilgan uzunligi, imin bosh markaziy

inersiya o‘qlaridan biriga nisbatan ko‘ndalang kesim inersiya radiusi.



Kesim inersiya radiusi quyidagi ifodadan topiladi:
imin
λ egiluvchanlik o‘lchamsiz kattalik bo‘lib 0 dan 200 gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul qiladi. (12.1) ifodani λ ning λ≈100–200 qiymatlarida qo‘llash mumkin. λ ning Eyler formulasini qo‘llash mumkin bo‘lgan quyi chegarasi materialga bog‘liq. Xususan yog‘och uchun 110 ga, cho‘yan uchun 80 ga teng va hokazo.

Egiluvchanligi o‘rtacha egiluvchanlikdan kichik bo‘lgan sterjenlar uchun Peterburg temir yo‘llar instituti professori F.S.Yasinskiy tomonidan σkr kritik kuchlanishni aniqlash imkonini beruvchi empirik bog‘lanish taklif etildi:



kr

a b

(12.3)


bu yerda a,b – sterjen materialiga bog‘liq tajribada aniqlanuvchi, kuchlanish o‘lchov birligidagi kattaliklar, masalan po‘lat uchun a=3100 kg/sm2, b=11,4 kg/sm2 ga teng.

O‘rtacha egiluvchanlik deb λ qiymati 40100 gacha bo‘lgan egiluvchanlikka aytiladi. λ<40 holda kritik kuchlanishni oquvchanlik chegarasiga teng deb olinadi.




Download 42,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish