Nometall materiallar va ularning qo'llanilishi Reja: Noorganik va organik shishalar



Download 277,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana13.06.2022
Hajmi277,63 Kb.
#665721
1   2   3   4   5   6   7   8
 
 
4. Yelim materiallar. 
 
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida turli detallardan (buyumlardan) ajralmas birikmalar 
hosil qilish uchun yelimlash jarayonidan keng foydalaniladi. Buning uchun turli yelimlardan 
foydalaniladi. 
Yelimlar - muayyan sharoitda qattiq parda hosil qilib, ulanadigan konstruksion 
materiallarni (buyumlar yoki detallarni) bir-biriga mahkam yopishtiradigan yopishqoq 
materiallardir. 
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan yelimlar, asosan, hayvon, o‘simlik va 
smola yelimlariga bo‘linadi. 
Hayvon yelimining asosini organik moddalar, o‘simlik yelimlari - asosini oqsillar, smola 
yelimlari asosini esa sintetik moddalar tashkil etadi. 
Hayvon yelimlariga kollagen yelimlar, shuningdek, kazeinli va albuminli yelimlar, 
o‘simlik yelimlariga soya, kanakunjut, (xashaki no‘xat) dan olingan yelimlar, smola yelimlariga 
B-3, КB-3 markali fenolformaldegidli, МК-1, М-2, КМ-12, К-17 markali karbamidli hamda 
TsNIIPS-2 yelimlari va boshqalar kiradi. 
Yelimlar qanday moddalardan tayyorlanishiga qarab, go‘shtparda, suyak, baliq, kazein, 
albuminli hayvonot yelimlari, loviya, no‘xat, kunjut, kartoshka, jo‘xori, guruch kraxmallaridan 
olinadigan o‘simlik yelimlari va smolalardan tayyorlanadigan yelimlarga bo‘linadi. 
Faner tayyorlashda, asosan, albuminli, kazein, o‘simlik yelimlaridan foydalaniladi. Namga, 
suvga chidamli fanerlar va yelimlangan yog‘ochdan qurilish konstruksiyalari tayyorlashda smola 
yelimlaridan foydalaniladi. 
Go‘shtparda va suyak yelimlari duradgorlik yelimlari hisoblanib, ular qushxona va teri 
zavodlari chiqindilarini pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. 
Hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan yelimlar yordamida har qanday materialni shu turdagi 
yoki boshqa turdagi material bilan (masalan, yog‘och bilan yoki metall bilan) birlashtirib turli 
ajralmas birikmalar hosil qilish mumkin. 
Tarkibi sintetik materiallardan iborat bo‘lgan yelimlarning asosiy hamda zaruriy 
xususiyatlari shundan iboratki, ular yordamida hosil qilingan birikmalar atmosferaga, 
korroziyaga va chirishga chidamlidir. Yelimlarning yana bir afzal tomoni shundaki, yelimli 
birikmalar har qanday ajraluvchi (boltli, shpilkali, vintli va h.k.) hamda ajralmas (parchinmixli, 
payvandlangan) birikmalarga nisbatan ancha yengil bo‘ladi, tannarxi arzon, tuzilishi sodda 
bo‘ladi. 
Sintetik yelimlar, avtomobil, aviasiya, kemasozlik, elektro va radiotexnika, yog‘ochni 
qayta ishlash, poyafzal, poligrafiya va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida keng 
ishlatilmoqda. 
Yelimli birikmalar puxta chiqishi uchun:
a) yelimlanadigan sirtlar silliq bo‘lmasligi, ya’ni sirtlar, g‘adir-budur, notekis bo‘lishi 
kerak;
b) yelimlangan birikma yelim qurib qotgunga qadar qayta ishlanmasligi lozim;
d) hosil qilingan birikmani qisqichlar orasiga olib, qurigunga qadar qo‘zatmaslik zarur. 


Quyida maktablar, litseylar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarining o‘quv ustaxonalarida 
ko‘proq ishlatiladigan ba’zi yelimlarning tarkibiy qismlari va xususiyatlari hamda yelimlash 
texnologiyasi haqida qisqacha ma’lumotlar keltiramiz. 
Konstraksion metallar va nometall materiallarni termoizolyatsiyalarga, gazlamalarga va 
dekorativ qoplama materiallariga yelimlab biriktirish uchun ВК-32-2, VКТ-2Н, 88N, PU-2М, 
АК-20, PK-10, ХVК-20 va boshqa yelimlar ishlatiladi. 
Metallmas materiallar (yog‘ochlar, shisha, plastmassalar, tekstolitlar, penoplastlar va b.)
VIАМ-БЗ va PU-2 yelimlari bilan biriktiriladi. 
Organik shishaga boshqa materiallarni yelimlash uchun BЗ-F9, VК-32-70 va PU-2 
yelimlari ishlatiladi. Rezinalar o‘zaro va metallar bilan 88N, КR-6-18, ChNB, VКR-7, КТ-15, 
КТ-25 yelimlari yordamida biriktiriladi. 
Yelimlash jarayoni quyidagi tartibda bajarilishi kerak:
a) yelimlanadigan yuzalar turli iflosliklardan tozalanishi va g‘adir-budir qilinishi lozim;
b) biriktiriladigan sirtlarning bir tomoniga qo‘lda, cho‘tkada va pulverizator yordamida 
yelim surtilishi kerak;
d) biriktiriladigan detallarni havoda (xona haroratida) tutib turib yelim tarkibidagi 
uchuvchi moddalar chiqib ketishiga imkon berish zarur; e) biriktiriladigan sirtlarni birlashtirib, 
qisuvchi yoki bosuvchi qurilmalar bilan qisib qo‘yish kerak;
f) qisib yoki bostirib qo‘yilgan detallarni ma’lum haroratda ma'lum vaqt davomida saqlash 
lozim, chunki turli yelimlarning qotish harorati va muddati har xil bo‘ladi;
g) biriktirilgan detallarni tozalash va birikmaning mustahkamligini tekshirish (bunda 
birikmay qolgan joylar yo‘qligiga e’tibor berish) kerak va h.k.. 
Suyak yelimi - yog‘sizlantirilgan hayvonot suyaklari va shoxlarini pishirib tayyorlanadi. 
Yelimlash xususiyatlariga ko‘ra go‘shtparda yelimi suyak yelimidan ustun turadi. 
Go‘shtparda va suyak yelimlari qattiq plita shaklida tayyorlanadi. Plitalar tiniq, sarg‘ish 
yoki qoramtir rangda bo‘ladi. Toza, sifatli yelimlarning sinig‘i shisha kabi yaltiraydi. 
Quruq yelimlar tolon, mayda bo‘laklar va boshqa ko‘rinishlarda ham tayyorlanadi. 
Yelimlash sovuq (-12...-30
0C
) da, issiq (+40...+70
0
C) da va qaynoq (80
0
C va undan yuqori) 
holatda olib borilishi mumkin. 
Buyum yoki detallarni biriktirishda, fanerlarni o‘rtacha normal quyuqlikdagi yelim 
eritmasidan foydalaniladi. Suyuq yelim eritmasi, asosan, gruntovkalash maqsadida ishlatiladi. 
Yelimlarning puxtaligini aniqlash uchun yelimlangan chok (birikma) tajriba yo‘li bilan 
tekshiriladi. Buning uchun namligi 7-12% bo‘lgan shumtol yoki eman yog‘ochidan namunalar 
(25x50x50 va 25x50 mm o‘lchamli) olinib, tolalar yo‘nalishida bir-biriga parallel qilib 
yelimlanadi, so‘ngra namuna birikmaning yelimlangan choki iskana yordamida yorib ko‘riladi. 
Agar bunda birikma yelimlangan joyidan ajralmasdan yog‘och yorilsa, yoki ko‘chib chiqsa, 
yelimning yopishtirish xususiyati yaxshi, yelimli chok puxta deb hisoblanadi. Tajriba sharoitida 
esa, yelimlangan chokning puxtaligini press yordamida so‘ruvchi kuchning qiymatini oshira 
borish yo‘li bilan tekshiriladi.
Duradgorlik yelimlari nam ta’sirida puxtaligini yo‘qotadi (namga chidamsiz bo‘ladi). 
Shuning uchun nam sharoitda ishlaydigan buyumlar namga chidamli maxsus yelimlar bilan 
yelimlanadi. 
Albuminli yelim hayvon qoniga ohak aralashtirish yo‘li bilan olinadi. Albuminli yelim 
bilan yelimlanadigan birikma issiq holatda presslab yopishtiriladi. Yelimlangan joyda qoramtir 
chok hosil bo‘ladi. Albuminli yelimlar faqat yelimlangan fanerlar uchun ishlatiladi. 
Kazeinli yelimning asosiy tarkibiy qismini yog‘i olingan sutdan tayyorlangan quruq suzma 
tashkil etadi. Quruq kazein yelimi 5-10 mm li qattiq donachalar ko‘rinishida yoki oqish, ba’zan 
och sariq tusli kukun holida tayyorlanadi. Kukun (tolon holidagi) kazein yelimi kazein, 
so‘ndirilgan ohak, natriy ftorid, soda, mis ko'porosi va kerosin aralashmasidan iborat. Bu 
moddalar tegishli yelimning turli xossalarini yaxshilash uchun qo‘shiladi. Masalan, mis ko'porosi 
yelimning nam va suvga chidamliligini oshirib, chirishdan saqlaydi; kerosin esa tolonning 


mushtlashib qolmasligini ta’minlaydi; natriy ftorid va soda erituvchi sifatida qo‘shiladi; 
so‘ndirilgan ohak yelimning o‘ta puxtaligini ta’minlaydi. 
Sanoat miqyosida kazeinli yelimlarning "Ekstra" va oddiy navlari ishlab chiqariladi. 
Kazeinli yelim besh oy muddat ichida foydalanishga yaroqlidir. 
Yuqorida nomlari qayd qilingan yelimlar faqat yog‘och materiallarni o‘zaro biriktirish 
uchun mo‘ljallangan. 
Turli materiallarni bir-biriga yelimlab yopishtirish uchun esa karbinolli yelimlardan keng 
foydalaniladi. 
Karbinolli yelim (МPF-1, BК-2, L-4 va b.) tashqi ko‘rinish jihatidan rangli gliseringa 
o‘xshash xushbo‘y, och sariq rangli, tiniq suyuqlikdir. 
Material ustiga yupqa qilib surtilgan bu yelim tezda qotib, benzinda, moylarda 
erimaydigan, suv va kislota ta’siriga chidamli parda hosil qiladi. 
Karbinolli yelim bilan yog‘ochni metallga, metallni shisha, charmni marmarga yopishtirib, 
mustahkam, ajralmas birikmalar hosil qilinadi. 
Glyutinli yelim. Hozirgi vaqtda bu yelimlar o‘zlarining ko‘pgina ijobiy xususiyatlari 
(yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan birikmalar hosil qilishi, tayyorlanishining oddiyligi, 
kimyoviy inertligi, zararsizligi, tayyor yelimni saqlash juda osonligi va b.) tufayli sanoat 
miqyosida sintetik yelimlarni deyarli siqib chiqarmoqda. 
Lekin, bunday yelimli birikmalarning uzoq qotishi yelimlarning kamchiligi hisoblanadi. 
Glyutinli yelimlar tarkibidagi boshlang‘ich moddalarga qarab go‘shtparda, suyak va baliq 
yelimlariga bo‘linadi. 
Polivinilatsetatli yelimlar turli charm, qog‘oz, yog‘och, mato, shisha va metallarni 
biriktirish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, abraziv sanoati tarmoqlarida juda keng ishlatiladi. 
Polivinilatsetatli yelimlar polimerlar eritmasi (yelimi); tarkibida uchuvchi (bulg‘anuvchi) 
moddalar bo‘lmagan yelimlar; emulsion tarkibli yelimlar kabi guruhlarga bo‘linadi. Shuni aytib 
o‘tish kerakki, o‘quv ustaxonalarida, turmushda, ko‘pincha suv-emulsion yelimlar keng 
ishlatiladi, chunki bunday yelimlarning tannarxi arzon, zararsiz, yonmaydi, yelimli choklar 
bilinmaydi (ko‘rinmaydi). 
Rezinali yelimlar asosan, eritmalarga kauchuk yoki rezinali aralashmalarni qo‘shib eritish 
orqali hosil qilinadi. Bunday yelimlar vulkanizasiyalovchi (tabiiy kauchukning organik eritma 
bilan aralashmasi), issiqda vulkanizatsiyalovchi (140-150°C harorat ta’sirida) va o‘zi 
vulkanizatsiyalovchi (xona haroratida) yelimlar guruhlariga bo‘linadi. Ikkinchi va uchinchi 
guruhlarga kiruvchi yelimlarga asosan, sintetik smolalar qo‘shiladi. Ushbu yelimlar bilan hosil 
qilingan birikmalar vulkanizatsiyalovchi yelimlar yordamida olingan birikmalarga nisbatan 
ancha mustahkam bo‘ladi. 88 va 88N markali rezinali yelimlardan eng ko‘p foydalaniladi. Ular 
asosan, rezinali aralashmalarni va butilfenolformaldegidli smolalarni etilatetat va benzinda 
eritish orqali hosil qilinadi. 
Rezinali yelimlar yordamida rezinani rezina bilan, metallar, shishalar va boshqalar bilan 
birlashtirib, yelimli birikmalar olinadi. 
Bundan tashqari texnikaning turli sohalarida metallarni o‘zaro va nometall konstruksion 
materiallar bilan yelimlab birikma hosil qilish uchun tarkibi sintetik smolalar va sintetik 
kauchukdan iborat bo‘lgan yelimlar (BF-2, BF-4, VS-10Т VК-32-200, VК-3, VК-4, К-153) va 
epoksidli yelimlar (Pr va PVК-1, VК-7, PU-2, VК-5) ham keng ishlatiladi. 

Download 277,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish