Nometall materiallar va ularning qo'llanilishi Reja: Noorganik va organik shishalar



Download 277,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana13.06.2022
Hajmi277,63 Kb.
#665721
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Rezina materiallar.
 
Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, ya’ni avtomobil
samolyot, velosiped shinalari, o‘tkazgichlarining izolyatsiyalari, g‘ovvoslarning kiyimlari, 
aerostat ballonlari, shlanglar, dam berib shishiradigan qayiqlar, protivogazlar, shuningdek 
ko‘pgina xalq xo‘jaligi mashina-mexanizmlari qurilmalari va muhandislik konstruksiyalarida 
rezina juda keng ishlatiladi. 
Rezina 
materiallar 
asosan, 
kauchukni 
turli 
to‘ldiruvchilar, 
plastifikatorlar, 
vulkanizasiyalovchi agentlar, tezlashtiruvchilar, aktivatorlar va boshqalar qo‘shib, qayta ishlash 
orqali hosil qilinadi. Rezina juda ko‘p xususiyatlarga ega bo‘lgan konstruksion materialdir. 
Bulardan eng muhimi uning yuqori darajada elastikligi, ya’ni katta (100 % gacha) 
deformatsiyadan ham dastlabki holatiga qayta olishidir. 
Rezina olish uchun asosiy material kauchuk hisoblanadi, ya’ni rezinadagi aralashmaning 
10-98% ni kauchuklar tashkil qiladi. 
Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib, oddiy haroratda yuqori elastiklik 
xossasiga ega. 
Tabiiy kauchuk, hindcha "kaochu" so‘zidan olingan bo‘lib, "daraxtning ko‘z yoshi" degan 
ma’noni anglatadi. Darhaqiqat kauchuk daraxtini kesganda undan suyuqlik (ko‘z yoshi) ajralib 
chiqadi. Shuning uchun hindlar juda qadimdan oq yog‘och smolasi (kauchuk) dan foydalanib 
kelganlar. Shunday qilib, tabiiy kauchuk (TK) kauchukli o‘simliklar (daraxtlar) dan olinadi. U 
efir, benzin, mineral moylarda yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Kauchuk 90
0
C gacha 
qizdirilganda yumshab juda yopishqoq bo‘lib qoladi, 0
0
C dan past haroratda esa qattiqlashib, 
mo‘rtlashib boradi. TK juda qimmatbaho material. 
Texnikaning jadal taraqqiyoti tufayli faqat TK dan foydalanilmasdan, balki sintetik 
kauchuklar (SK) hosil qilinib, ulardan keng foydalanilmoqda. 
Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda tegishli sanoat korxonalarida juda rang-barang sintetik 
kauchuk va shunga o‘xshash konstruksion materiallar ishlab chiqarilmoqda. Etil spirti, asetilen, 
butan, etilen, benzol, izobutilen, ba’zi galogenli uglevodorodlar va boshqalar sintetik kauchuk 
hosil qiluvchi asosiy materiallar hisoblanadi. 
Shuni aytib o‘tish kerakki, tabiiy kauchuklarning sintetik kauchuklarga nisbatan 
mustahkamligi yuqoridir, lekin TK larning sovuqqa va turli eritmalar ta’siriga bardosh berish 
xususiyatlari SK ga nisbatan ancha past. 
Rezinalar vazifasi yoki ishlatilishiga qarab umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy 
ishlarga mo‘ljallangan rezinalar suvda, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida, havoda 
50
0
C dan 130
0
C gacha haroratda va boshqa muhitlarda ishlatilishi mumkin. Shunday rezinadan 
mashina shinalari, turli tasmalar, shlanglar, transportyor tasmalari, kabellarning qoplamalari va 
boshqa turli buyumlar ishlab chiqariladi. 
Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar, o‘z navbatida, moy, benzinga, issiq va 
sovuqqa chidamli, elektr o‘tkazmaydigan, gazlar va suyuqliklarga chidamli turlarga bo‘linadi. 


Bundan tashqari, maxsus rezina turiga armaturali rezinalar ham kiradi (presslash va 
vulkanizatsiyalash jarayonida metallar rezina aralashmasi orasiga qo‘yilib uning mustahkamligi 
va egiluvchanligi oshiriladi). Bunday rezinalardan avtomobil shinalari, yuritma tasmalari, 
transportyor tasmalari va boshqalar tayyorlanadi. 

Download 277,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish