Gidrostatik depressiya - . Bug`latkich qaynash trubalarining bir qismi suyuqlik bilan to`lib turgan bo`ladi va uning ustida bug` - suyuqlikdan iborat emulsiya qatlamida yuqoriga qarab ko`tarilgan sari bug`ning miqdori oshib boradi.
Agar, qaynash trubasidagi suyuqlik va emulsiyani shartli ravishda suyuqlik deb nomlasak, unda gidrostatik bosimlar farqi hisobiga trubaning pastki qismidagi suyuqlikning qaynash temperaturasi tepa qismini-kidan yuqori bo`ladi.
Gidrostatik effekt hisobiga eritma qaynash temperaturasining ortishi gidrostatik depressiya deb ataladi.
Bug`latish jarayoni vakuum ostida olib borilganda, gidrostatik depressiya salmoqli bo`ladi.
To`yingan suv bug`i tc va ikkilamchi bug` temperatura T lari orasidagi farq gidrostatik depressiyani beradi:
(3)
Ushbu tenglik eritma harakatini inobatga olmagani uchun uning xatoligi katta. Shuning uchun ning qiymatlari tajribaviy usulda topiladi.
Vertikal bug`latkichda intensiv harakatlanayogan eritmalar uchun miqdori 1...3oC oralikda qabul qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |