Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning fuqarolik huquqiy muammolari



Download 394,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana11.03.2022
Hajmi394,55 Kb.
#490076
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning fuqarolik huquqiy muammolari

1.3
 
Nodavlat notijorat tashkilotlarini amaldagi fuqarolik qonunchiligi 
asosida tugatish tushunchasi va mohiyati. 
 
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish jarayoni amaldagi Fuqarolik 
Kodeksi va bunday turkumdagi tashkilotlarni tugatishga qaratilgan munosabatlarni 
tartibga soluvchi bir qator huquqiy hujjatlarida o’z ifodasini topgan. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 53-moddasi “Yuridik shaxsni 
tugatish” deb nomlanib, unda quyidagilar keltirilgan: Yuridik shaxsni tugatish 
uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o’tmasdan 
bekor qilinishiga olib keladi. Yuridik shaxs quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: 
-uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga 
vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan, yuridik 
shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil qilish chog’ida qonun hujjatlari 
buzilishiga yo’l qo’yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo’lmasa, 
sud yuridik shaxsni ro’yhatdan o’tqazishni haqiqiy emas deb topganida; 
-faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun 
tomonidan ta’qiqlangan faoliyat amalga oshirilgan yoxud olti oy mobaynida 
(savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa uch oy mobaynida) bank hisob 
varaqlari bo’yicha pul operatsiyalarini o’tqazish bilan bog’liq moliya-xo’jalik 
faoliyati amalga oshirilmagan, dehqon va fermer xo’jaliklari bundan mustasno va 
(yoki) davlat ro’yhatidan o’tqazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida ustav fondi 
ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan taqdirda, qonun 


hujjatlarda boshqacha tartibda nazarda tutilgan bo’lmasa, shuningdek ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq. 
Sudning yuridik shaxsni tugatish to’g’risidagi qarorida uning muassislari 
(ishtirokchilari) yoxud yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan uni tugatishga vakil 
qilingan organ zimmasiga yuridik shaxsni tugatishni amalga oshirish vazifasi 
yuklatilishi mumkin. 
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonunning 36-moddasiga 
binoan, nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari muassislari, qatnashchilari (a’zolari), 
nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish to’g’risida qaror qabul qilgan organ 
davlat ro’yhatidan o’tqazuvchi adliya organi bilan kelishilgan holda tugatish 
komissiyasi tayinlanadi. 
Nodavlat 
notijorat 
tashkilotlarini 
tugatish 
shuningdek 
O’zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 55-moddasida berilgan tartibda amalga 
oshiriladi. Unga asosan, tugatuvchi qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy 
axborot vositalarida yuridik shaxsni tugatish, shuningdek, agar kreditorlari bo’lsa, 
ulardan talabnoma arizalarini qabul qilish tartibi va muddati to’g’risida e’lon 
beradi. Bu muddat tugatish to’g’risida e’lon berilganidan keyin 2 oydan kam 
bo’lmasligi kerak. Tugatiladigan nodavlat notijorat tashkilotlari kreditorlari bo’lsa, 
tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va ularning debitor qarzlarini olish choralarini 
ko’radi hamda ularga yuridik shaxsning tugatilishini yozma tarzda ma’lum qiladi. 
Kreditorlarning arizalarini qabul qilish muddati tugaganidan keyin tugatuvchi 
kreditorlarga taqdim etish uchun tugatilayotgan yuridik shaxsning mulki tarkibi va 
uning ayni paytdagi holati to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi oraliq tugatish 
balansini tuzadi. 
Oraliq tugatish balansi yuridik shaxs muassislari (qatnashchilari) yoki yuridik 
shaxsni tugatish to’g’risida qaror qabul qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi. Sud 
yuridik shaxsni tugatish to’g’risida yuridik shaxslarni davlat ro’yhatidan 
o’tqazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Agar tugatilayotgan yuridik 


shaxs (tashkilotdan boshqa)ning pul mablag’i kreditorlarning talabini qondirish 
uchun yetarli bo’lmasa, tugatuvchi sud qarorini bajarish uchun yuridik shaxsning 
mulkini kim oshdi savdosiga qo’yadi. Tugatuvchi kreditorlarga tugatilayotgan 
yuridik shaxsning pul summasini O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 56 
moddasida belgilangan tarzda oraliq tugatish balansi tasdiqlangan kundan boshlab, 
navbat asosida beradi. Tugatuvchi kreditorlar bilan hisob-kitob qilib bo’lgach yoki 
kreditorlar bo’lmasa, birdaniga yuridik shaxs muassislari (qatnashchilari) yo 
yuridik shaxsni tugatish to’g’risida qaror qilgan organ tomonidan tasdiqlanadigan 
tugatish balansini tuzadi. Yuridik shaxs sud qarori asosida tugatilgan taqdirda 
tugatish balansi yuridik shaxsni davlat ro’yhatidan o’tqazuvchi organning roziligi 
asosida tasdiqlanadi. Tugatilayotgan tashkilotning pul mablag’lari kreditorlar 
talabini qanoatlantirish uchun yetarli bo’lmasa, undan bergan pulini olish uchun 
navbatda turgan kreditorlar ushbu korxona yoki tashkilotnikini xususiy mulki qilib 
olgan shaxs hisobidan ularning talabini qondirishni so’rab sudga murojaat qilish 
huquqiga ega. Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk 
tashkilot qatnashchilari (a’zolari), shuningdek, rahbar organlar a’zolari yoki 
nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari o’rtasida taqsimlanishi mumkin 
emas. Tugatilgan nodavlat notijorat tashkilotlarning qolgan mol-mulkidan 
belgilangan tartibda foydalaniladi. Yuridik shaxsni tugatish to’g’risidagi yozuvni 
yuridik shaxslar yagona davlat reestrida qayd etganidan keyin yuridik shaxsni 
tugatish yakunlangan va yuridik shaxs o’z faoliyatini to’xtatgan hisoblanadi. 
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish to’g’risida yagona davlat reestriga 
adliya organi tomonidan quyidagi o’zgartirishlar kiritiladi: 
-nodavlat notijorat tashkilotlarni tugatish to’g’risidagi yozuvni yuridik 
shaxslar yagona davlat reestriga kiritish to’g’risida ariza (ixtiyoriy asosda 
tugatilgan taqdirda); 
-tegishli organning nodavlat notijorat tashkilotni tugatish to’g’risidagi qarori; 
-nodavlat notijorat tashkiloti Nizomi va boshqa ta’sis hujjatlari hamda uning 
davlat ro’yhatidan o’tqazilgani to’g’risidagi guvohnoma; 


-tugatish balansi yoki topshirish akti yoxud taqsimlash balansi. 
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish ushbu tartibda amalga oshiriladi, 
biroq shu narsani qayd etish lozimki biroq bunday tashkilotlar tugatilganda uning 
mol-mulki taqdiri haqida “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonunda 
hech qanday ma’lumot keltirilmagan. Biroq nodavlat notijorat tashkilotlari sirasiga 
kiruvchi jamoat birlashmasi tugatilganda uning mol-mulki taqdiri haqida “Jamoat 
birlashmalarii to’g’risida”gi qonunida ko’rsatilgan. Ushbu qonunning 14-
moddasiga binoan, syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yig’ilish qarori asosida 
tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki uning Nizomida ko’rsatilgan tartibda 
maqsadga yo’naltiriladi.
“Jamoat fondlari to’g’risida”gi qonunning 37-moddasiga muvofiq, fondning 
kreditorlar talabi qondirilganidan keyin qolgan mulkni fond muassislari, 
shuningdek, va’siylik kengashi, boshqaruv a’zolari, taftish komissiyasi yoki fond 
xodimlari o’rtasida taqsimlanishi mumkin emas. Bunday mulkdan Nizomda fond 
qanday maqsadda tuzilgani ko’rsatilgani tartibida yoki xayriya maqsadida 
foydalaniladi. 
“Xayriya to’g’risida”gi qonunning 12-moddasida xayriya tashkiloti 
tugatilganida uning kreditorlar talabidan ortib qolgan mol-mulki tashkilot 
Nizomida ko’rsatilgan tartibda xayriya maqsadlarida yoki xayriya tashkiloti 
Nizomida mulkdan foydalanish tartibi ko’rsatilmagan yo bu qonunda 
belgilanmagan bo’lsa, tugatuvchi komissiya qaroriga muvofiq foydalaniladi. 
Qonunchilikda nodavlat notijorat tashkilot mulkini taqsimlash mexanizmi 
belgilangan bo’lsada, uning qolgan mol-mulkini Nizomdagi maqsadlarga o’tqazish 
tartibi aniq va tushunarli ko’rsatilmagan. Mulkni kim (nodavlat notijorat 
tashkilotining yuqori rahbar organi yoki tugatish komisssiyasi) yoki Nizomdagi 
maqsadlar bo’yicha qanday tasdiqlash, qaysi tashkilot uni sotishi ko’rsatilmagan. 
“Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi qonunning nodavlat notijorat tashkiloti 
mulkini uning Nizomida belgilangan maqsadlarni e’tiborga olmagan holda hech 
qanday to’lovsiz davlat foydasiga o’tqazish to’g’risidagi 22-moddasida keltirilgan. 


O’zbekiston 
Respublikasi 
Soliq 
Kodeksi 
44-moddasiga 
muvofiq, 
tugatilayotgan yo qayta tashkil etilayotgan soliq to’lovchi yuridik shaxs topshirish 
akti asosida yoki taqsimlash balansi yo tugatish balansiga muvofiq, har bir 
tugatilayotgan yoxud qayta tashkil etilayotgan soliq to’lovchining soliq to’lanishi 
belgilangan muddatdan qayta tashkil etilguncha yoki tugatilguncha muddatda soliq 
to’lagani to’g’risida hisobot topshiradi. Ushbu hisobot topshirish akti, taqsimlash 
balansi yoki tugatish balansi tasdiqlanadigan keyin uch ish kuni ichida taqdim 
etiladi. 
“Ixtiyoriy tugatilish tartibi to’g’risida”gi Nizomga ko’ra, tugatuvchi 
belgilanganidan keyin uch kun ichida tashkilot faoliyati bilan bog’liq barcha 
hujjatlar, shuningdek muhr va korxonaning boshqa mol-mulki unga topshiriladi. 
Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilinganidan keyingi ish 
kuni ro’yhatdan o’tqazish organiga korxona davlat ro’yhatiga olingan muddatdan 
xo’jalik-moliyaviy faoliyat olib bormagani to’g’risida ma’lumotni aks ettiruvchi 
ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi qaror ko’chirmasini talab qilib olinadigan asosiy 
deposit hisob raqami (keyin asosiy hisob raqami)ga xizmat qiladigan va 
korxonaning xorijiy valyutasi jamg’arilgan vakolatli bankka ixtiyoriy tugatilish 
to’g’risidagi qaror ko’chirmasini, tugatuvchining muhri bosmasi (ottiski) va 
imzolari namunasi kartochkasining notarial tasdiqlangan ikki nusxasini topshiradi. 
Ro’yhatdan o’tqazuvchi organ va banklar ushbu hujjatlarni olganini yozma tarzda 
tasdiqlashi shart. Tashkilotni davlat reestridan o’chirish uchun tugatuvchi ixtiyoriy 
tugatilish to’g’risida e’lon berilgandan keyin bir oydan kam bo’lmagan muddatda 
ro’yhatdan o’tqazuvchi organ quyidagi hujjatlarni taqdim etadi yoki jo’natadi: 
-korxonani ixtiyoriy tugatish to’g’risida bir yoki bir necha davriy nashrlarda 
berilgan e’lonni; 
-davlat ro’yhatidan o’tgani to’g’risidagi guvohnomani; 
-banklarda hisob raqami ochilmagani to’g’risidagi xat yoki bor bo’lgan 
taqdirda asosiy hisob raqamini yopgani to’g’risidagi ma’lumotni; 
-muassis (ishtirokchi)larning mol-mulkini taqsimlash to’g’risidagi qarorni; 


-tashkilotning muhri va shtamplarini; 
-korxona hujjatlarini davlat arxivida tasdiqlovchi ma’lumotnomani. 


I bob bo’yicha xulosa 
Tadqiqot ishida majmuaviy yondashuv nuqtai nazaridan nodavlat notijorat 
tashkilotlari faoliyati tushunchasi va uning fuqarolik qonunchiligi bo’yicha 
huquqiy tartibga solinishi tadqiq qilindi. Tadqiqotchi shuni ta’kidlaydiki, notijorat 
tashkilotlarining maqsadlari, zamonaviy jamiyatdagi o’rni va vazifalari nuqtai 
nazaridan ular bir jinsli emasdir. Ulardan ba’zilari nodavlat notijorat
tashkilotlarining ishtirokchilari bo’lmagan uchinchi shaxslarga (muassasa, 
jamg’armalar, davlat kooperasiyalari) iqtisodiy farovonliklar yaratish uchun tashkil 
qilinadi va faoliyat yuritadi, boshqalari esa avvalambor nodavlat notijorat 
tashkilotlarining ishtirokchilarining (assosiatsiya, ittifoq, notijoriy hamkorlik) 
ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko’zlaydi. Shunday qilib, nodavlat notijorat 
tashkilotlarining asosiy maqsadi-daromad, foyda keltirmaydigan faoliyat yuritish 
yo’li bilan jamiyat farovonliklarini yaratishdir. Hozirgi kunda nodavlat notijorat 
tashkilotlarining ishtirokidagi, shu jumladan, ularning tashkil etilishi, qayta tashkil 
qilinishi va tugatilishi borasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlarning butun majmuasi amaldadir. 
Mazkur ishda nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish to’g’risidagi amaldagi 
o’zbek qonunchiligini tahlil qilishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Tadqiqotchi shuni 
ta’kidlaydiki, bugungi kunda yuridik shaxslarni tugatish huquqiy instituti, 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi me’yorlariga asoslanib, avvalambor
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi qoidalaridan va uning asosida qabul 
qilingan hamda yuridik shaxslarning alohida turlarining huquqiy holatining, 
shuningdek ularning tugatilishining xos xususiyatlarini belgilovchi qonunlar 
qoidalaridan; qonunlar asosida va ularning bajarilishi maqsadida qabul qilinadigan 
qonunosti me’yoriy hujjatlardan; jamoatchilik munosabatlarini lokal ravishda 
tartibga solish hujjatlaridan, avvalambor, yuridik shaxsning ta’sis hujjatlaridan 
iborat, ularda yuridik shaxsning ishlarini boshqarish tartibi (Fuqarolik Kodeksi 41-
43 moddalari) tugatish to’g’risidagi qarorni qabul qilish tartibi belgilanadi, 


shuningdek, tugatilayotgan tijorat tashkilotlarining mulki ularning ta’sis 
hujjatlariga muvofiq ular tashkil etilgan maqsadlarga va (yoki) davlat
maqsadlariga yo’naltiriladi (Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risidagi qonun 36-
moddasi hamda “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi qonun 22-moddasi) garchi 
ushbu keltirilgan hujjatlar Fuqarolik Kodeksi ta’sir kuchi sababli fuqarolik 
huquqining manbalariga taalluqli bo’lmasada, tadqiqotchi ushbu hujjatlarni ham 
qayd etib o’tadi. 
O’zbekiston amaldagi Fuqarolik Kodeksi bilan deyarli birinchi marta 
mahalliy zaminda yuridik shaxslar, har zamonda uchrab turadigan istisnolardan 
tashqari, o’zlariga taalluqli bo’lgan mulkning mulkdori deb tan olinganlar. Ushbu 
holat ularning ko’rsatmasiga binoan tugatilishining rad etilishi ehtiyojini yuzaga 
chiqardi; bu davlat mulki monopoliyasi sharoitlarida ishlab chiqarish vositalari 
uchun umumiy qoida edi. O’z nabvatida bu yuridik shaxslarning tugatilishining 
asoslarining belgilanishini taqozo etdi, bu Fuqarolik Kodeksini ishlab chiqqanlarni 
ushbu masalaning Yevropa ilmida ishlab chiqilgan yechimiga, shuningdek 
mustaqillikdan oldingi mahalliy fuqarolik huquqi ilmiga murojaat etishiga majbur 
etdi.Yuridik shaxslarning o’zlariga tegishli mulkning mulkdorlari deb e’tirof etish, 
shuningdek, yuridik shaxs mavjud bo’lishi uchun zarur bo’lgan ta’sischilarning 
(ishtirokchilarning) eng kam soni to’g’risidagi masalani hal etish zaruriyatini 
tug’dirdi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi o’z ichiga Yevropa yuridik 
ilmining yuridik shaxsning tugatilishi institutining mavjud bo’lishi butun davridagi 
tajribasini oldi. Shuningdek, yuridik shaxs tomonidan hayotga va sog’liqqa 
yetqazilgan zararning qoplanishi huquqining kafolatlanishi masalasini hal etishdagi 
ijobiy tajriba ham e’tiborga olindi. 
Muallif nodavlat notijorat tashkilotlarining tugatilishining huquqiy tabiati va 
tushunchasini belgilash muammosiga murojaat qiladi. Ilmiy ishda, modomiki 
tugatish fuqaroviy-huquqiy tartibga solishnng ob’yekti ekan, tugatish –bu huquq 
tomonidan tartibga solinib huquqiy munosabatlar sifatiga ega bo’ladigan biror bir 
jamoatchilik munosabatlarining majmuidir, deb taxmin qilmoq mantiqqa to’g’ri 


kelishi qayd qilinadi. Boshqa tomondan, bu huquqiy munosabatlarning o’zlari 
ma’lum bir oqibatlarning yuzaga kelishiga, xususan, huquq sub’yekti-yuridik 
shaxsning mavjud bo’lishining to’xtashiga sabab bo’ladi. Binobarin, tugatishga, 
uning mavjud bo’lishi bilan ma’lum bir yuridik oqibatlar bog’liq bo’lgan muayyan 
yuridik fakt, deb qarash mumkin.
Muallifning fikricha, tugatish tushunchasining asosiy ziddiyatlari aynan shu 
xulosada ildiz otgan. Darhaqiqat, yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning yuzaga 
kelishi, o’zgarishi yoki tugashining asosi bo’lib xizmat qiladi, degan fikr keng 
ravishda tan olingan. Fuqaroviy-huquqiy ilmda to’xtatish atamasi doim huquqiy 
munosabat tushunchasiga qo’shni turishi (masalan, sub’yektiv huquqning, 
majburiyatning, shartnomaning, vakolatlarning va hokazolarning to’xtashi) va 
sub’yektning to’xtatilishida bir marta ishlatilishi shundandir. Shu vaqtning o’zida 
fuqarolik huquqi uchun sub’yektlar va ob’yektlar, ular mavjudligini oqlab berish 
uchun biror asoslarga, ya’ni ularni tug’diradigan yoki to’xtatadigan biror bir 
yuridik faktlarning mavjud bo’lishiga muhtoj bo’lmagan “o’zidan o’zi bo’ladigan 
buyum” deb hisoblanadi. 



Download 394,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish