XULOSA………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………………
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. “Biz mustaqil taraqqiyot yillarida bosib o’tgan
g’oyat murakkab va mas’uliyatli, mashaqqatli rivojlanish yo’li davomida qanday
jarayonlarga duch kelmaylik, qanday og’ir sinovlarni boshimizdan kechirmaylik
Konstitutsiyamiz hamisha yurtimizni, xalqimizni turli balo-qazolardan asrash, o’ta
tahlikali vaziyatlarda yakkayu yagona to’g’ri yo’lni topish va kelajakka ishonch
bilan qarashda asos bo’lib xizmat qilmoqda, desak hech qanday xato bo’lmaydi.
Konstitutsiya to’g’risida, uning ma’no-mazmuni va ustuvor tamoyillari haqida
gapirar ekanmiz asosiy qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatining davlat
manfaatidan ustun etib belgilangan, inson, uning huquq va erkinliklari hamda
manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo’yilganini yana bir marta
ta’kidlab o’tish o’rinli deb bilaman. Aynan ana shu qat’iy talabni nafaqat
qonunlarimiz va huquqiy me’yorlarimizda belgilab berish, balki bu ustuvor
prinsipni hayotimizga tadbiq qilish o’ta muhim ahamiyatga egadir. Shu o’rinda
davlat qurilishi va uning taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratik yangilanishi
iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan
bog’liq bo’lgan qisqacha aytganda, oldimizda turgan barcha muammo va
vazifalarni yechishda “ Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, inson
manfaatlarini ta’minlash uchun” degan teran ma’noli fikrni aslo unutmasligimiz
kerak. Sodda qilib aytganda, bugun qaysi sohani olmaylik ijtimoiy hayotimiz yoki
iqtisodiy, ma’daniy-ma’rifiy bo’ladimi-nimaiki qilmasak, ularning hammasi oxir-
oqibatda inson uchun, shu yurtda yashayotgan odamlar uchun qilinayotganini
ko’rish qiyin emas”-deb e’tirof etarkan, yurtboshimiz I.A.Karimov, avvalambor
barchamizni shu yurtda qilinayotgan islohot va dasturlarning barchasi inson va
fuqarolarimiz manfaati yo’lida ekanligiga diqqatimizni qaratadi
1
. Ma’lumki,
nodavlat notijorat tashkilotlari jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy
1
I.A.Karimov « Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari-eng oliy qadriyat», 2005 y 7-dekabrda O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasidan.
manfaatlari va huquqlarini himoya qilish; demokratik qadriyatlarni himoya qilish;
ijtimoiy, madaniy va maorif sohasidagi maqsadlarga erishish; ma’naviy va boshqa
nomoddiy talablarni qondirish; xayr-ehson faoliyatini amalga oshirish hamda
boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni amalga oshirish uchun o’zining beminnat
faoliyatini olib boradi.
Bugungi huquqiy davlatimizda fuqarolik jamiyati roli va o’rnining hamda
uning alohida institutlari sonining oshib borishi natijasida nodavlat notijorat
tashkilotlarining doirasi kengayib bormoqda va bu turdagi tashkilotlar
Konstitutsiyamizda belgilangan ko’pgina huquq va manfaatlarni amalda ro’yobga
chiqarmoqda, chunonchi vijdon erkinligi, uyushish, birlashish huquqi. Fuqarolik
huquqi huquqiy munosabatining har qanday sub’yekti singari notijorat nodavlat
tashkilotlari ham o’zining “hayotiy davriyligiga”iga ega, ya’ni o’z ichiga bunday
turdagi tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bosqichlarini
qamrab oladi. Ushbu yuqorida sanab o’tilgan bosqichlar uzluksiz amalga
oshiriladi va ushbu amalga oshirilish dinamikasi ularning aniq doiradagi
sub’yektlari-nodavlat notijorat tashkilotlarining qatnashchilari (muassislari)
hamda davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura
organlari xodimlarining o’zaro hamkorligi asosida olib boriladi. Nodavlat notijorat
tashkilotlarini tashkil etish va qayta tashkil etish borasidagi masalalarini qonuniy
ta’minlashni alohida qayd etarkanmiz bir narsani yodda tutish kerakki, bunday
tashkilotlarni tugatish jarayoni ko’pincha nazoratsiz hamda amaldagi qonun
normalariga zid ravishda amalga oshirilmoqda va buning natijasida ushbu
tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan huquq va manfaatlardan manfaatdor
bo’lgan uchinchi shaxslarga moddiy va ma’naviy zarar yetmoqda, shuningdek
davlat manfaatlari ham. Bunday zarar qoplanmaydigan xarakterga ega, sababi
amaldagi fuqarolik qonunchiligida yuridik shaxs likvidasiya yo’li bilan huquqiy o’z
huquq va manfaatlarini boshqa sub’yektga o’tqazmasdan, ya’ni vorislikka yo’l
qo’ymasdan o’z faoliyatini to’xtatadi.
Boshqacha qilib aytganda, fuqarolik huquqi munosabatlari doirasidan
tugatilgan nodavlat notijorat tashkilotining chiqarilishi butunlay alohida huquq va
manfaatlarni ro’yobga chiqarish imkonini rad etadi (masalan iste’molchilar
huquqlari hamda omonatchilar huquqlari va boshqalar). Boshqa tomondan esa
ayrim nodavlat notijorat tashkilotlari, chunonchi uzoq vaqt mobaynida ta’sis
hujjatlarida belgilangan faoliyat bilan shug’ullanmayotgan, kerakli mol-mulkka
yoki belgilangan doiradagi ishtirokchilar ko’lamiga ega bo’lmagan yoxud
ta’qiqlangan faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarni o’z vaqtida tugatilishi
fuqarolik huquqiy munosabati uchun nihoyatda muhim. Demak, yuqorida
keltirilgan fikrlardan nodavlat notijorat tashkilotlarining hayotiy sikl-davriyligi
tarkibi hamda ushbu turdagi tashkilotlarni tugatish jarayoni amaldagi qonunchilik
normalari asosida tartibga solinishi hamda davlatning kuchli nazorati ostida
amalga oshirilishi lozimligi ayon bo’lmoqda.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishni tartibga soluvchi aniq normativ
huquqiy manba Fuqarolik Kodeksi (matnda O’z Res FK), ,,O’zbekiston
Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi qonuni (matnda
Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risidagi qonun), ,,O’zbekiston Respublikasi
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni,
,,O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi, ,,Jamoat fondlari
to’g’risida”gi qonunlar va boshqalar, shuningdek ta’kidlab o’tish lozimki ushbu
huquqiy hujjatlarga doimiy o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilmoqda, biroq
bunga qaramasdan kelajakda ushbu normalarni yanada barqarorlashtirish lozim.
Bundan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish borasida sud amaliyotida
vujudga kelayotgan muammolar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik ishlari
bo’yicha Oliy Sudi aniqlik kiritilishini talab qilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishi doirasida
nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning huquqiy tabiati (ilmiy adabiyotlarda
bu jarayon yuridik shaxsni huquqiy vorislikka yo’l qo’ymasdan tugatilishi uchun
asoslardan biri sifatida ko’rsatilgan, bu esa tanqidiy bahoga muhtoj), nodavlat
notijorat tashkilotlarini tugatishning tushunchasi va uning asoslari, nodavlat
notijorat tashkilotlarining o’z muassislari tomonidan va sud qarori asosida
tugatilishi hamda ushbu tashkilotlarni tugatishni davlat tomonidan ro’yxatga olish
va huquqiy vorislik kabi masala va muammolarga alohida e’tibor beriladi va bu
masalalarga yechim topish borasida fikr yuritiladi. Yuqorida keltirilgan masala va
muammolar sabab ilmiy tadqiqot ishi mavzusi shu muammolar va masalalarga
qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |