5.2. Yuk tashish qurilmalari
Yuk tashish qurilmalari (konveyerlar) ma’lum massaga ega bo’lgan yuklarni uzluksiz tashish va tushirishga mo’ljallangan. Ko’p miqdordagi bir jinsdan yoki bir xil o’lchamli bo’laklardan tuzilgan, hamda donali bir jinsli yuklarga massali yuklar deyiladi. Yuk tashish mashinalaridan sanoat korxonalarida, asosan bir jinsli massali yuklarni qayta ishlaydigan yoki ishlab chiqaradigan kimyoviy, tog’-kon korxonalari, oziq-ovqat (don va don maxsulotlarini qayta ishlash, qand, bijg’ish maxsulotlarini ishlab chiqarish va go’sht, sut, baliq va konservalangan maxsulotlarni ishlab chiqarish korxonalari) va qurilish materiallari korxonalarida foydalaniladi.
Yuk tashish qurilmalarining konstrukstiyalari xilma-xildir. Ular asosan ikki guruhga bo’linadi:
1. Egiluvchan tortuvchi qismli (lentali, zanjirli, arqon). Bu qurilmalarda yuklar, yuk tortuvchi qism (konveyerlar, elevatorlar) bilan birga harakat qiladi;
2. Egiluvchan tortuvchi qismi bo’lmagan gravitastion qurilma, vibrastion konveyerlar, transport quvurlari va shnekli, pnevmatik va gidravlik qurilmalar.
5.2.1. Lentali konveyerlar
Lentali konveyerlar sochiluvchan, kukunsimon va o’rta donali materiallarni gorizontal, qiya (220 gacha va ayrim lentalar uchun 30-350 gacha) va aralashma (gorizontal va qiya) yo’nalishda tashish uchun xizmat qiladi. Uzluksiz ishlab chiqarishda yuklarni bir operastiyadan ikkinchi operastiya joyiga tashishda lentali konveyerlar keng ishlatiladi.
Lentali konveyerlar etaklovchi baraban, taranglovchi baraban, lenta, yuklovchi moslama, ish va salt roliklari, qo’zg’almas stanina va tushiruvchi (bo’shatuvchi) moslamadan iborat. Afzalligi : tuzilishi sodda, ishonchli, unumdorligi yuqori, kam energiya sarflaydi va xizmat qiluvchi ishchilar soni kam. Kamchiligi: lentasi uzoq vaqt ishlashga chidamli emas va tannarxi qimmat.
5.2.2. Elevatorlar
Elevatorlar sochiluvchi yoki donali yuklarni vertikal yoki qiya yo’nalishda tashish uchun ishlatiladi. Ular cho’michli, tokchali va kajavali turlarga bo’linadi.
Cho’michli elevatorlardan turli sochiluvchan, changsimon va donali yuklarni vertikal (60 m gacha) yoki qiya (λ > 700) yo’nalishda tashish uchun foydalaniladi. Cho’michli elevatorlarning ish unumdorligi 5 dan 600 m3/soat gacha bo’ladi. Ularda cho’mich-ko’taruvchi jism, cho’michlar montaj qilingan vtulka-rolikli zanjir yoki rezinalangan lenta esa tortuvchi jism xisoblanadi. Tortuvchi jism elevator va yukning xarakteristikasiga qarab tanlanadi. Agar tashiladigan material sochiluvchan bo’lsa, u holda rezinalangan lenta ishlatiladi va uning tezligi 3,5 m/s dan oshmaydi. Agar tashiladigan material katta donali va issiq materiallardan iborat bo’lib, katta balandlikka tashilsa, vtulka-rolikli zanjirlar ishlatiladi va uning tezligi 1,25 m/s dan oshmasligi kerak.
Cho’michli elevator yuritma, harakatlantiruvchi baraban yoki yulduzcha, ustki qopqoq, tushiriluvchi jism, tortuvchi ish jismi, cho’mich, korpus va taranglovchi, hamda yuklovchi moslamalardan tashkil topgan.
Cho’michni materialga botirib to’ldiriladi yoki yuklash novidan uzluksiz kelib turadigan material bilan to’ldiriladi. Tortish organi 1 m/s gacha tezlikda harakatlanganda va cho’michlar yig’iq joylashgan hollardagina cho’michni shunday to’ldirish mumkin. Cho’michdan yukni to’kish uchun u to’ntariladi (gravitastion to’kish) va yuk markazdan qochma kuch ta’sirida to’kiladi. Markazdan qochma kuch yordamida to’kishdan cho’michlar bir – biridan uzoqroq joylashgan va tortish organi 1 m/s dan tez harakatlanadigan elevatorlardan foydalaniladi. Cho’michli elevatorlarning asosiy o’lchamlari GOST 2036-77 bilan belgilangan.
Bu elevatorlarning afzalligi : ko’ndalang kesimining kichikligi, yukni ancha balandga tashishi, ish unumdorligining kattaligi.
Kamchiligiga esa yukni bir xil uzatib turish kerakligi, yuklanishning o’zgartirib turilishi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |