Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fakul­teti t. R. Abdurashidov nomidagi “yuqorimolekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi


Vallarni materiallar bilan o’zaro ta’siri



Download 3,99 Mb.
bet17/36
Sana26.05.2023
Hajmi3,99 Mb.
#944329
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
Abdumalikova Muxlisa BMI

Vallarni materiallar bilan o’zaro ta’siri. Rezina aralashmani qayta ishlash jarayonida, vallarni bir-biriga qarama-qarshi aylanishi natijasida, vallarning chegaralangan qismida aralashmaning deformatsiyalanishi sodir bo’ladi. Vallar yuzasida hosil bo’ladigan aralashma zaxirasi va vallar uzunligi bo’ylab A1 C1 va A2 C2 ishchi qismi, materialni deformatsiyalanuvchi chegarasi deb ataladi (13-rasm). Valning aralashma bilan to’qnashish joyi, markazdan o’tkazilgan chiziq va vektorlar radiusi nuqtalari orasidagi burchak, A1 O1 B1 = α1 va A2O 2B 2 = α2 aralashmani valdagi qamralgan burchagi isoblanadi.
Aylananing D1 va D2 diametridagi, qamralgan α1 va α2 burchaklari, A1 B1 va A2 B2 yoylar – qamralgan yoylari deb ataladi.
Lqamralgan 
Vallarning, o’z o’qi atrofida aylanuvchi tekisligidagi masofa, B1 B2 =h0vallar orasidagi oraliq deb ataladi.

13 – rasm. Vals vallarini rezina aralashmasi qamrash sxemasi.

Aralashma tayyorlash yoki qayta ishlash-deformatsiyalash jarayonida, valsning vallari orasidagi masofa, oraliqni o’zgartiruvchi mexanizm yordamida, bir-necha marta o’zgartiriladi ( 7-rasm ).


Kauchuk va rezina aralashmalar, elastik yopishqoq material bo’lganligi sababli, ularni qancha vaqt oralig’ida deformatsiyalanishini aniqlash murakkab.
Qayishqoq, yuqori elastik va plastiklik holatdagi sistemani to’liq deformatsiyalanishini modellash usuli bilan aniqlash mumkin.
ε= εq+ εyu.q.+ εpl (1)
ν= νq+ νyu.q.pl (2)
Bunda:
ε, εq , εyu.q.el., εpl – to’liq, qayishqoq, yuqori elastik va plastik cho’zilish va ezilishdagi deformatsiya.
ν, νq, νyu.q.el.,νpl – to’liq, qayishqoq, yuqori elastik va plastik siljishdagi deformatsiya.
Shishalanish temperaturasidan pastroq temperaturada, qayishqoqlik deformatsiyasi yuqori bo’ladi. Bu, Guk deformatsiyasiga asosan, kristall holatdagi materiallarni defomatsiylanishida, valentlik burchaklari va atomlararo masofa o’zgarishiga asoslangan.
Yuqori elastik deformatsiyalanish, tashqi kuchlar ta’sirida makromolekula zanjiri zvenolarini qayta guruhlanishi va joylanishi natijasidir. Bu jarayonni amalga oshirish ma’lum darajada vaqtni talab etib va cheksiz davom etolmaydi. Makromolekula zanjiri to’liq tekislanganidan so’ng, deformatsiyalanish to’xtaydi va kuchlarning ta’siri yo’qolgandan so’ng, zanjir tartibsizlanadi va uning joylanishi, orentatsiyasi, dastlabki geometrik holatiga (relaksatsiya hodisasi) qaytadi.
Plastik deformatsiyalanish, qovushqoq oquvchan holat. Temperatura oshishi bilan plastiklik darajasi oshadi va tezlashadi. Plastik deformatsiyalanishdan so’ng molekulalar joylanishi o’zgarmaydi va deformatsiyalangan holatda qoladi.
Bir-biriga qarama-qarshi aylanuvchi vallarga rezina aralashma yuklanganda, vallar yuzasida adgeziya va ishqalanish kuchlari hosil bo’ladi va vallar orasidagi oraliq tirqishi tomonga tortilib harakatlanadi. Doimiy siquvchi, ezuvchi va uzuvchi kuchlar, aralashmada turli o’suvchi deformatsiyani vujudga keltiradi, buning natijasida temperaturani ko’tarilishiga olib keladi. Vallar oralig’idan o’tgan rezina aralashma, friktsiya va vallarning temperaturasiga qarab, ularning birini yuzasiga yopishadi. Yuqori plastik va elastik mahsulot olish uchun, bu jarayon, vallar oralig’ini o’zgartirib, bir necha martta takrorlanadi.
13 – rasmda, rezina aralashma oraliq tirqishga tortilishi ko’rsatilgan. Aylanuvchi vallar yuzasidan o’tgan O1 va O2, o’qda B1B2= h0 oraliq joylashgan. ω1 va ω2 tezlikda, R1=D1/2 va R2=D2/2 radiusda, vallar bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadi.
Quyidagi,
1) material og’irligi – G;
2) old va orqa vallar ta’sirlanishi – N1 va N2;
3) vallar yuzasidagi ishqalanish kuchi – T1 va T2, kuchlar vallar yuzasiga ta’sir etadi.
Ishqalanish kuchini quyidagicha ifodalash mumkin:
T1=N1f1=N1tg ρ1 (3)
T2= N1f2=N2tg ρ2 (4)
Bunda, f1 va f2 – rezina aralashmasining vallar yuzasidagi ishqalanish koeffitsienti.
ρ1 va ρ2 – rezina aralashmaning vallar yuzasidagi ishqalanish burchagi.
Bu kuchlar ta’sirida rezina aralashma, vallar oralig’idagi tirqishga tortilishi yoki oraliqdan o’tmasdan, vallar yuzasida sirpanib turishi mumkin. Demak aralashma oraliq tirqishdan o’tishi uchun sharoit yaratish kerak. Tortilish kuchining kattaligini aniqlash uchun, ox o’qdagi dinamik harakat muvozanati:
G – N1 sin α1 – N2 sin α2 +T1 cos α1 + T2 cos α2 =mg (5)
Bunda, mg=P – materialni vallar oralig’iga tortilish kuchi.
3 va 4- tenglamadagi T- ishqalanish kuchini 5- tenglamaga qo’yamiz.
G–N1(sin α1+cos α1 tg ρ1)–N2(sin α2+cos α2 tg ρ2)=P (6)
hosil bo’ladi.
R1=R2=R; α1= α2= α ρ1= ρ2= ρ va N1= N2= N deb, 6-tenglamaga qo’yganimizda;
G –2N (sin α +cos α tg ρ) =P (7)
va 7-tenglamani cos α ga bo’lganimizda;
  (8)
8- tenglamadagi G/cos kattaligi boshqa qiymatlardan kichik bo’lganligi sababli,
  = 2N (tg ρ - tg α) (9)
9-tenglamadan ko’rinib turibdiki, rezina aralashmaning oraliqga tortilish kuchi P
tg ρ > tg α … ρ > α (10)
bo’lgan holda qoniqarli bo’ladi.
Demak, vallar yuzasidagi ishqalanish kuchi tortilish burchagidan katta bo’lganda yoki tg ρ bir necha martta tg α dan katta bo’lganda, vallar oralig’idagi tirqishga tortiladi.
Rezina aralashmasi, a-absolyut qayishqoq, b-absolyut plastik, v-absolyut elastik holatdagi vallardagi deformatsiyalanish kuchlar ta’sirini o’rganamiz. (14-rasm). Material vallar oralig’idan o’tish vaqtida qalinligi h, eni b va uzunligi x bo’ylab deformatsiyalanadi. Aralashma egallangan burchakdan A1B1 va A2B2 o’tishi vaqtida qalinligi yupqalashadi, eni esa kengayadi.
Absolyut qayishqoq material, A1B1 va A2B2 vall qismida h qalinlikda bo’lsa, B1C1 va B2C2 yoylarda deformatsiyalangandan so’ng h0 qalinlikda yupqalashadi, huddi shunday eni b1 ham kengayadi b0. Bunday material, to’liq o’zining boshlang’ich holatiga qaytadi. h0 = h3 va b1 = b3 (14-a rasm).


Absolyut plastik material, valning A1B1 va A2B2 qamrash burchagidan H qalinlikda bo’lsa, deformatsiyalanishdan so’ng, qalinlik h0=h3 va kengligi b0=b3 teng holatda bo’ladi. Qayishqoqlik hususiyati bo’lmaganligi sababli, vallar oraliq tirqishidan o’tgan plastik material, boshlang’ich holatga qaytmaydi (14-b rasm).
Yuqori elastik, plasto-elastiklik hossasiga ega rezina aralashma, (14-v rasm) vallar oraliq tirqishidan o’tishi vaqtida, b1 eni va h qalinlikdan, eni b0 gacha qalinligi h0 gacha o’zgaradi, lekin so’ngra qisman tiklanib, eni b3 va qalinligi h3 gacha o’zgaradi.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish