Bosqich loyihasining bajarilish jadvali
Sana
|
Kirish
|
Nazariy qism
|
Texnologik hisob
|
HFX, adabiyotlar va b.
|
Himoya
|
Rejada, %
|
10
|
30
|
40
|
20
|
100
|
Bajarilishi,%
|
|
|
|
|
|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati
Navoiy davlat konchilik instituti
“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
«Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari»
fanidan
BOSQICH LOYIHASI
Mavzu_______ Natriy nitratni bug’latish qurilmasini loyihalash ___________________________________________
Variant___4_____
Talaba___________________________19 A -17 KT _________________________
(guruh)
_________________________Qudratov Bekzod______________________
(f.i.sh.)
_____________________________________________________________________
(imzo, sana)
Talaba bosqich ishini _________________________ga himoya qildi.
Komissiya raisi: ____________________________
(f.i.sh.)
A’zolar: _____________________________
(f.i.sh.)
______ ______________________
(f.i.sh.)
Navoiy-2020
Mundarija
Kirish....................................................................................................................4
Nazariy qism...............................................................................................................6
Bug`latish jarayoni..................................................................................6
Bug`latkichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari.......................................10
Bug’latgichlarni hisoblash…………………………………………....16
Natriy nitrat olishning kimyoviy reaksiya tenglamalari………………19
Texnologik qism.......................................................................................................20
2.1 Texnologik sxemaning yozuvi..................................................................21
2.2 Natriy nitratni bug’latishda qo’llaniladigan bug’latish qurilmasining texnologik hisobi.......................................................................................................21
3. Hayot faoliyati xavfsizligi.......................................................................................23
Xulosa...................................................................................................................25
Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................26
KIRISH
Qattiq, uchuvchan bo`lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo`lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo`lgan bug`larni chiqarib yuborish jarayoniga bug`latish deyiladi.
Odatda, sanoat miqyosida bug`latish jarayoni eritmalarni qaynatish yo`li amalga oshiriladi.
Eritmalarni bug`latishdan maqsad ularning konstentrastiyasini orttirish bo`lib, ya’ni eritmalarni quyuqlashtirishdir. Agarda, quyuqlashtirilgan eritmalardan yana erituvchi chiqarilsa, qattiq moddalar kristallana boshlaydi va kristallar ajralib chiqadi.
Suyultirilgan eritmalar konstentrastiyasini oshirish yoki ulardan erigan moddalarni kristallash usulida ajratib olish uchun bug`latish jarayoni qo`llaniladi.
Kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda bug`latish jarayonidan keng ko`lamda foydalaniladi. Masalan, tuz, ishqor kabi moddalarning suvli eritmalarini, mineral va organik kislotalar, ko`p atomli spirtlar, shakar va konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida tomat, sut va sharbatlarni konstentrlashda bu jarayonsiz texnologiyani tasavvur qilib bo`lmaydi. Shu bilan birga, ushbu jarayonni toza erituvchi ishlab chiqarish uchun ham qo`llasa bo`ladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, agar bug`lanish jarayoni qaynash temperaturasidan past, istalgan temperaturada eritma yuzasida sodir bo`lsa, bug`latish esa - qaynash temperaturasidan yuqori temperaturada, eritmaning butun hajmida yuz beradi.
Ushbu jarayonlar bug`latish qurilmasi deb nomlanadigan qurilmalarda amalga oshiriladi. Ma’lumki, uzluksiz va uzlukli bug`latish jarayonlarini tashkil etish mumkin. Uzlukli ishlaydigan qurilmalar, odatda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqaradigan texnologiyalarda qo`llaniladi.
Yirik sanoat korxonalarida uzluksiz ishlaydigan bug`latish qurilmalaridan foydalaniladi va ularning issiqlik almashinish yuzalari 600...1000 m2 bo`ladi. Bunday qurilmalarning tejamliligini aniqlovchi asosiy omil bo`lib, undagi bug` va suv sarfi hisoblanadi.
Bug`latish vakuum, atmosfera va yuqori bosim ostida olib borilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |