Nometall materiallar va ularning qo'llanilishi Reja: Noorganik va organik shishalar



Download 277,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana13.06.2022
Hajmi277,63 Kb.
#665721
  1   2   3   4   5   6   7   8


Nometall materiallar va ularning qo'llanilishi 
 
Reja: 
1. Noorganik va organik shishalar 
2. Rezina materiallar 
3. Lok-bo‘yoq materiallar 
4. Yelim materiallar 
5. Germetiklar 
 
 
1. Noorganik va organik shishalar. 
 
Shisha ham boshqa nometall materiallar kabi xalq xo‘jaligining hamma sohalarida 
(mashinasozlikda, qurilishda, elektronika va radiotexnikada, o‘quv laboratoriyalarida va h.) juda 
keng ishlatiladi. Turmushimizni shishasiz tasavvur qilish qiyin. Shisha amorf jismdir. 
Shisha materiallar asosan, sun’iy ravishda ishlab chiqariladi. Shisha olish uchun kvars 
qumi, borat kislotasi, tanokor, bur, marmar toshi, dolomit, soda va ohaktoshdan iborat aralashma 
tegishli pechlarda (1300-1500
0
C haroratda) suyuqlantiriladi. Shisha materiallarni cho‘zish, 
siqish, kuydirish, presslash, burish, sovitish jarayonlari orqali turli shakldagi buyumlar yasaladi. 
Shisha materiallar o‘zlarining tarkibidagi moddalar (elementlar va birikmalar) ning turlari va 
miqdorlariga qarab juda ko‘p xillarga bo‘linadi. Masalan, silikatli shishaning tarkibiy qismini 
uning formulasidan anglash qiyin emas, ya’ni Ме
2
ОChОSiО
2
, bunda Ме
2
О - ishqoriy 
metallarning oksidlarini (Na
2
O, K
2
O, Li
2
O) ChO - yer-ishqoriy metallarning oksidlarini (CаО, 
ВаО) hamda qo‘rg‘oshin, rux va boshqa metallarning oksidlarini ifodalaydi. Ishqoriy va yer-
ishqoriy metallar modifikatorlar deyiladi. Shisha materiallar sanoatda deraza va eshik oynasi, 
vitrinalarga moslangan yassi va egilgan oynalar, mustahkam oyna, toblangan oyna - "Stalinit", 
naqshli oyna, xira oyna, taram-taram oyna, biologik nurlarni o‘tkazadigan o‘ta tiniq oyna, rangli 
oyna hamda kolbalar, naychalar ishlanadigan shisha va boshqa silliqlangan va silliqlanmagan 
oynalar ko‘rinishlarida ishlab chiqariladi. 
Rangli shisha hosil qilish uchun shisha materiallariga (yuqorida nomlari aytilgan 
xomashyolarga) qo‘shimcha kristallar (selen, xrom, kadmiy va boshqa metallarning oksidlari 
hamda oltin) qo‘shiladi. Shisha massa hosil qilish uchun, avvalo, shisha tarkibiga kiruvchi xom-
ashyo materiallar tayyorlanadi: ular quritiladi, elanadi, maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. 
Agar maydalangan materiallar bir jinsli bo‘lsa, undan olinadigan shishaning sifati juda yuqori 
chiqadi. Tayyorlangan (aralashtirilgan) xom-ashyo materiallarni pishirish uchun vannali 
pechlarga, uzluksiz va davriy ishlaydigan marten pechlariga solinadi va tegishli harorat (1200
0
C) 
da shisha materialga aylantiriladi. Pechlar asosan gaz va qattiq yoqilg‘ilar bilan ishlaydi. Eng 
katta pechda bir sutkada 200 tonnagacha shisha massa ishlab chiqarish mumkin. Pishirilgan 
shisha massadan buyum ishlab chiqarish uchun turli qoliplardan va turli prinsipda ishlaydigan 
mashinalardan foydalaniladi. Masalan, xo‘jalik ishlari va qurilish uchun shisha bloklar ishlab 
chiqarish uchun pishirilgan shisha massalar presslanadi. Agar ma’lum bir qalinlikdagi shisha 
listlar ishlab chiqarish kerak bo‘lsa, shisha massa ichi bo‘sh valiklar orasidan o‘tkazib 
prokatlanadi. Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan shisha hosil qilish talab qilinsa, shisha 
toblanadi, ya’ni yumshash harorati (15-20
0
C) dan yuqori haroratgacha qizdiriladi va siqilgan 
havo purkash orqali tez sovitiladi. Shisha buyumlarga faqat termik usulda emas, balki kimyoviy 
va mexanik usullarda ham ishlov berish mumkin. 

Download 277,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish