2.3 Nodavlat notijorat tashkilotlarining sud qarori asosida tugatilishi.
Yuridik shaxsni qayta tashkil etishdan farqli ravishda nodavlat notijorat
tashkilotlarini tugatish (boshqa har qanday yuridik shaxs kabi) huquqiy vorislikka
yo’l qo’ymaydi, ya’ni tugatilayotgan yuridik shaxsning huquq va manfaatlari o’zga
huquq sub’yektlariga o’tmaydi. Shuning uchun ham nodavlat notijorat tashkilotlari
tugatilayotganda u o’z faoliyatini fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchisi
sifatida batamom yakunlaydi. Biz yuqorida nodavlat notijorat tashkilotlarini
ixtiyoriy tugatish jarayonini ko’zdan kechirdik, ushbu bo’limda esa nodavlat
notijorat tashkilotlarini majburiy tarzda tugatilish masalalari tahlil etiladi.
Yuridik shaxslarning majburiy tugatilishi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- sud tomonidan yuridik shaxslarni ro’yxatdan o’tishida qonun va boshqa
huquq normalari buzilishi natijasida noqonuniy deb topilganda va bu buzilishlar
bartaraf etib bo’lmaydigan xarakterga ega bo’lsa;
- sud tomonidan tegishli ruxsatsiz (litsenziyasiz) qonunga zid faoliyat bilan
shug’ullangan deb topilganda yoki bir necha bor qonun va boshqa huquqiy
hujjatlarni qo’pol ravishda buzgan deb topilganda.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqa turlarini tugatishda Rossiya
Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksida majburiy tugatishning yana bir turi keltirilgan:
- sud tomonidan ijtimoiy yoki diniy tashkilot (uyushma), fondlar tomonidan
ustav maqsadlariga mos kelmaydigan faoliyat turi bilan shug’ullangan deb
topilganda.
Nodavlat notijorat tashkilotlari sud tomonidan qonun maqsadlariga zid
keluvchi harakatlar sodir etilishi boisi ikki marotaba yozma ogohlantirilganligi
yoki prokurorning qonunbuzilishlarini bartaraf etish to’g’risidagi yozma xati
bo’lganda tugatilishi mumkin. Tugatishning alohida tartibi fondlar tugatilishi
misolida o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston
Respublikasi
Fuqarolik
Kodeksi
hamda
O’zbekiston
Respublikasi “Jamoat fondlari to’g’risida”gi qonunning 37-moddasiga asosan,
fondni tugatish manfaatdor shaxslarning arizasiga asosan sudning qaroriga binoan
amalga oshiriladi. Fond quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
-
fond tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadga erishilganligi munosabati
bilan;
-
faoliyat muddati tugaganligi munosabati bilan;
-
agar fondning mol-mulki fond o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erishish
va vazifalarni amalga oshirish uchun yetarli bo’lmasa, zarur mol-mulkni
olish esa ehtimoldan yiroq bo’lsa;
-
agar fond o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erishish mumkin bo’lmasa,
mazkur maqsadlarni esa zarur tarzda o’zgartirib bo’lmasa;
-
fond o’z ustavida belgilangan maqsad va vazifalardan chetga chiqqan
bo’lsa;
-
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda;
Fondni tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Fondning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki fondning
muassislari (muassisi), shuningdek fondning va’siylik kengashi, boshqaruvi, taftish
komissiyasi a’zolari yoki fond xodimlari o’rtasida taqsimlanishi mumkin emas va
undan fond ustavida nazarda tutilgan tartibda, fondni tashkil etishdan ko’zlangan
maqsadlarda va (yoki) xayriya maqsadlarida foydalaniladi. Sud tomonidan
fondning bunday majburiy va qat’iy tugatish tartibi muassis (ta’sischi) yoki fond
mansabdor shaxslarining fond mulkini suiiste’mol qilish xavfini bartaraf etadi.
Rossiya Federatsiyasida fondlarning majburiy tugatilishi asoslaridan biri etib,
ularning sud tomonidan bankrot deb topilishi bo’lib hisoblanadi.
Ta’kidlanganidek, nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish jarayoni uni
tugatish haqida qaror qabul qilgan muassis (ta’sischi)lari, tashkilot egasi yoki
nodavlat notijorat tashkilot organining ushbu tashkilot tashkilotni (yuridik shaxsni)
ro’yhatga olgan organga tashkilotning tugatilishi to’g’risida darhol yozma xabar
berishi bilan boshlanadi. Ushbu xabar yagona davlat reestriga yuridik shaxs
tugatilish bosqichi arafasida ekanligi to’g’risidagi ma’lumotni kiritishga asos
bo’ladi. Rossiya Fuqarolik Kodeksining 51-moddasiga asosan, ushbu reestr
barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq bo’lsada, ushbu qayd bu yuridik shaxs
kreditorlarining zarur choralarini ko’rish istagini uyg’otishi mumkin. Bir vaqtning
o’zida ushbu qayd tugatilayotgan yuridik shaxsning doimiy muassischi
(ta’sischi)lari uchun ogohlantirish bo’lib xizmat qiladi. Tashkilotni tugatish
to’g’risida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organ tugatish komissiyasining shaxsiy
tarkibi, tugatish tartibi va muddati yuridik shaxsni davlat ro’yhatidan o’tqazgan
davlat organi roziligi bilan amalga oshirilmog’i lozim. Tugatish komissiyasi
tayinlanganidan so’ng hamda tugatish jarayoni olib borilayotgan butun bosqichda
yuridik shaxs fuqarolik huquqiy sub’yekti sifatida o’z faoliyatini tugatish
komissiyasi olib boradi va shu bois ham u sudda tugatilayotgan yuridik shaxs
nomidan ishtirok etadi. Tugatish komissiyasi shakllantirilganidan keyin, u yuridik
shaxs davlat ro’yhatini e’lon qiluvchi organga tashkilot tugatilayotganligi
to’g’risidagi xabarni jo’natadi. Ushbu xabar o’zida kreditorlarning o’z talablari bilan
murojaat qilish muddati va tartibi haqidagi ma’lumotlarni qamrab olishi lozim.
Ushbu muddat ikki oydan oshmasligi kerak. Tugatish komissiyasining asosiy
vazifasi nodavlat notijorat tashkilotlari qarzlarini yig’ish va uning kreditor
(ta’sischi)lar o’rtasida taqsimlanishini amalga oshirishdir. Tugatish komissiyasi
kreditor (debitorlik) qarzlari, barcha kreditorlarga talab qilish muddati kelmagan
kreditorlarga ham shaxsiy bildirishnoma junatmog’i lozim. Bildirishnomada muddat
ko’rsatilgandan keyin (ikki oydan kam bo’lmagan) tugatish komissiyasi oraliq
balansini tuzadi va yuridik shaxsni ro’yxatga olgan organ bilan kelishilgan holda
tugatish haqida qaror chiqargan yuridik shaxs ta’sischi (muassis)lari yoki uning
organi tomonidan tasdiqlanadi. Oraliq balansida nodavlat notijorat tashkilotlarining
mol-mulki, kreditorlar talabi va bu talablarning qanoatlantirilganligi haqidagi
natijalar o’z ifodasini topishi kerak. Talablarning qondirilishi muhim bo’lib, bu
kreditorlarning talablari bilan o’z vaqtida murojaat qilishini ta’minlaydi. Bu
vaziyatda bunday kreditor afzalliklarga ega bo’lib, ularning talabi bildirishnomada
ko’rsatilgan muddatdan keyin murojaat qilgan kreditorlar talabidan birinchi bo’lib,
ularning talabi qondiriladi.
Kreditorlar talablari nodavlat notijorat tashkilotlari hisobidagi pul vositalaridan
undiriladi. Agar pul vositalari kam bo’lsa, talab nodavlat notijorat tashkilotlari
mulkini sotish orqali erishilgan summadan erishiladi. Ushbu qoidada bir istisno
holat bor, muassasa qarzlari bo’yicha subsidiar javobgar bo’lgan muassasa egasi bu
holatda istisno etiladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining mol-mulki ommaviy
savdolarda tegishli tartibda sotiladi. Kreditorlarga to’lov ta’sischilar tomonidan
oraliq balans tasdiqlangan kundan boshlab yoki davlat ro’yxatiga olgan organ
roziligi bilan yuridik shaxs organining tugatish haqidagi qarori qabul qilingan
kundan boshlab to’lanadi. Fuqarolik Kodeksining “Kreditorlarning talablarini
qanoatlantirish” deb nomlanuvchi 56-moddasida kreditorlarga to'lov to'lash tartibi
belgilangan. Unga muvofiq, yuridik shaxs tugatilayotganida birinchi navbatda
fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan,
alimentlarni undirishdan va mualliflik shartnomalari bo'yicha mukofot to'lash
haqidagi talablari, shuningdek hayotiga yoki sog'lig'iga zarar yetqazganligi uchun
tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo'lgan fuqarolarning talablari ham tegishli
vaqtbay to'lovlarni kapitallashtirish yo'li bilan qanoatlantiriladi. Boshqa
kreditorlarning talablari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda
qanoatlantiriladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish
balansini tuzadi, uni yuridik shaxsni tugatish to'g'risida qaror qabul qilgan yuridik
shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tasdiqlaydi. Yuridik shaxsni tugatish
to'g'risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish balansi yuridik
shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tqazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanad.
Tugatilayotgan davlat korxonasining mol-mulki, tugatilayotgan muassasaning esa-
pul mablag'lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo'lmasa,
kreditorlar o'z talablarining qolgan qismini ushbu korxona yoki muassasa mulkdori
hisobidan qondirish to'g'risida sudga da'vo bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki
uning shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan
majburiy huquqlarga ega bo'lgan muassislariga (ishtirokchilariga), agar qonun
hujjatlarida o'zgacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, topshiriladi.
Tugatishni tugatilayotgan yuridik shaxsning ta'sischilarining uning mulkiga
bo'lgan huquqlari yoki uning taqdiriga bog'liq ravishda uchta asosiy guruh bo'yicha
tasniflash mumkin:
a)
qolgan mulkni yuridik shaxsning ( xo'jalik jamiyatlari va shirkatlar)
ta'sischilari (ishtirokchilari) orasida taqsimlash;
b)
qolgan mulkni yuridik shaxsning (unitar korxonalar va muassasalar) egasiga
topshirish;
c)
qolgan mulkning taqdirini ustavda majburiy tartibda belgilab qo'yish
(jamoatchilik va diniy tashkilotlar , fondlar, yuridik shaxslarning
birlashmalari).
Hozirgi fuqarolik qonunchiligi, mulkning daxlsizligi, fuqarolik huquqlari
to’sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini ta’minlash zarurligi
prinsiplariga amal qilib, yuridik shaxs tugatilganda uning kreditorlari huquqlarining
kafolatlari masalasiga katta e’tibor qaratadi. Ular quyidagi qoidalarning majmuasida
aks etadi. Yuridik shaxni qayta tashkil etish to’g’risidagi qarorni qabul qilgan
sub’yekt yoki tugatish komissiyasi kreditorlarni yuridik shaxs tugatilish jarayonida
ekanligi haqida yozma ravishda xabardor qilishga majburlar (tugatish komissiyasi
zimmasida kreditorlarni aniqlash majburiyati ham bor). Yuridik shaxsning
tugatilishini rasmiylashtirayotgan hujjatda, xususan kreditorlar tomonidan qo’yilgan
talablar haqida ma’lumotlar, ularni ko’rib chiqish natijalari, yuridik shaxsning
barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan uning barcha majburiyatlari bo’yicha
huquqiy vorislik (agar bor bo’lsa), shu jumladan, taraflar tomonidan da’vo
qilinayotgan majburiyatlar ham aks etishi lozim. Qayta tashkil etilayotgan yuridik
shaxsning kreditoriga yuridik shaxsning majburiyatlarini bekor qilishni yoki
muddatidan oldin bajarishni talab qilish haqi berilgan. Yuridik shaxslar o’z
majburiyatlari yuzasidan o’ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo’ladi.
Qator yuridik shaxslarda subsidiar javobgarlik tizimi nazarda tutilgan, shuningdek,
agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini
aniqlash imkonini bermasa, yangi hosil bo’lgan yuridik shaxslarning qayta tashkil
etilgan yuridik shaxsning majburiyatlari bo’yicha solidar javobgarligi ham nazarda
turilgan. Tugatilayotgan yuridik shaxsning mulki kreditorlarning talablarini to’liq
qondirish uchun yetarli bo’lmagan taqdirda, u kreditorlar orasida qondirilishi lozim
bo’lgan talablar summalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Shuningdek
kreditorga, tugatish komissiyasi talablarni qo’yish muddati tugaganidan so’ng
qo’yilgan talablarni qondirishni rad etgan yoki ularni ko’rib chiqishdan bosh tortgan
hollarda, tugatish komissiyasiga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat etish huquqi
ham berilgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy tabiati ularning cheklangan
huquq layoqati bilan ifodalanadi. Huquqlayoqatlilik tashkilot qaysi maqsadda
tashkil etilishi va yo'naltirilishi yuzasidan cheklanadi. Aynan ushbu jihat nodavlat
notijorat tashkilotlarini tijorat tashkilotlaridan farqlab, kreditorlar talablari
qondirilganidan keyin qolgan mol-mulk taqdirini belgilaydi.
Kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulk tashkilot
qatnashchilari (a'zolari), shuningdek rahbar organlarning a'zolari yoki nodavlat
notijorat tashkilotlarining xodimlari o'rtasida taqsimlanishi mumkin emas hamda
undan belgilangan tartibda foydalaniladi
33
. Ko'rinib turibdiki, Fuqarolik Kodeksida
keltirilganidek, kreditorlar talablari qondirilganidan qolgan mol-mulk yuridik
shaxsning birinchi turi–tijorat tashkilotlari ta'sischilari o'rtasida ashyoviy va
majburiy huquq asosida topshiriladi, aksincha yuridik shaxsning ikkinchi turi-
notijorat tashkilotlari o'rtasida esa bunday mol-mulk bo'linishi mumkin emas va u
belgilangan maqsad doirasida foydalaniladi. Xuddi shunday huquqiy norma
,,O'zbekiston Respublikasining Jamoat fondlari to'g'risida''gi Qonunining
37-moddasida o'z aksini topgan.
Fondning kreditorlar talablari qondirilanidan keyin qolgan mol-mulki
fondning muassislari (muassisi), shuningdek fondning va'siylik kengashi,
boshqaruvi, taftish komissiyasi a'zolari yoki fond xodimlari o'rtasida taqsimlanishi
mumkin emas va undan fond ustavida nazarda tutilgan tartibda, fondni tashkil
etishdan ko'zlangan maqsadlarda va (yoki) xayriya maqsadlarida foydalaniladi
34
.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 55 moddasi nodavlat notijorat
tashkilotlarining tugatilish vaqtini aniqlashga bagishlangan. Unga ko'ra, yuridik
shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga
kiritib qo'yilganidan so'ng yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik
shaxsning faoliyati esa tugagan deb hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish to'g'risidagi yozuv uni davlat
ro'yxatidan o'tqazgan adliya organi tomonidan quyidagi hujjatlar asosida yuridik
shaxslarning yagona davlat reestriga kiritiladi:
- nodavlat notijorat tashkilotini tugatish to'g'risidagi yozuvni yuridik shaxslarning
yagona davlat reestriga kiritish to'g'risidagi ariza (ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan
taqdirda);
- tegishli organning nodavlat notijorat tashkilotini tugatish to'g'risidagi qarori;
nodavlat notijorat tashkilotining ustavi va boshqa ta'sis hujjatlari hamda u davlat
ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma;
33
O’zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risidagi Qonuni………
34
O’zbekiston Respublikasi Jamoat fondlari to’g’risidagi Qonuni………
-tugatish balansi yoki topshirish hujjati yoxud taqsimlash balansi.
Demak, yuqorida keltirganimizdek yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi
yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritib qo'yilganidan so'ng
yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik shaxsning faoliyati esa tugagan deb
hisoblanadi. Aynan ushbu vaqtdan boshlab, yuridik shaxs-nodavlat notijorat
tashkiloti o'zining fuqarolik huquqi sub'yekti sifatidagi mavjudligini yo'qotgan deb
hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari davlat reestridan chiqarilganidan so'ng
quyidagi harakatlar sodir etiladi:
-ushbu nodavlat notijorat tashkiloti statistika organlari hisobidan chiqariladi;
-byudjetdan tashqari fondlar hisobidan chiqariladi;
-nodavlat notijorat tashkilotining hisob raqamlari yopiladi;
-nodavlat notijorat tashkilotining muhri yo'q qilinadi.
Amaliyotda nodavlat notijorat tashkilotini tugatish jarayonida quyidagi
hujjatlar talab etiladi:
-ta'sis hujjatlari (ustav va ta'sis shartnomasi);
-ro'yhatga olinganligi to'g'risidagi guvohnoma;
-stir guvohnomasi;
-bosh direktorning tayinlanishi to'g'risidagi qaror;
-tugatish komissiyasi tarkibi.
,,Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida''gi qonunning 20-moddasiga
binoan, nodavlat notijorat tashkilotlari uning yuqori organi qarori bilan
birlashtirish, qo'shib olish, ajratib yuborish va tubdan qayta tashkil etish asosida
qayta tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 49-moddasiga
muvofiq, yuridik shaxsni qayta tashkil qilish (birlashtirish, qo'shib olish, bo'lish,
ajratib yuborish va tubdan qayta tashkil etish) uning muassislari (qatnashchilari)
yoki yuridik shaxsning ta'sis hujjatlariga ega vakolatli organi qarori asosida amalga
oshiriladi. Yuridik shaxs qonunda belgilangan tarzda tarkibidan br yoki bir necha
yuridik shaxslarni ajratib yoki bo'lib olish shaklida qayta tashkil etilishi vakolatli
davlat organlari yoki sud qarori asosida amalga oshiriladi. Agar yuridik shaxs
muassislari (qatnashchilari) vakolat bergan organ yoki yuridik shaxs belgilangan
muddatda yuridik shaxsni qayta tashkil etish to'g'risidagi ta'sis hujjatlarini
tayyorlab, belgilangan muddatda yuridik shaxsni qayta tashkil etolmasa, sud
tegishli davlat organi da'vosi bilan boshqaruvchini yuridik shaxs qilib belgilaydi va
unga ushbu yuridik shaxsni qayta tashkil etishni amalga oshirishni topshiradi.
Boshqaruvchi tayinlangan vaqtdan boshlab yuridik shaxs ishini boshqaruvchi
vakolati unga o'tadi. Boshqaruvchi sudda yuridik shaxs nomidan chiqadi, ajratish
balansini tuzadi va uni yuridik shaxsni qayta tashkil etish to'g'risidagi boshqa ta'sis
hujjatlari bilan birga sudda ko'rib chiqish uchun topshiradi. Sud tomonidan ushbu
hujjatlarning tasdiqlanishi yangidan tashkil etilgan yuridik shaxsning davlat
ro'yhatidan o'tishi uchun asos bo'ladi. Qonunda yuridik shaxslar birlashtirish,
qo'shib olish yoki tubdan qayta tashkil etish shaklida qayta tashkil qilinishi faqat
vakolatli davlat organlarining roziligi asosida amalga oshirilishi ham ko'rsatilgan.
Yuridik shaxs davlat ro'yhatidan yangidan tashkil etilgan yuridik shaxs sifatida
o'tgach, qayta tashkil etilgan yuridik shaxs sanaladi. Qo'shib olish shaklida qayta
tashkil etilishi bundan mustasno. Yuridik shaxsga unga boshqa yuridik shaxsni
qo'shib olish shaklida tashkil etilganida o'sha yuridik shaxsning faoliyati
to'xtatilgani to'g'risidagi yozuv yagona davlat reestrida qayd qilingan vaqtdan
e'tiboran qayta tashkil etilgan hisoblanadi. Qayta tashkil etilgan nodavlat notijorat
tashkilotlari Nizomini ro'yhatga olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari tugatilganda O'zbekiston Respublikasi Mehnat
Kodeksi 109-moddasiga binoan, xodimlarga mehnat shartnomasi to'xtatilishi
(muddatsiz) munosabati bilan ishdan bo'shaganida o'rtacha oylik ish haqqidan kam
bo'lmagan miqdorda pul mablag'i beriladi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat
Kodeksi 104 moddasiga binoan, zudlik bilan tuzilgan mehnat shartnomasida
tomonlar shartnoma muddatidan oldin to'xtatilganida ish beruvchi jarima to'lashi
to'grisida ko'rsatilsa va ish beruvchi tashabbusi bilan ish to'xtatilsa, bunda ish
bajaruvchi aybdor bo'lmasa, ish beruvchi jarima to'laydi. Shuni e'tiborga olish
kerakki, O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 67-moddasiga binoan,
tashkiloti tugatilishi munosabati bilan xodimlar bilan mehnat shartnomasi
to'xtatilsa, ularga ikki oydan ko'p bo'lmagan muddatda o'rtacha ish haqi saqlanib
qolinadi. Agar xodimlar mehnat shartnomasi to'xtatilganidan keyin o'n kun taqdim
kuni mobaynida ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida
ro'yhatdan o'tsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan bu haqda berilgan
ma'lumotnoma asosida avvalgi ish joyidan uchinchi oyda ham o'rtacha ish haqi
miqdorida nafaqa oladi.
Ikkinchi bob bo’yicha Xulosa.
Ilmiy ishda nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish shartlari va asoslarining
tushunchalari va tasnifini tadqiq qilishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Shu bois
tadqiqotchi shuni ta’kidlaydiki, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 53-57
moddalari tahlilining ko’rsatishicha, yuridik shaxsni tugatish haqida qaror kim
tomonidan qabul qilinganligidan va qaysi shaklda amalga oshirilishidan qat’iy
nazar, tugatishning shartli ravishda bir necha bosqichga bo’lish mumkin bo’lgan
umumiy tartibi mavjud. Va bunda, har bir bosqichda yuridik shaxs shaklida ifoda
etilgan huquqiy munosabatlar tugaydi, degan taxmin deyarli to’liq o’z tasdig’ini
topadi.
Adabiyotda mustahkam o’rin olgan yuridik shaxsning tugatilishi asoslarining
tasnifi-bu yuridik shaxsni tugatish usullariga qarab ajratilishidir. Bunda yuridik
shaxs ixtiyoriy tugatilishining asoslari va majburiy tugatilishi asoslari ajratiladi.
Lekin ushbu tasnif na tugatish va asoslarining huquqiy tabiatini ochib beradi, na
tugatishning o’zining mohiyatini tushuntirib beradi. Shu bois ko’rsatilgan yuridik
faktlarning an’anaviy tasnifiga murojaat etish lozim bo’ladi, unga muvofiq
harakatlar , avvalambor, huquqiy va huquqqa zid harakatlarga ajratiladi. Yuridik
shaxslarning tugatilishi asoslariga bunday yondashuv, haqiqatda ham ularning
ba’zilari huquqiy harakatlar, boshqalari esa ob’yektiv-huquqqa zid ekanligini
ko’rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda, tugatishning o’zi huquqiy harakat natijasi
bo’lishi yoki sanksiya rolini bajarishi mumkin. Shu vaqtning o’zida, sanksiyalar
fuqarolik huquqida turli huquqiy tabiatga ega bo’lishi mumkinligini hisobga olish
lozim. Xususan, ular fuqarolik huquqlari va qonun bilan himoya qilinadigan
manfaatlarini tiklash vazifasinigina bajargan holda, ularni himoya qilish choralari
bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan, fuqarolik huquqida sanksiyalar, nafaqat
buzilgan huquqlarni tiklashga, balki huquqbuzarga qo’shimcha majburiyatlarni
yuklashga yoki uni mavjud huquqdan mahrum etishga qaratilgan javobgarlik
choralari ham bo’lishi mumkin.
Yuridik shaxs umuman olganda va uni tugatish jarayoni, xususan tabiiy
qonunlarga bo’ysunmaydi va butunlay inson ixtiyorida bo’ladi. Shuning uchun
nodavlat notijorat tashkilotining tugatilishi asnosida doim harakat yotadi. Yuridik
shaxsni tugatishning istalgan asosini olaylik, uning har biri ixtiyoriy irodali aktdir.
Masalan, yuridik shaxsning tugatilishiga u tashkil etilgan muddatning yakunlanishi
emas, balki ta’sischilarning (yoki organning) shu muddat yakunlanganligi sababli
qabul qilingan qarori olib keladi (O’zbekiston Respublikasi 53-moddasi 2-qism 2-
xatboshi).
Tadqiqotchi, tadqiqotning ma’lumotlarini nodavlat notijorat tashkilotlarini
tugatish asoslari yuzaga kelishiga sabab bo’ladigan u yoki bu shartlarini ajratish
qismida umumlashtirar ekan, shunday shartlarning shaxsiy tasnifini taklif etadi.
Shunday qilib, nodavlat notijorat tashkilotining o’zining xususiyatlariga qarab
shartlar
quyidagilar
bo’lishi
mumkin:
a)alohida
mulkning
ob’yektiv
yetishmovchiligi; b) nodavlat notijorat tashkiloti ishtirokchilarining zaruriy
sonining yo’qligi; nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan
faoliyatning nuqsoniga qarab esa shartlar quyidagilar bo’lishi mumkin: a) ta’sis
hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning amalga oshirilmasligi; b) qonunchilik
bilan ta’qiqlangan faoliyat turining yuritilishi.
Muallif nodavlat notijorat tashkilotlarining ta’sischilar (ishtirokchilar) qarori
bo’yicha, ya’ni ixtiyoriy ravishda tugatilishi jarayonining xos xususiyatini chuqur
tahlil qiladi. Shunga bog’liq ravishda, ixtiyoriy tugatilish asoslari tushunchasining
o’zi ichki ziddiyatlidir, chunki tugatish ixtiyoriy bo’lsa, unga asos bo’lib faqat
nodavlat notijorat tashkilotining ta’sischilari (ishtirokchilari) yoki organining
qonunda belgilangan tartibda bildirilgan ixtiyori bo’lishi lozim, bu ixtiyoriy
tugatish asosida muayyan yuridik oqibatlarga erishishga qaratilgan huquqiy
harakat sifatida yuridik akt (bitim) yotadi, deb qayd etadi. Shu vaqtning o’zida
yuridik faktlar ta’limotiga binoan, yuridik aktlar bir tomonlama, ikki tomonlama
va ko’p tomonlama aktlar (shartnomalar) ga bo’linadi. Turli tashkiliy-huquqiy
shaklda bo’lgan yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish asoslarining tahlili shuni
ko’rsatadiki, ixtiyoriy tugatish asoslari bo’lib bir tomonlama bitimlar va
shartnomalar chiqishi mumkin. Bu quyidagilar bilan tushuntiriladi: ba’zi yuridik
shaxslarning asosida ikki yoki ko’p tomonlama bitim (ta’sis shartnomasi) yotadi,
boshqalarining esa –o’zgalar tomonidan tasdiqlangan ustav yotadi, uning
tasdiqlanishi faktining o’zi ko’proq bir tomonlama bitimga to’g’ri keladi,
uchinchilarining asosida esa-bir vaqtning o’zida ham ta’sis shartnomasi, ham ustav
yotadi.
Tadqiqotchi nodavlat notijorat tashkiloti organi tomonidan ixtiyoriy
tugatilishi to’g’risidagi qarorni qabul qilish muammosiga murojaat etadi. Bunda,
qonunchilik tugatishga rozi bo’lmagan ishtirokchilar uchun ma’lum bir kafolatlar
belgilangan bo’lishi lozimligi qayd etiladi, ular, birinchidan, tugatish yuridik
shaxsning oliy organi-ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi tomonidan qabul
qilinishida, shu bois ularning har biri uni muhokama etishda va qabul qilishda
qatnashishga haqli ekanligida; ikkinchidan, bu qaror vakolatli ko’pchilik ovoz
bilan (masalan matlubot kooperativlarida uchdan ikki qismi bilan) qabul
qilinishida va nihoyat, bu qaror ustidan sudga shikoyat bilan murojaat etish
mumkinligida ifoda bo’ladi
.
Ilmiy ishda jiddiy e’tibor boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi, shu jumladan
jamoatchilik
va
diniy
tashkilotlar
(birlashmalar),
nodavlat
notijorat
tashkilotlarining assosiasiyalari va ittifoqlari, nodavlat notijorat hamkorliklarining
ixtiyoriy tugatilishiga xos xususiyatlariga ham qaratilgan. Bunda amaldagi
fuqarolik qonunchiligi, shunday tashkilotlarning ixtiyoriy tugatilishining jarayoni
masalalarini a’zolikka asoslangan tashkilotlar sifatida qabul qilib tartibga solib,
tugatish to’g’risidagi qarorga yuridik kuchni berish uchun yetarli bo’lgan ovoz
berish me’zonlarini belgilamasligiga urg’u beradi. Shu sababli fuqarolik
qonunchiligining qo’llanilishining bir xil amaliyotini ta’minlash maqsadida,
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi Qonunni takomillashtirish borasida
aniq takliflarni ifodalaydi.
Magistrant ishida nodavlat notijorat tashkilotlarining sud qaroriga binoan,
ya’ni majburiy ravishda tugatilishi asoslari va jarayoni har tomonlama tadqiq
qilingan. Shunga bog’liq ravishda, tadqiqotchi, qaror yuridik shaxsning
ishtirokchilari (ta’sischilari) yoki organi tomonidan, yoxud sud tomonidan qabul
qilinishi mumkinligini qayd etadi. Tugatish to’g’risidagi kim tomonidan qabul
qilinganligiga bog’liq ravishda, ushbu bosqich tugatish uchun asoslar belgilanishi
bilan kechishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish to’g’risidagi ariza
sudga davlat otgani yoki mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organi tomonidan,
xususan prokuror tomonidan kiritiladi. Tugatish asoslarini belgilash majburiy
tugatish hollariga xosdir, bunda tugatish to’g’risidagi qaror yuridik shaxsning
ishtirokchilari (ta’sischilari) yoki organi tomonidan emas, balki sud tomonidan
qabul qilinadi.
Yuridik shaxsni tugatish to’g’risidagi qaror tugatish komissiyasi zimmasiga
bosma
nashrlarda
nodavlat
notijorat
tashkilotining
tugatilishi,
uning
kreditorlarining talablarining qo’yilishi tartibi va muddatlari haqida e’lon chiqarish
majburiyatini yuklaydi. Tugatish komissiyasi yoki tanlovli boshqaruvchi
tayinlangan paytdan e’tiboran unga tugatilayotgan shaxsni boshqarish bo’yicha
barcha vakolatlar o’tadi, yuridik shaxsning ishtirokchilari va organlarining esa
bunday vakolatlari tugaydi. Agar kreditorlarning talablarini qondirishga pul
mablag’lari yetarli bo’lmasa, ushbu talablar nodavlat notijorat tashkilotlarining
oshkora savdolarida sotiladigan mulki hisobidan qondiriladi. Tugatishdan so’ng
qolgan mulk unga nisbatan ashyoviy huquqqa ega bo’lgan yuridik shaxsning
o’ziga nisbatan majburiyat huquqiga ega bo’lgan shaxslarga beriladi. Agar shu
paytga kelib yuridik shaxsning mulki bo’lmasa, tegishli huquq va majburiyatlar
tugagan, deb hisoblanadi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining mulki esa, umumiy
qoidalarga binoan, shu tashkilot tashkil etilgan va belgilangan maqsadlarda
foydalaniladi, agar buning imkoni bo’lmasa-davlat foydasiga aylantirilishi
mumkinligi belgilangan. (“Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonunning
36-moddasi hamda “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi qonunning 22-moddasi).
Xulosa
Ushbu dissertatsiya monografiya ishi bo’lib, unda izchillik bilan quyidagi
ilmiy amaliy masalalar hal etilgan: ham bugungi kunda, ham oldingi paytlarda
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy holatini tartibga soluvchi mahallliy va
xorijiy fuqarolik qonunchiligi tizimi o’rganildi; amaldagi fuqarolik qonunchiligini
tanqidiy tahlil qilish asosida tugatish tushunchasining huquqiy tabiati, shuningdek
tavsifi tadqiq qilindi; fuqarolik qonunchiligi va fuqarolik huquqi nazariyasi
qoidalarini inobatga olgan holda notijorat tashkilotlarini tugatish asoslarining
yuzaga kelishi shartlarining tushunchalari va ilmiy tasnifi ishlab chiqildi; nodavlat
notijorat
tashkilotlarining
tugatilishining,
shu
jumladan
ta’sischilarning
(ishtirokchilarning qaroriga), sudning qaroriga binoan tugatilishining alohida
jarayonlarining tanqidiy tahlili o’tqazildi; nodavlat va notijorat tashkilotlarini qayta
tashkil etish va tugatishning o’zaro munosabatlarining masalalari har taraflama
tadqiq qilindi, nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish masalalarini tartibga
soluvchi zamonaviy fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo’yicha, fuqarolik
huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan
manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muayyan takliflar ishlab chiqildi va
boshqalar.
Tadqiqot ishida shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqaroviy
munosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan tamoman farqlaydigan ularning
huquqiy sub’yektliligi spesifikasi qayd qilinadi. Bu, avvalambor nodavlat notijorat
tashkilotlarining huquqiy sub’yektliligi-bu ma’lum bir shartlarga rioya etgan holda
tadbirkorlik faoliyatini yuritish imkoniyati bilan fuqaroviy huquqiy munosabatlar
ishtirokchisi bo’lishning yuridik jihatdan ta’minlangan imkoniyati ekanligida aks
etadi. Ushbu shartlarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik faoliyati tashkilotning
maqsadlariga erishish uchun xizmat qilishi lozim, ya’ni uning moddiy-texnik
bazasi mustahkamlanishi, tashkilot maqsadlari yo’lida ishlatiladigan mulkning
shakllanish manbasi bo’lishi lozim; tashkilot maqsadlariga mos bo’lishi hamda
uning ustavida belgilangan huquqiy layoqati chegaralaridan chiqmasligi lozim.
Ilmiy ishda nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish va qayta tashkil etish
jarayonlari o’zaro bog’lanishlari har tomonlama tadqiq qilinadi. Tadqiqotchi, ba’zi
mualliflar tugatish qayta tashkil qilishning turlaridan biri ekanligi fikrida,
boshqalari esa-tugatish yuridik shaxs faoliyatining to’xtatilishining alohida shakli
ekanligi fikrida ekanligini ta’kidlab, ushbu masala bo’yicha ilmiy bahs-
munozaralarga murojaat etadi. Nizolar asosan huquqiy vorislik atrofida olib
borilmoqda, chunki boshqa barcha alomatlar bo’yicha qayta tashkil qilish va
tugatish bir-biriga mos tushadi. O’z navbatida, tugatish nodavlat notijorat
tashkilotida huquqiy vorislikning amalga oshishi holatiga yo’l qo’yadi (masalan,
hayot va sog’liqqa yetqazilgan zararni qoplashda va boshqalar).
Muallif tugatish tushunchasini ishlab chiqish hech bo’lmaganda uning
ob’yektining mohiyatini, ya’ni yuridik shaxsning o’zini qisqa tahlil qilishsiz juda
mushkul ekanligiga, chunki mavjud e’tirofning misollar bilan keltirilgan
ziddiyatlarni bartaraf etish aytib o’tilgan tahlilsiz mumkin emasligiga alohida
e’tibor qaratadi. Yuridik shaxs borasida yangi nazariyani ishlab chiqishga da’vo
qilmagan holda shuni qayd etish lozimki, bugungi kunda yuridik shaxsning
fuqarolik huquqiga ma’lum bo’lgan barcha nazariyalari ilmiy nuqtai nazardan
maqbul bo’lgan biror bir tasnifga solinmagan. Shu tariqa, zamonaviy yuridik ilmda
yuridik shaxsning ma’lum nazariyalarining tarixiy talqini keng tarqaldi, bunda ular
u yoki bu g’oyaning rivojlanishi yo’nalishida emas, balki uning u yoki bu
modifikasiyasining shakllanishi sanasiga, yoki muallif tomonidan u yoki bu
pozisiya tarafdori ekanligi borasidagi mulohazalariga qarab joylashadi.
Nodavlat notijorat tashkilotining tugatilishini shunday tashkilot faoliyatining
fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarda va tartibda ixtiyoriy yoki
majburiy ravishda to’xtatilishi, deb e’tirof etish mumkin, degan xulosa asoslantirib
beriladi. Tugatishni aynan yuridik fakt, deb e’tirof etish lozimligi “Yuridik
shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlikni davlat ro’yxatidan o’tqazish
to’g’risida”gi qonunning 20 moddasi qoidalari bilan tasdiqlanadi, unga muvofiq
ro’yxatdan o’tkaquvchi organ tegishli ravishda xabardor etilganidan so’ng, reestrga
yuridik shaxs tugatish jarayonida ekanligi haqida yozuv kiritiladi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 53-moddasida,
yuridik shaxsni tugatish-uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida
boshqa shaxsga o’tmasdan bekor qilinishiga olib kelishida namoyon bo’lishi
belgilangan. Ushbu norma Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksining 61-
moddasida ham o’z ifodasini topgan. Biroq O’zbekiston Respublikasi “Nodavlat
notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi Qonunda nodavlat notijorat tashkilotlarini
tugatish tushunchasi keltirilmagan. Yuqorida keltirilgan barcha fikrlarni inobatga
olgan holda, nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tushunchasini kiritish
lozimligi taklifini kiritamiz. Demak, Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish-bu
nodavlat notijorat tashkilotlari muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis
hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining hamda
sudning qaroriga asosan uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida
boshqa shaxsga o’tmasdan bekor qilinishi va bunday turkumdagi tashkilotlarning
fuqarolik huquqi sub’yekti sifatidagi o’z faoliyatini batamom to’xtatishidir.
Tadqiqotchi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish hamda
ushbu jarayonni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish borasida
quyidagi bir necha taklif va mulohazalar ilgari suriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |