Noorganik birikmalarning asosiy sinflari. Ishlatilish sohalarini steam ta’lim yondashuvi asosida o’qitish metodikasi


Kimyo darslarida Oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar mavzularini umumlashtirish



Download 381 Kb.
bet20/21
Sana22.06.2022
Hajmi381 Kb.
#692686
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1 BAXTIYOR

2.5.Kimyo darslarida Oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar mavzularini umumlashtirish
Oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlarning tarkibi, nomlanishi hamda klassifikatsiyalanishi.
Bu mavzudagi darsni boshlashda atom – molekulyar nazariyaning asosiy qoidalarini, shuningdek, “atom”, “element”, “oddiy va murakkab modda”, “oksidlar”, “asoslar”, “kislotalar”, “tuzlar” tushunchalarini esga tushurish lozim.
Ish umumiy suhbat tarzida o’tkaziladi. O’qituvchi quyidagi savollarga javob berishini taklif qiladi:
1.“Element”, “atom” tushunchalariga ta’rif bering.
2.Barcha moddalarni qanday ikki gruppaga ajratish mumkin?
3.Qanday moddalar oddiy moddalar deyiladi? Stolingizgada
turgan oddiy moddalarning nomini ayting.
4. Barcha oddiy moddalar qanday ikki guruhga bo’linadi?
5. Metallar metallmaslardan nima bilan farq qiladi? Stolingizda
metallar va metallmaslarning qanday namunalari bor?
6. Qanday moddalar murakkab moddalar deyiladi? Murakkab
moddalarga misollar keltiring.
7. Murakkab moddalar qanday guruhlarga (sinflarga) bo’linadi?
8. Sizga ma’lum bo’lgan oksidlar, asoslar, kislotalar va
tuzlarni birma – bir aytib bering.
9. Barcha oksidlar qanday guruhlarga bo’linadi?
10. Asosli oksidlar kislotali oksidlardan nima bilan farq qiladi?
11. Asoslar qanday guruhlarga bo’linadi?
12. Kislotalar: a) tarkibiga ko’ra, b) negizligiga ko’ra qanday
guruhlarga bo’linadi?
Ana shu suhbat davomida doskada moddalarning klassifikatsiyalanish sxemasi tuziladi.


Moddalar




Oddiy Murakkab




M etallar metallmaslar oksidlar kislotalar tuzlar
Ca, Cu, S, P, C, O
Z n


Asosli kislotali kislorodli kislorodsiz
CaO, CuO CO2, P2O5 H2SO4 , HCl,
HNO3 H2S
Asoslar


Eruvchan erimaydigan


NaOH, Cu(OH)2,
KOH Fe(OH)

Shundan keyin o’quvchilar 15 minutga mo’ljallangan topshiriqni mustaqil bajaradilar.
1 – topshiriq. Ushbu moddalarni birikmalarning sinflari bo’yicha ajrating va ularning nomini ayting: CuSO4, Ca3(PO4)2, Cu(OH)2, H3PO4, KOH, Fe, Cu, CO2, HNO3, S, Fe2O3, KNO3, Fe(OH)3, Ca(OH)2, SO2, NaCl, MgO, P2O5, O2, CuO, Zn(OH)2.
Daftarga quyidagicha yozib qo’yish kerak:
Oddiy moddalar: kislotali oksidlar:
S, O2, Fe, Cu CO2 – uglerod (IV) – oksid
P2O5 – fosfor (V) – oksid
SO2 – oltingugurt (IV) – oksid
Topshiriqni tekshirayotganda o’quvchilar har qaysi sinf birikmalari tarkibidagi umumiylikni bilib oladilar va anorganik birikmalarning har qaysi sinfiga ta’rif beriladi.
Ularga uyga ham ana shunday topshiriq beriladi.
2 – topshiriq (uyga beriladi.)
Quyidagi moddalardan: a) oksidlar, b) kislotalarni, v) asoslar, g) tuzlarni ko’chirib yozing va ularni nomini ayting: RbOH, N2O5, HClO4, MgCl, Ba(OH)2, B2O3, SeO3, Cl2O7, HJ, SiO2, H2SiO3, H3BO3, HBr, H2AsO4.


STEAM.Kundan kunga texnologiyalar rivojlangan hozirgi davrda yoshlarning texnik, madaniy savodxon bo‘lishi robotatexnika fanlarni yaxshi o‘zlashtirishi doimgidan ham muhimroqdir. Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 a’reldagi ‘F-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontse’tsiyasi”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida STEAM ta’limni joriy qilish yuzasidan alohida vazifalari belgilandi. Bugun ta’limning bu – STEM / STEAM / STREAM yangi yondashuvlari rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilib, jahonhamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda. Fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlari birgalikda o‘quvchilar qobiliyatlarini rivojlantirishi STEM deb nomlanadi. STEM ta‘limi ilmiy usullardan, texnik qo‘llanmalardan, matematik modellashtirish va muhandislik dizaynidan foydalanishga imkon beradi. Bu o‘quvchining innovatsion fikrlash, XXI asrning qobiliyatlari, ko‘nikmalarini shakllantirishga olib keladi. STEM o‘qitish - bu bolalarimizning mahoratini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradigan innovatsion metod. Uning yordami bilan biz iqtisodiy jihatdan mustaqil va raqobatbardosh mamlakat bo‘lishimizga imkon beradigan ilg‘or kadrlar bazasini shakllantirishimiz mumkin. STEM ta‘limining afzalliklari: ilmiy va texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash; tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni hal qilish; texnik fanlarga qiziqishni rivojlantirish; har bir bolaning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalar faoliyati orqali texnik ijodkorlik motivatsiyasini rivojlantirish. Zamonning jadal rivojlanishi kelajakda yuqori texnologiyalar bilan bog‘liq kasblar: IT mutaxassislari, ma’lumot muhandislari, dasturchilar bo‘lishiga olib keldi. Ta’lim tizimi robototexnika, dasturlash, modellashtirish (STEM) doiralarining ko‘plab sonining paydo bo‘lishi bilan bunday ijtimoiy talabga javob beradi. Bugungi kunda, ilmiy va texnik bilimlarning etishmasligi haqidagi fikrlar tobora ko‘proq eshitilmoqda. Kelajakda 4K deb nomlanadigan XXI asrning ko‘nikmalari talabga ega bo‘ladi. Shunday qilib, kelajakdagi 4K asosiy ko‘nikmalari shakllandi: aloqa, hamkorlik, tanqidiy fikrlash, Ijodkorlik ko‘nikmalarni faqat laboratoriyalarda yoki ma’lum matematik algoritmlarni bilish orqali olish mumkin emas. Shuning uchun mutaxassislar STEAM fanlarini tobora ko‘proq o‘rganishlari kerak” 2 . Bu borada, rivojlangan davlatlarni kuzatadigan bo‘lsak, AQSH, Singapur, Koreya, Avstraliya, Xitoy, Buyuk Britaniya kabi ko‘pgina mamlakatlarda STEAM ta‘limi sohasida davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Massachuset texnologik instituti (MIT) STEAM yondashuvga yorqin misol bo‘ladi. Bu universitetning shiori «Mens et Manus» («Tafakkur va qo‘l») bo‘lib, STEAM kurslari va bolalarning STEAM kontsepsiyasi bilan oldindan tanishishlari uchun ba’zi o‘quv muassasalarida STEAM mashq markazlari ochilgan bo‘lib, maktab partasidayoq bu yo‘nalishni chuqur o‘rgatish rejalashtirilgan. STEAM- zamonaviy ta’lim usuli bo`lib, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini mutanosib o‘qitish demakdir. Bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri tabiiy fanlar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasb egalariga, bio- va nanotexnologiya sohasi mutaxassislariga talabning ortib borishidir. Har kuni yangidan-yangi ish turlari, mutaxassislik sohalari paydo bo‘lmoqdaki, bu bugungi kun pedagoglarini o‘ylashga majbur qilishi kerak. Ular o‘qitayotgan o‘quvchilarining bilim va malakalari hozirgi zamon talabiga mos keladimi? STEAM ta‘limi o‘quvchilarga ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash imkonini beruvchi muhit yaratadi. STEAM tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, sa’hat va matematika fanlarini mutanosib o‘qitish bo‘lib, O‘quvchilar tabiiy fanlar (Science), texnologiya (Technology), muhandislik 2 https://infourok.ru/ (Engineering), san’at (Art) va matematika (Mathematics)ni fanlararo integratsiya va amaliy yondashuvga asoslangan holda o‘rganadilar. STEAM o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotchilik faoliyatini maktabda va maktabdan tashqarida amalga oshirilishi imkonini beradi. STEAM ta‘limi dastlab Amerikada qo‘llanilgan. STEM (Science, Technique, Engineering and Math) tizimi, keyinchalik san’at (Art) yo‘nalishinig qo‘shilishi tufayli yuzaga kelgan STEAM tizimi tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik mahorati, matematika fanlarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarning fanlarga qiziqishlarini orttiradi va kelajakda yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga imkon beradi. STEAM yondashuvining asosiy gpoyasi amaliy nazariy bilimlarni uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan. Bunda o‘quvchilar ta’lim jarayonida nafaqat o‘z aqlini, balki qo‘llarini ham ishlatishga majburdirlar. Sinf xonasidagi ta’lim olish jarayoni jadal rivojlanayotgan olam o‘zgarishlaridan ortda qolmoqda. STEAM yondashuvining asosiy xususiyati shundaki, bunda o‘quvchilar ko‘pchilik fanlarni samarali o‘rganishda aqli hamda qo‘llaridan foydalanishadi, bilimlarni mustaqil “egallashadi”. O‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotlarida tajribalar o‘tkazishadi, modellarni konstruksiyalaydi, musiqa va filmlarni mustaqil yaratishadi, robotlarni yasashadi, ya’ni o‘z gpoyalarini amalga oshiradilar va mahsulot yaratishadi.


XULOSA
1.Ilmiy va metodik adabiyotlardan kimyo o’qitish metodlariga oid ishlar chuqur tahlil qilib chiqildi. «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari»mavzularini noan’anaviy va interfaol darslar asosida o’qitish eng samarali,ta’limiy nuqtai nazardan foydalanishga qulay degan xulosaga kelindi.
2. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularini o’qitish samaradorligini noan’anaviy va interfaol usullardan foydalanish orqali oshirish mumkinligi aniqlandi.
3. O’quvchilarning kimyoga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga mo’ljallangan mavzuga oid noan’anaviy va interfaol darslarning senariylari ishlab chiqildi.
4.Maktab kimyo kursinining «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzulari bo’yicha o’tkaziladigan noan’anaviy va interfaol darslar, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga,mustaqil o’quv-bilish faoliyatini kuchaytirishga yordam beradi.
5. Taklif qilinayotgan ushbu metodik tavsiyalarning amaliy ahamiyati juda katta bo’lib, ungan uzluksiz ta’limning barcha sohalarida ishlayotgan kimyo fani o’qituvchilari o’z faoliyatida foydalanishlari mumkin.



Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish