Tuzlar nomilanishi. Tuzlarning nomi metall atomi va kislota qoldig’i nomidan keltirib chiqariladi.
Tuzlarning nomi o’zgarmas valentli metallar uchun “metall atomi nomi+kislota qoldig’i nomi”, agar metall atomi o’zgaruvchan valentli bo’lsa “metall atomi nomi+(metall atomi valentligi rim raqamida)+[- chiziqcha]+kislota qoldig’i nomi” shaklida yasaladi.
Dars davomida quyidagi savollarga o’quvchilar bilan birgalikda javoblar topiladi:
Sulfat kislota qoldig’ini tutgan 10 ta tuzning formulasini yozing va nomlang.
Fosfat kislota qoldig’i yoki nitrat kislota qoldig’i tutgan 10 ta xil tuz formulasini yozing va nomlang.
Tuzlarning toifalanishi: O’rta, nordon, va asosli tuzlar.Kompleks tuzlar.
O’rta tuzlar – metall atomi kislota tarkibidagi barcha vodorod o’rnini olgan va metall atomi va kislota qoldog’idan iborat murakkab modda (alyuminiy fosfat – AlPO4, kaliy xromat – K2CrO4, kaliy permanganat – KMnO4, natriy atsetat – CH3COONa, kaliy oksalat – K2C2O4).
Nordon tuz - metall atomi kislota tarkibidagi vodorodning bir qismini o’rnini olgan va metall atomi hamda vodorod va kislota qoldig’idan iborat murakkab modda. Kilota tarkibidagi vodorodlar metallga chala almashgan holda hosil bo’ladi (natriy gidrokarbonat – NaHCO3, kaliy gidrosulfid – KHS, litiy gidrosulfat – LiHSO4).
Asosli tuz – tarkibida metall atomi va kislota qoldig’i bilan birga gidroksid gruppasi tutgan murakkab modda. Asos tarkibidagi gidroksid kislota qoldig’iga chala almashgan holda hosil bo’ladi (magniy gidroksobromid – Mg(OH)Br, alyuminiy gidroksosulfat – Al(OH)SO4).
Tuzlarning olinishi.
moddalar
|
metallar
|
Asosli oksidlar
|
Asoslar (ishqorlar)
|
Tuzlar
|
Metallmaslar
|
Metallmaslar (O dan tashqari)
|
1
|
___
|
10
|
14
|
___
|
Kislotali oksidlar
|
___
|
6
|
8
|
12
|
___
|
Kislotalar
|
2
|
5
|
7
|
11
|
___
|
Tuzlar
|
3
|
___
|
9
|
13
|
14
|
Metallar
|
___
|
___
|
4
|
13
|
1
|
Jadval asosida tuzlarni 14 xil usullarda olinishi haqida batafsil to’xtalib o’tiladi.
Tuzlarning kimyoviy xossalarini bayon etishda o’quvchilarda mavjud tushunchalarga asoslanib, dars davom ettiriladi.
Darslik matnida bayon qilingan nazariy bilimlar asosida quyidagi savollarga javob topish maqsadga muvofiqdir:
1. Mis gidrosi tuzi mavjud. Natriy gidroksikarbonat tuzi ham mavjudmi? Asosli javob bering.
2.Qaysi o’zgarishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan reaksiyalarning tenglamalarini yozing:
Fe→FeSO4→Fe(OH)2→FeO→Fe
Cu→CuO→Cu(NO3)2→Cu(OH)2→Cu(OH)NO3
3.Tarkibida 1moldan fosfat kislota tutgan eritmalarga: 1) 1 mol NaOH; 2) 2 mol NaOH; 3) 3 mol NaOH tutgan eritmalar quyiladi. Har qaysi holda qanday tuz hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
1.Tuzlarning ahamiyati.
2.Osh tuzining tabiatda tarqalishi va ishlatilishi.
3.Ohaktoshning tabiatda tarqalishi va ishlatilishi.
4.Ammoniy nitrat tuzini olish va uning ishlatilishi.
Inson organizmi tuz muvozanatini doimo saqlab turishga muhtojdir va organizm umumiy massasiga nisbatan 5,5% turli xildagi tuzlar shu vazifani bajarib turadi. Masalan, organizmda kalsiy tuzlari kamayib ketsa, muvozanatni tiklash uchun kalsiy tutgan mahsulotlarni iste’mol qilish xohishi paydo bo’ladi. Yoki turli xil sabablarga ko’ra organizm tez suyuqlik yo’qotadigan bo’lib qolganda, tuz suyuqlik bilan chiqib ketib qoladi, shuning uchun bunday holatlarda turli fizologik tuz eritmalari beriladi.
Kalsiy, temir, kaliy, natriy va boshqa ko’plab metallar tutgan tuzlar tibbiyotda turli kasalliklarga qarshi dori vositalari sifatida qo’laniladi.
Azot, fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy, natriy va mikroelementlar deb nomlanuvchi metallar guruhini tutgan tuzlar qishloq xo’jaligidagi o’g’itlar, ba’zi zararkunandalarga qarshi kurash vositalari, unuvchanlik va hosildorlikni oshiruvchi, o’stiruvchi vositalar siftida keng qo’llanadi.
Natriy xlorid NaCl. Osh tuzi turmushda qanday maqsadlarda ishlatilishini esa hammamiz juda yaxshi bilamiz.
Osh tuzi sanoatda xlor, ishqor, natriy metali olishida, tibbiyotda fiziologik eritma tayyorlashda ishlatiladi.
Osh tuzi (NaCl) va silvinit (NaCl*KCl) Xo’jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal’a konidan qazib olinadi.
Kalsiy karbonat (marmar, ohaktosh,bo’r) CaCO3. Tabiatda marmar Nurota va G’ozg’on konlarida uchraydi. Marmar, ohaktosh sifatida qurilishda ishlatiladigan tuz. Qurilish binolarini bezash maqsadida marmardan eng ko’p foydalaniladi. Toshkent metropoliteni bekatlarining chiroyiga chiroy qo’shib turibdi.
Ammoniy nitrat NH4NO3. Ammoniyli selitra nomi bilan qishloq xo’jaligida ishlatiladi. Farg’ona azotli o’g’itlar korxonasida sun’iy tarzda ishlab chiqariladi.
Sanoatda turli metallar va boshqa tuzlarni olishda ham tuzlardan keng foydalaniladi. Masalan, temirning sulfidli tuzlaridan cho’yan va po’lat olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |