Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning fuqarolik huquqiy muammolari


II BOB. TUGATISH-NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING



Download 394,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana11.03.2022
Hajmi394,55 Kb.
#490076
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning fuqarolik huquqiy muammolari

II BOB. TUGATISH-NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING 
YAKUNIY BOSQICHI SIFATIDA. 
 
2.1.Notijorat tashkilotlarini tugatish tushunchasi va asoslarining 
tasniflanishi 
 
Bevosita yuridik shaxsni tugatish asoslari to’g’risidagi masalaga o’tishdan 
avval, “asos” degan terminning yuridik mohiyatiga to’xtalib o’tish lozim. Umumiy 
ma’noda “asos” atamasi biror narsaning mavjud bo’lishi uchun zaruriy va yetarli 
shartlarni belgilash uchun ishlatiladi. Ushbu terminning yuridik ma’nosini ko’rib 
chiqishda shuni taxmin qilish mumkinki, u huquq sub’yekti, huquq ob’yekti yoki 
huquqiy munosabatlarning o’zining mavjud bo’lishi uchun zaruriy va yetarli 
shartlarini belgilash uchun qo’llanilishi mumkin. Biroq, huquq sub’yektlari va 
ob’yektlari, avval aytib o’tilganidek, mavjud bo’lishlari uchun hech qanday asosga 
muhtoj emasligi ravshan. Huquqshunoslik fani doirasi uchun ularning mavjudligi 
faktini oqlab berish uchun asoslarga umuman muhtoj bo’lmagan “o’z tarkibidagi 
buyumlar” deb hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, faqat huquqiy munosabatgina 
asoslarga ega bo’lishi mumkin. Lekin, huquqiy mynosabat asosi-bu uning yuzaga 
kelishiga olib keladigan yuridik faktning o’zidir. Ushbu xulosa tugatish, 
huquqlarni tugatuvchi yuridik fakt bo’lib, o’zining shaxsiy asoslariga, ya’ni uni 
yuzaga keltiruvchi faktlarga ega bo’lgan huquqiy munosabatdir, deyilgan yuqorida 
keltirilgan fikrni to’g’ridan-to’g’ri tasdiqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, tugatish 
asoslari bo’lib uning yuzaga kelishiga olib keladigan yuridik faktlar xizmat qiladi. 
Bunda, tugatish yuridik fakt sifatida ko’rib chiqilganidek, uni huquqiy munosabat 
sifatida yuzaga keltiradigan faktlarning huquqiy tabiatini ko’rib chiqish lozim. 
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish asoslari to’g’risidagi masalani 
bevosita ko’rib chiqishga o’tib shuni ta’kidlash lozimki, yuridik shaxsni 
tugatishning huquqiy tabiatini tavsivlaganda, uni jismoniy shaxsning o’limi bilan 
solishtirish juda keng tarqalgan o’xshatishdir. 


Masalan, V.I.Sinayskiy, yuridik shaxsni tugatish mohiyatini ochib berar ekan, 
“yuridik shaxs o’zining maqsadiga oxirigacha yetishishi natijasida uning tabiiy 
o’limi sodir bo’lishi mumkin; yuridik shaxs mulki yoki a’zolari yetishmasligi 
natijasida mavjud bo’lishiga qurbi yetmaganda va ixtiyoriy ravishda yopilganda, 
o’zini o’zi o’ldirish sodir bo’lishi mumkin; majburiy o’lim ham bo’lishi mumkin-
bunda yuridik shaxs o’zining tashkil etilishiga sabab bo’lgan maqsadlardan chetga 
og’ganda hukumat uni yopadi ”
24
deb ko’rsatgan. 
Yuridik shaxsning tugatilishi va jismoniy shaxsning o’limi orasida 
analogiyaga misol qilib, ushbu muammoga taalluqli bo’lgan yaqinda yoqlangan 
dissertasiyalardan biri “Yuridik shaxslarning hayotiy davriyligi”
25
deb 
nomlanganligini, maqolalardan biri esa aynan “Yuridik shaxsning o’z joniga qasd 
qilishi” deb nomlanganligini keltirish mumkin. Shu vaqtning o’zida, ushbu 
analogiya juda shartli ekanligini inobatga olish lozim. Shunday qilib, jismoniy 
shaxsning o’limi-bu organizm hayotiy faoliyatining ortga qaytarib bo’lmaydigan, 
ya’ni inson ongiga bog’liq bo’lmasdan tabiiy ravishda tugashi holatidir, 
individiumning mavjud bo’lishining qonuniy va sodir bo’lishi muqarrar bo’lgan 
yakuniy bosqichidir. Yuridik shaxs esa umuman olganda va xususan uni tugatish 
jarayoni, tabiiy qonunlarga bo’ysunmaydi va butunligicha inson ixtiyorida bo’ladi. 
Shu bois doim hodisa (mutlaq yoki nisbiy) hisoblanadigan o’limdan farqli o’laroq, 
yuridik shaxsni tugatish asosida harakat yotadi. Haqiqatda ham, yuridik shaxsni 
tugatish uchun istalgan asosni olaylik-uning har biri erkin xohish istak aktidir. 
Masalan, nodavlat notijorat tashkilotining tugatilishiga ushbu notijorat tashkiloti 
tuzilgan muddatning tugashi emas, balki uning ta’sischilarining (yoki organning) 
shu muddat yakunlanganligi sababli uni tugatish haqidagi qarori olib keladi. Xuddi 
shunday, yuridik shaxsning tugatilishiga uning nochorligi emas, balki sudning 
yuridik shaxsni tugatish to’g’risidagi qarori olib keladi. Ushbu qayd O’zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik Kodeksi 53-moddasida, shuningdek Rossiya 
24
Sinayskiy V.I. “Russkoe grajdanskoe pravo”, vipusk 1. Obshaya chast’ i veshnoe pravo.-Kiev: tipografiya 
R.K.Lubkovskogo, 1914-329 b.


Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksi 65-moddasi, 1-bandi, 2-xatboshisida e’tirof 
etilgan. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining “Yuridik shaxsni 
tugatish ” deb nomlanuvchi 53-moddasida quyidagicha keltirilgan: Yuridik shaxsni 
tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga 
o’tmasdan bekor qilinishiga olib keladi. Yuridik shaxs quyidagi hollarda tugatilishi 
mumkin: 
-uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga 
vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan, yuridik 
shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil qilish chog’ida qonun hujjatlari 
buzilishiga yo’l qo’yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo’lmasa, 
sud yuridik shaxsni ro’yhatdan o’tqazishni haqiqiy emas deb topganida; 
-faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun 
tomonidan ta’qiqlangan faoliyat amalga oshirilgan yoxud olti oy mobaynida 
(savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa uch oy mobaynida) bank hisob 
varaqlari bo’yicha pul operatsiyalarini o’tqazish bilan bog’liq moliya-xo’jalik 
faoliyati amalga oshirilmagan, dehqon va fermer xo’jaliklari bundan mustasno va 
(yoki) davlat ro’yhatidan o’tqazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida ustav fondi 
ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan taqdirda, qonun 
hujjatlarda boshqacha tartibda nazarda tutilgan bo’lmasa, shuningdek ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq. 
Sudning yuridik shaxsni tugatish to’g’risidagi qarorida uning muassislari 
(ishtirokchilari) yoxud yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan uni tugatishga vakil 
qilingan organ zimmasiga yuridik shaxsni tugatishni amalga oshirish vazifasi 
yuklatilishi mumkin. 
Yuridik shaxs, ijtimoiy tarafidan tashqari doim biologik tabiiy element 
mavjud bo’lgan inson shaxsidan farqli o’laroq, yaxlitligicha ijtimoiy tuzilma yoki 
ma’naviy faoliyat mahsuli ekanligining yaqqol isbotidir. Aynan shuning uchun 
individ bo’ysunadigan tabiiy qonunlar yuridik shaxsga taalluqli bo’lmaydi va hech 
qanday hollarda ham taalluqli bo’lishi mumkin emas. Yoki G.Yellinek davlat 


to’g’risidagi umumiy ta’limot uslubiyatini tavsiflashga kirisha turib aytganidek, 
“har qanday tarixiy fakt, har qanday ijtimoiy hodisa, u boshqalar bilan har qancha 
ham bir jinsli va o’xshash bo’lmasin, doim uni boshqa barcha, hattoki uzviy 
bog’liq bo’lgan hodisalardan ham, maxsus ravishda farqlab turadigan individual 
soniyalar bilan belgilanadi” degan bilan bir paytda “tabiat hodisalari ijtimoiylardan 
shunisi bilan farqlanadiki, tabiat hodisalarida, umumiy qonunlarning ta’sirini, har 
bir alohida hodisa umumiy guruh uchun tipik bo’lishi sifatida ko’rilishi mumkin 
bo’ladigan tarzda kuzatish mumkin”
26

Shuni ham e’tirof etmoq lozimki, G.F.Shershenevich yuqorida aytib 
o’tilganga, agar ijtimoiy qonunlar biz tomonimizdan ochilmagan bo’lsada, bu 
ularning ob’yektiv ravishda mavjudligini va kelajakda ochilishi mumkinligini rad 
etmaydi, deb qo’shimcha qilgan. Lekin yuridik fanga, boshqa fanlardan farqli 
o’laroq, kelajakka intilishning yo’qligi xarakterlidir; aksincha, u o’tmishga tayanib, 
to’liqligicha bugunni o’rganishga diqqatini jamlaydi, alohida hollardagina, 
kelajakni bilish va unga ma’qul kelishi uchun hozirda mavjudlikni oldindan 
o’zgartirish istagisiz, bugunni takomillashtirishni taklif etadi
27

Tabiiy qonunlarning umuman yuridik shaxs faoliyatiga va xususan, nodavlat 
notijorat tashkilot faoliyatiga, ayniqsa uni tugatish jarayoniga qo’llanilishining 
mumkin bo’lmaganligi, yuridik shaxsning materialistik konstruksiyalarining, 
maqsadli mulk nazariyasidan tortib jamoa nazariyasigacha xato ekanligining eng 
tasviriy isbotlaridan biridir. Bundan kelib chiqadiki, nodavlat notijorat 
tashkilotining moddiy-huquqiy mohiyati, ya’ni “yuridik shaxs ortida haqiqatda 
turgan” narsaning yo’qolishi bilan nodavlat notijorat tashkilotining o’zi ham 
haqiqatda mavjud bo’lishini yo’qotadi. Bunda, moddiy dunyo predmeti sifatida 
yuridik shaxsning moddiy-huquqiy mohiyati, doim u yoki bu tarzda tabiiy 
qonunlarga bo’ysunadi, binobarin, aksari hollarda uni yo’qotish sababi bo’lib 
hodisa (mutlaq yoki nisbiy) xizmat qiladi. Lekin bu hol biz avval isbot qilgan, 
26
G.Yellinek “Obshee uchenie o gosudarstve”.-SPB.:izd “Yuridicheskiy sentr Pres”, 2004.752-b.
27
G.F.Shershenevich Obshaya teoriya prava (V chetirex vipuskax). Vipusk perviy.-M.:izd Br Bashmakovix,1911.320 


notijorat tashkiloti zamirida hodisa emas, balki doim harakat yotadi, degan fikrga 
zid emas. 
Ob’yektiv-idealistik yo’nalish vakillari qarashlarining, materialistik yo’nalish 
vakillariniki kabi ziddiyatli ekanligi, shuningdek yuridik shaxsni tugatish 
institutiga nisbatan qo’llanilganda ham ochib beriladi. Agar biz ijtimoiy 
rivojlanishning yuridik shaxsning ob’yektiv-idealistik kategoriya sifatida mavjud 
bo’lishi bo’ysunadigan oliy kuchlari yoki ob’yektiv qonunlari mavjudligiga yo’l 
qo’ysak, biz shuningdek yuridik shaxsning tugatilishi ixtiyorimizdan tashqari sodir 
bo’ladigan hodisa ekanligini tan olishimiz lozim. Lekin bu yana, yuridik shaxs 
zamirida harakat yotadi, degan tayanch tezisga zid kelmoqda. Lekin agar yuridik 
shaxsga to’liqligicha, fiksiya nazariyasidan tortib ijtimoiy reallik nazariyasigacha , 
sub’yektiv-idealistik yo’nalish vakillari qaragani kabi inson ongi mahsuli sifatida 
qaralsa, uning mavjudligi ham mutlaq inson ixtiyoriga bog’liq bo’ladi, ya’ni 
tugatish asosida doim harakat yotadi, hodisa esa-hech qachon. Shu paytning 
o’zida, nodavlat notijorat tashkilotini tugatish asosida biror shaxsning harakati 
yotishini ta’kidlash tugatish asoslarinining huquqiy tabiatini, demakki, huquqiy 
munosabat sifatidagi tugatishning ham huquqiy tabiatini to’liq darajada ochib bera 
olmaydi. Shu munosabat bilan, yuridik shaxsning tugatilishiga olib keladigan 
harakatlarni ma’lum bir tarzda tasniflash lozim. 
Umuman yuridik shaxslarni (xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarini) 
tugatish asoslarining adabiyotda mustahkam o’rin olgan tasnifi ularni yuridik 
shaxsning tugatilishi usuliga qarab farqlanishidir. Bunda yuridik shaxsning 
ixtiyoriy ravishda tugatilishi asoslari hamda majburiy tarzda tugatilishi asoslari 
ajratiladi. Shunga bog’liq holda, ko’rsatilgan yuridik faktlarning an’anaviy 
tasnifiga murojaat qilish lozim, unga muvofiq, harakatlar avvalombor huquqiy va 
huquqqa zid harakatlarga ajratiladi. Bunda yuridik shaxslarning tugatilishi 
asoslariga yuzaki qaraganda ham, ularning ba’zilari haqiqatda qonuniy, ba’zilari 
esa ob’yektiv-huquqqa zid ekanligini ko’rish mumkin. Shundan notijorat 
tashkilotining tugatilishining o’zi huquqiy harakatlar natijasi bo’lishi mumkin yoki 


sanksiya rolini bajarishi mumkin. Shu bilan birga, fuqarolik huquqida sanksiyalar 
turli huquqiy tabiatga ega bo’lishi mumkinligini inobatga olish kerak. Xususan, 
ular faqat fuqarolik huquqlarini va qonuniy manfaatlarini tiklash yoki ularning 
buzilishini oldini olish vazifasini bajarib, shu huquq va manfaatlarni himoya qilish 
choralari bo’lishi mumkin. Boshqa tarafdan, fuqarolik huquqida sanksiyalar 
nafaqat buzilgan huquqlarni tiklashga qaratilgan, balki huquqbuzarga qo’shimcha 
majburiyat yuklashga yoki unga tegishli huquqdan mahrum qilishga qaratilgan 
javobgarlik choralari ham bo’lishi mumkin. 
Mazkur ishda avval ham ta’kidlanganidek, nodavlat notijorat tashkilotini 
tugatish shunday tashkilot bekor bo’lishining bir shaklidir, bunda, qonunchilik 
qoidalariga muvofiq, notijorat tashkilotining tugatilishi uning huquq va burchlari 
huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o’tmasdan bekor qilinishiga olib keladi. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 53-moddasiga binoan 
nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: 
a)
unig ta’sischilari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlarida vakolati 
ko’rsatilgan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq, shu jumladan tashkil etilgan 
yuridik shaxsning belgilangan vazifani bajargani va faoliyat ko’rsatish muddati 
tugagani amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan ko’zlangan maqsadga 
erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chog’ida qonun 
hujjatlari buzilishiga yo’l qo’yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib 
bo’lmasa, sud yuridik shaxsni ro’yxatdan o’tqazishni haqiqiy emas deb topganda; 
b)
sud qaroriga ko’ra faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz)faoliyat 
ko’rsatgan yoki qonunda ta’qiqlangan faoliyat olib borgan yo olti oy mobaynida 
bank tutilgan boshqa holatlarda, shuningdek hisob raqamlari orqali moliyaviy-
xo’jalik faoliyatini amalga oshirmagani, shuningdek, Fuqarolik Kodeksida nazarda 
tutilgan boshqa holatlarda tugatiladi. 
Shuni ham qayd etish lozimki, “O’zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat 
tashkilotlari to’g’risida”gi qonunning 36-moddasi ham bevosita nodavlat notijorat 
tashkilotlarni tugatishga bag’ishlangan. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish 


uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi. Nodavlat 
notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) yoki nodavlat notijorat 
tashkilotini tugatish to’g’risida qaror qabul qilgan organ davlat ro’yxatidan 
o’tqazuvchi adliya organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydi. 
Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
Kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Nodavlat notijorat 
tashkilotini tugatish to’g’risidagi yozuv uni davlat ro’yxatidan o’tqazgan adliya 
organi tomonidan quyidagi hujjatlar asosida yuridik shaxslarning yagona davlat 
reestriga kiritiladi: 
-nodavlat notijorat tashkilotini tugatish to’g’risidagi yozuvni yuridik 
shaxslarning yagona davlat reestriga kiritish to’g’risidagi ariza ( ixtiyoriy ravishda 
tugatilayotgan taqdirda); 
-tegishli organning nodavlat notijorat tashkilotini tugatish to’g’risidagi qarori; 
-nodavlat notijorat tashkilotining ustavi va boshqa ta’sis hujjatlari hamda u 
davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma; 
-tugatish balansi yoki topshirish hujjati yoxud taqsimlash balansi. 
O’zbekiston Respublikasida 2003-2007 yillar oralig’ida Respublika bo’yicha 
hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo’yicha 
tugatilgan yuridik shaxslarning soni to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi jadvalda 
keltirilgan
28

28
O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining ma’lumoti. 



Ro’yhatdan 
o’tgan joyi 
2003 
yilda 

2004 
yilda 

2005 
yilda 

2006 
yilda 

2007 
yilda 

1. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
bo’yicha jami
16215 
100 
20546 
100 
27968 
100 
19759 
100 
22342 
100 
2. 
3. 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
Andijon viloyati
1137 
1350 
7,0 
8,3 
1693 
1124 
8,2 
5,4 
1575 
4563 
5,6 
16,3 
1671 
2915 
8,4 
14,7 
1376 
2199 
6,1 
9,8 
4. 
Buxoro viloyati 
2052 
12,6 
1461 
7,1 
2684 
9,6 
2248 
11,3 
1710 
7,6 
5. 
Jizzax viloyati 
534 
3,3 
1315 
6,4 
1381 
4,9 
1140 
5,8 
1215 
5,4 
6. 
Qashqadaryo 
viloyati 
654 

663 
3,2 
936 
3,3 
704 
3,6 
645 
2,9 
7. 
Navoiy viloyati 
471 
2,9 
728 
3,5 
1343 
4,8 
1245 
6,3 
951 
4,2 
8. 
Namangan 
viloyati 
584 
3,6 
1623 
7,9 
1784 
6,4 
980 
4,9 
1613 
7,2 
9. 
Samarqand 
viloyati 
2929 
18 
962 
4,7 
3356 
12 
1124 
5,7 
1423 
6,4 
10. 
Surxondaryo 
viloyati
373 
2,3 
527 
2,5 
637 
2,3 
648 
3,3 
1239 
5.5 
11. 
Sirdaryo viloyati 
376 
2,3 
654 
3,2 
790 
2,8 
841 
4,3 
1098 
4,9 
12. 
Toshkent 
viloyati 
988 

1794 
8,7 
1911 
6,8 
1154 
5,8 
1265 
5,7 
13. 
Xorazm viloyati 
871 
5,4 
1126 
5,5 
1183 
4,2 
886 
4,5 
543 
2,4 
14. 
Farg’ona viloyati 
819 

2291 
11,1 
2324 
8,3 
1324 
6,7 
2474 
11 
15. 
Toshkent shahri 
3077 
18,9 
4585 
22,3 
3501 
12,5 
2879 
14,5 
4591 
20,5 
Yuqorida keltirilgan jadvalda tugatilgan umumiy yuridik shaxslarning 
miqdori keltirilgan. Aytish mumkinki, ushbu tugatilgan yuridik shaxslar 
miqdorining 30 %ini tugatilgan nodavlat notijorat tashkilotlari soni tashkil etadi, 
qolgan 70 %ini esa tugatilgan tijoratchi yuridik shaxslar tashkil etadi. 
Kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulk tashkilot 
qatnashchilari (a’zolari), shuningdek rahbar organlarning a’zolari yoki nodavlat 


notijorat tashkilotlarinng xodimlari o’rtasida taqsimlanishi mumkin emas hamda 
undan belgilangan tartibda foydalaniladi
29

Shuningdek “Jamoat tashkilotlari Nizomini ro’yxatdan o’tqazish to’g’risidagi 
arizalarni ko’rib chiqish haqidagi qoidalar ”ning 12-bandiga ko’ra: 
-ro’yxatdan o’tqazgan organga hisobotlar taqdim etmaganida; 
-ro’yxatdan o’tqazgan organ yozma ogohlantirish berganidan keyin hisobot 
topshirilmagani uchun tegishli jamoat uyushmasini tugatish to’g’risidagi sudga 
yozma taqdimnoma kiritishi mumkin. Sudning yuridik shaxsni tugatish 
to’g’risidagi qarori uning ta’sischi (qatnashchi)lari yoki yuridik shaxsni uning 
ta’sis hujjatlari bilan barcha tugatish vakolatiga ega organ zimmasiga yuridik 
shaxsni tugatish majburiyati yuklanishi ham mumkin. 
Yuridik shaxsni majburiy ravishda tugatish uchun jiddiy asoslar kerak 
bo’ladi. Ba’zi yuridik shaxslar uchun qonunda tugatishning qo’shimcha asoslari 
nazarda tutilgan. Masalan, tijorat tashkiloti, matlubot shirkati yoki xayriya yoxud 
boshqa fond bo’lgan yuridik shaxs, agar u kreditorlarning talablarini qondirishga 
qurbi yetmasa, sud qarori bilan nochor deb topilishi mumkin. Yuridik shaxsni 
nochor (bankrot) deb topish uning tugatilishiga olib keladi. Xo’jalik jamiyatlari va 
unitar korxonalar shuningdek sof aktivlari qiymati ustav kapitalining eng kam 
miqdoridan kamayib ketsa tugatilishi mumkin. 
Nodavlat notijorat tashkilotining tugatilishi umuman olganda qonunchilikda 
belgilangan va bir nechta bosqichdan iborat. Biz yuqorida milliy qonunchiligimiz 
asosida nodavlat notijorat tashkilotlarining rugatilishini ko’rib chiqdik, quyida 
Rossiya Federatsiyasining bu boradagi huquqiy tajribasini ko’rib chiqamiz. 
Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksi “Yuridik shaxsni tugatish” deb 
nomlanuvchi 61-moddasida tugatish asoslari keltirilgan. Unga muvofiq: 
a)
unig ta’sischilari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan 
tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu 
jumladan yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan 
29
“ O’zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida ”gi qonuni 36-moddasi


ko’zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil 
qilish chog’ida qonun hujjatlari buzilishiga yo’l qo’yilganligi sababli, agar bu 
buzilishlarni bartaraf etib bo’lmasa, sud yuridik shaxsni ro’yhatdan o’tqazishni 
haqiqiy emas deb topganda; 
b)
faoliyat ruxsatnomasiz ( litsenziyasiz ) amalga oshirilgan yoki qonun 
tomonidan ta’qiqlangan faoliyat amalga oshirilganda yoki qonunchilik va boshqa 
huquqiy hujjatlarni bir necha bor yoki qo’pol ravishda buzganligida, yoxud 
jamoaviy yoki diniy tashkilot (birlashma), xayriya yoki boshqa fond tomonidan 
o’zining ustav maqsadlariga zid keladigan faoliyatni muntazam ravishda amalga 
oshirishda, shuningdek Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda 
sudning qaroriga muvofiq. Ya’ni, notijorat tashkilot, uni tashkil qilish chog’ida 
qonun hujjatlari buzilishiga yo’l qo’yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni 
bartaraf etib bo’lmasa, sud yuridik shaxsni ro’yxatdan o’tqazishni haqiqiy emas 
deb topganida, tegishli ruxsatnomasiz, qonunchilikka zid faoliyat yuritganida yoki 
tashkilotning ustav maqsadlariga zid keladigan faoliyat yuritganida, sudning 
qaroriga muvofiq majburiy ravishda tugatiladi. 
Ko'rinib turibdiki, yuridik shaxslarni tugatish asoslari qiyoslanayotgan ikki
mamlakat qonunchiligida deyarli bir xil. Ma'lumki, umuman olganda ushbu ikkala 
davlat huquq tizimi romano-german huquq tizimi oilasiga mansub. Tahlil qilish 
jarayonida shu narsaga e'tibor qaratish lozimki, tugatish asoslari o'zaro o'xshash 
bo'lgan ikkala davlatda ham ushbu turdagi ya'ni nodavlat notijorat tashkilotlarini 
tugatish tartibi, jarayoni va bosqichlari ham bir xil. 
Yuridik shaxsni majburiy ravishda tugatish uchun jiddiy asoslar kerak 
bo’ladi. Ba’zi yuridik shaxslar uchun qonunda tugatishning qo’shimcha asoslari 
nazarda tutilgan. Masalan, tijorat tashkiloti, matlubot shirkati yoki xayriya yoxud 
boshqa fond bo’lgan yuridik shaxs, agar u kreditorlarning talablarini qondirishga 
qurbi yetmasa, sud qarori bilan nochor deb topilishi mumkin. Yuridik shaxsni 
nochor (bankrot) deb topish uning tugatilishiga olib keladi. Xo’jalik jamiyatlari va 


unitar korxonalar shuningdek sof aktivlari qiymati ustav kapitalining eng kam 
miqdoridan kamayib ketsa tugatilishi mumkin. 
Biz yuqorida yuridik shaxslar, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish 
asoslarini ko’rib chiqdik, ammo bir jihat-nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish 
tushunchasi nazardan chetda qoldi. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Kodeksi 53-moddasida, yuridik shaxsni tugatish-uning huquq va burchlari huquqiy 
vorislik tartibida boshqa shaxsga o’tmasdan bekor qilinishiga olib kelishida 
namoyon bo’lishi belgilangan. Ushbu norma Rossiya Federatsiyasi 61-moddasida 
o’z ifodasini topgan. Biroq O’zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat 
tashkilotlari to’g’risida”gi Qonunda nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish 
tushunchasi keltirilmagan. Yuqorida keltirilgan barcha fikrlardani inobatga olgan 
holda, nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tushunchasini kiritish lozimligi 
taklifini kiritamiz. Demak, Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish-bu nodavlat 
notijorat tashkilotlari muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan 
tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining hamda sudning qaroriga 
asosan uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga 
o’tmasdan bekor qilinishi va bunday turkumdagi tashkilotlarning fuqarolik huquqi 
sub’yekti sifatidagi o’z faoliyatini batamom to’xtatishidir. 

Download 394,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish