Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fakul­teti t. R. Abdurashidov nomidagi “yuqorimolekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi



Download 3,99 Mb.
bet3/36
Sana26.05.2023
Hajmi3,99 Mb.
#944329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Abdumalikova Muxlisa BMI

SH.M.Mirziyoev.
Davlat rahbarining joriy yil 23 avgustdagi qarori asosida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o'zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari yaratish ko'zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta`minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta`minlash maqsadida ―O'zkimyoimpeks‖ mas`uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Rezina ko’p komponentli murakkab sistema bo’lib, bu sistema tarkibida kauchukdan tashqari 10-15 tagacha, undan ko’proq ham turli tuman ingradientlari bor. Rezina yuqori texnik xususiyatlariga, ya‘ni vulkanish jarayonida ega bo’ladi.
Rezina maxsus xossalari-yuqori elastiklik, statik va dinamik yuklar ostida o’zgaruvchi deformatsiyalarga qodirligi aktiv kimyoviy moddalarning ta‘siriga chidamliligi suv va gazni kam o’tkazuvchanligi, yaxshi dielektrik va boshqa xususiyatlari uni texnikaning turli sohalarida keng ishlatilishiga sharoit yaratadi.
Hozirgi kunda rezina aralashtirgichlar rezina aralashmalarini tayyorlash va kauchukni plastifikasiyalash uchun asosiy jihoz hisoblanadi. Rezina aralashtirgich bir-biriga qarab aylanuvchi shakldor profilli valoklari bo’lgan yopiq kameradan yoki yuklash voronkasiga rezina aralashmalarining barcha komponentlari belgilangan tartibda uzatiladigan chervyak tipidagi mashinadan iborat.
Rezina buyumlarini ishlab chiqarish-sanoatni yirik sohasi bo’lib, uning mahsulotlarini xalq xo’jaligining barcha sohalarida ishlatiladi. Rezina buyumlarini (shinalar, tormiz uskunalari, g’ovakli buyumlar va turli tuman detallar zamonaviy transport vositalari- avtomobil, havo va temir yo’l iste‘molchisi transportlaridir) Qimmatli izolyasiyalovchi material sifatida elastikligi bilan dielektrik xossasi vaturli ob-xavo ta‘siriga chidamliligi rezina elektrotexnika sanoatida (kabel, turli elektr asboblar va x.k.ishlab chiqarishda) keng qo’llaniladi. O’zbekiston respublikasi prezidentining qarori asosida «Angren» erkin industrial zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2014 y., 51-son, 602-modda) SHuningdek loixa doirasida zavodning 105 mutaxassisi Xitoydagi tegishli yo’nalishdagi zavodlarda stajirovka o’tab qaytadi.
SHu kunning o’zida SHavkat Mirziyoev Angren IESning yangi energo blokini ko’zdan kechirdi. Bu erdagi qurilish montaj ishlari joriy yilning avgust oyida yakunlangan edi. Avgust oyida yangi energo blok ishga tushurildi. Xususan u ―Angren MIZ xududida konveer tasmalari qishloq xo’jaligi shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish‖ loixasi realizatsiyasi bilan tanishdi. Uning doirasida yiliga 100 ming metr konveer tasmalari 200 ming qishloq xo’jaligi shinalari 3 million avtomobil shinalari ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda 2015-2018-yillarga mo’ljallangan loyixa realizatsiyasi 1200 ish o’rnini yaratish imkoniyatini beradi. Bundan bosh maqsad shina maxsulotlarini ishlab chiqarishni maxalliy lashtirish axoli va yoshlarga yangi ish orinlarini ochib bandligi ta‘minlash. YAna shu rivojlanayotgan soxada xar taraflama etuk va ilg’or kadirlarni etkazib chiqarish.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi va avtomobil shinalari, konveyerlentalari ishlab chiqarilishini tashkil etish va shuning asosida respublikaning yuqori texnologiyali sanoat korxonalarini raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta‘minlash, yangi ish o’rinlarini yaratish, aholi bandligini ta‘minlash va daromadini oshirish maqsadida «Angren» SIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xo’jaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish» investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda tasdiqlangan, to’g’ridan-to’g’ri muzokaralar natijalariga ko’ra «O’zkimyosanoat» DAKning «Rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishi direksiyasi» MCHJ hamda «Poly Technologies Inc.» kompaniyasi o’rtasida qiymati 183,96 mln AQSH dollariga teng bo’lgan bir yilda 100 ming pogon metr konveyer lentalari, 200 ming dona qishloq xo’jaligi shinalari va 3 000 ming dona avtomobil shinalari ishlab chiqaradigan zavodni foydalanishga tayyor holda qurish to’g’risida shartnoma tuzilgan. Rezina sanoati o’ziga xos o’tmishga ega. Rezina texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi dastlabki korxona rezina texnika respublikamizda 1972 yilda tashkil topgan. Hozirgi kunga kelib bu soxaga ixtisoslashgan qator korxonalar, jumladan OOO ―Kafolat-rezina‖, OOO ―Rubber technical products‖, MP ―Elastomer-plastik‖, CHMF ―El-Mobil‖, ―Katron‖, ―Uzshisha ta‘mirlash‖ AK va boshqa korxonalar rezina texnik buyumlar ishlab chiqarishmoqda.Kauchuklar quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi:
Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan kauchuklar. Bunday kauchuklar (shina, oyoq kiyimi, pol qoplamalari, transportyor tasmalari, qayish, qistirma, zichlagich, amortizator, maishiy buyumlar va h.k.) —50 dan +150 gacha temperaturada ishlatishga moʻljallangan;
150° dan yuqori temperaturada uzoq vaqt ishlatishga (mashina, elektr dvigatel, samolyot detallariga moʻljallangan) issiqqa chidamli kauchuklar;
— 50° dan past trada ishlatishga moʻljallangan sovuqqa chidamli kauchuklar;
benzin, kerosin, neft, moy, turli uglevodorodlar uchun uzok, vaqt ishlatishga moʻljallangan (shlang, zichlagich, turli idishlar va h.k.) moybenzinga chidamli kauchuklar.;
turli yemiruvchi muhitlar taʼsiriga chidamli kauchuklar. Bunday kauchuklardan ishlangan buyumlar kislota, ishqor, tuzlar, bugʻ, ozon, erituvchilar, suv va h.k. uchun moʻljallanadi;
gaz toʻldirilgan (gʻovak) kauchuklar radiatsiya taʼsiriga chidamli kauchuklar rentgen apparati detallari, radioaktiv izotoplar bilan ishlaydiganlarning himoya kiyimlarini tayyorlashda qoʻllanadi;
dielektrik kauchuklarning dielektrikligi kichik, elektr qarshiligi katta, asosan, turli kabellar tayyorlashda ishlatiladi.
Kauchuklarning xossasini belgilovchi asosiy material kauchukdir. Kauchuk rezinaning 10—98% ini tashkil etadi. 150—180° da ishlatiladigan buyumlar butil kauchukli yoki etilen sopolimeridan tayyorlanadi. Bunday kauchuklar ozonga va yemiruvchi muhit taʼsiriga chidamlidir. Molekulalararo taʼsirlashish kuchi kichik, molekulyar zanjirchasi egiluvchan kauchuklardan sovuqqa chidamli kauchuklar ishlanadi. 300° va undan yuqori trali ishlarda elementorganik kauchuklar (kremniy organik va alyuminiy organik) asosida tayyorlangan kauchuklar qoʻllanadi. Mineral toʻldirgichli kauchuklar yaxshi dielektrik hisoblanadi. Kauchukka atsetilen tipidagi yuqori strukturali qurum qoʻshib elektr oʻtkazuvchi kauchuklar hosil qilish mumkin. Nurdan saklovchi kauchuklar olish uchun koʻpincha ftorli va butadiyennitrilli kauchuklar ishlatiladi.
Dunyo miqyosida ishlab chikariladigan sintetik kauchuklar va ular asosidagi rezinaning 50% dan ortigʻi shina i.ch. ga sarflanadi. Rezina keng temperatura oraligʻida elastikligi, amortizatsiya xususiyati, ishqalanishga chidamliligi, suv va gazni kam oʻtkazishi va boshqa xossalariga koʻra konstruksion material sifatida turli sohalarda keng qoʻllanadi.
Loyihalanayotgan texnologik jarayonni nazariy, fizikaviy-kimyoviy asoslari
Har xil turdagi rezina-texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun kauchuklarga ingrediyentlarni aralashtirish kerak, bu jarayon rezina qorishmalarini tayyorlash jarayoni deb ataladi. Tayyorlangan rezina qorishmalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
– kauchuk tarkibiga kiruvchi barcha ingrediyentlarning bir xil taqsimlanishi;
– rezina qorishmasining yaxshi texnologik xossaga ega bo‘lishi;
– vulkanlangandan keyin rezinaning berilgan fizik-mexanik xossaga ega bo‘lishi.
Ishlab chiqarishda rezina qorishmalari ikki xil usul bilan: ochiq usulda vals yordamida va yopiq usulda rezinalashtirgichlar yordamida tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda rezina qorishmalarini tayyorlashning uzluksiz texnologiyasi va mashinalari ishlab chiqarilmoqda.
Kauchuklar bir necha xil tuzilishga ega bo‘lgan qo‘sh bog‘li zanjirlarning takrorlanishidan tashkil topgan yuqori molekulali birikma hisoblanadi. Kauchuklarning xossa lari va ishlatilishi, asosan, struktura tuzilishi, kimyoviy tarkibi, molekular og‘irligi, molekular taqsimlanishiga va molekulalararo joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqori molekulali birikma larning olinishi va molekular tuzilishi molekulalarning ko‘r satkichlari va fizik-kimyoviy xossalari texnologik va fizikmexanik xossalari o‘rtasidagi bogliqliklar o‘rganilib, har xil xossalarga ega bo‘lgan kauchuklarni sintez qilib olish yo‘lga qo‘ yilgan. Ular ishlab chiqarishda qo‘llanilishiga qarab umumiy va maxsus maqsadlarda ishlatiluvchi kauchuklarga bo‘linadi.
Tabiiy kauchuk izoprenning polimerlash mahsuloti ekanligi va uning tuzilishi 1924-yilda nemis kimyogari G. Shtaudinger tomonidan aniqlandi. Izoprenning polimerlanishi quyidagi mexanizmda boradi:
CH2=C=CH2+CH2=C–CH=CH →
CH2–C=CH–CH2–[–CH2–C=CH–CH2] CR CR
Tabiiy kauchukning tuzilishi sis – izomerga to‘g‘ri keladi va uning eritmasi lateks deyiladi. Lateks – oq rangli, yopishqoq, uzoq turib qiyomsimon massaga aylanadigan modda, kauchukning yuqori elastikligi uning makromolekulalarining o‘ziga xos tuzilishidan kelib chiqadi. sis-1,4-poliizopren tuzi lishiga ega ekanligi aniqlangan.
Hozirgi kunda kauchuklarni og‘ir sharoitlarda qo‘llash, rezina buyumlarni mexanik aralashtirish usuli bilan olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Tabiiy kauchukning fizik xossalari. Tabiiy kauchuk 10°C harorat va undan past haroratda uzoq muddat saqlaganda kristallanadi. –25°C haroratda maksimal kristallanish jarayoni kuzatiladi. Kristallanish jarayonida kauchuk qatlamlari shaffofligini yo‘qotib qattiq holatga o‘tadi. Tabiiy kauchukning erish harorati 40°C. Kauchuk osmotik uglevodorodlar, xloroform va tetraxlormetanda eriydi ( Texnologik xossalari. Tabiiy kauchukning plastikligi yetarli emas, shuning uchun oldindan valslarda 40–70°C haroratda mexanik plastifikatsiya jarayoni o‘tkaziladi. Kauchukning quyosh nuri va yuqori haroratga chidamliligini baholash uchun plastikligini saqlash indeksi taklif qilingan. Bu ko‘rsatkich foiz nisbatida aniqlanadi: ya’ni 140°C haroratda 30 daqiqa qizdirilgan holatda plastikligi boshlang‘ich plastiklikka nisbatiga teng bo‘ladi. Tabiiy kauchuk asosidagi rezina aralashmalari yuqori yopishqoqlik va yuqori kogezion mustahkamlikka ega bo‘ladi.
Rezina aralashmasini olish uchun kauchuk va ingrediyentlar yagona massaga kelgungacha aralashtiriladi. Qorishma aralash- tirilganidan so‘ng quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– qorishma tarkibiga kiruvchi barcha ingrediyentlarning bir tekisda taqsimlanishi;
– qorishmaning texnologik mashinalarda qayta ishlanishi;
– vulkanlangandan so‘ng talab asosidagi fizik-mexanik xossalarning ta’minlanishi.
Aralashtirish jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin: qattiq komponentlarni maydalash; komponentlarni kauchuk tarkibiga kiritish; aglomeratlarni maydalash; kauchuk va ingrediyentlarini aralashtirish.
Ingrediyentlarni aralashtirish mexanizmiga ko‘p komponentli sisternaning deformatsiyalanishi deb qarash mumkin. Bu de- formatsiya natijasida aralashayotgan kompozitsiya qalinligining tobora kamayib borishi o‘zaro yuza ta’sirining oshib borishiga olib keladi. Natijada, shunday holatga erishish mumkinki, qatlam qalinligi maydalanayotgan faza zarracha o‘lchamiga yaqinlashadi. Rezina aralashmasining sifati ingrediyentlarni yagona hajmda bir tekisda taqsimlanishi bilan belgilanadi. Rezina aralashmasi ikki xil usulli tizimda (ochiq va yopiq) tayyorlanadi. Ochiq tizimli usulda rezina qorishmasi «Vais» uskunasida tayyorlanadi. Yopiq tizimli usulda qorishma avto- matlashtirilgan yopiq rezina qorishmasini aralashtirish usku- nasida tayyorlanadi.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish