Toza ekologik energiyani qayyerdan va qancha miqdorda olish mumkin.
Dengiz tulqinlaridan- 0,03q
Shamol yordamida 0,04 q
Suv resurslari hisobiga -0,065 q
Quyosh nurlari hisobiga 10 q
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, suv, shamol, biogaz singari noan’anaviy energiyalardan foydalanish borasida ulkan imkoniyatlar mavjud. Mamlakatimiz hududlarida yilning qariyb 350 kuni quyoshli bo`ladi, doimiy shamol esib turadigan ochiq maydonlar ko`p. Bunday tabiiy salohiyat bugungi kunda jahon miqyosida tobora ommalashib borayotgan yuqori samarali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish uchun qo`l keladi.
O`zbekistonda qayta tiklanadigan enegiyaning yangi potentsiali deyarli 51 mlrd. t.n.e. ni tashkil etadi. Unda gidro energiyaning hissasi 9.2 mln.t.n.e. Quyosh enegiyasi 50973 mln t.n.e. Shamol energiyasi.2.2 mln t.n.e. va geotermal energiyasi hissasi esa. 0.2 mln t.n.e. dir. Umumiy texnikaviy potentsiali esa 179 mln t.n.e. ni tashkil etadi(gidro–1.8, quyosh– 176.8, shamol–0.4 mln t.n.e.) Hozirgi vaqtda mavjud texnikaviy potentsialdan bor yo`g`i 0.3 foizi foydalanilmoqdaki, bu ham bo`lsa gidroenegiya hissasiga to`g`ri keladi. O`zbekiston daryolarining texnikaviy potentsiali 21 TVt soat bo`lib shundan kichik gidroenegetika hissasi 10.4 TVt soatni tashkil etadi. Umuman daryolarimiz, suv havzalari va konlardagi umumiy quvvat 5,8 GVt soat bo`lgan 250 ta GES larni qurish imkoniyatlari mavjud. Hozirgi vaqtda bu potentsialning uchdan bir qismidan foydalanilmoqda: 31 ta GES 1,7 GVt quvvat bilan ishlab, yiliga 5,0–7,0 TVt soat elektr energiya xosil qilmoqda.
Respublikamizda qayta ishlangan energiya manbalaridan foydalanishni joriy etishning asosiy omillari — chekka hududlarga energiya yetkazib berishdagi muammolarni bartaraf etish, fermer xo`jaliklarida energiyadan foydalanish darajasini oshirish, chuqur quduqlar qazish va elektr nasoslardan foydalanish orqali suv bilan ta’minlash ishlarini yaxshilashdir. Bundan tashqari aholi soni ko`payishi natijasida energiyaga bo`lgan talab bir necha marotaba ortib, bu holat atrof-muhit ifloslanishi hamda kelajakda tabiiy energiya zahiralari yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Aytish kerakki, energiya bilan ta’minlash jarayonida quvvatni yangi texnologiyalar asosida qayta ishlash an’anaviy energiya bilan ta’minlash uslublariga qaraganda ancha arzonga tushadi. Bugungi kunda fermerga irrigatsiya tadbirlarini mustaqil ravishda olib borish imkonini beruvchi muqobil energiya manbalari (artezian quduq suvlari bilan sug`orish) muhim ahamiyat kasb etadi. Suvni chuchuklashtirish, fermer xo`jaliklarini elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlarida ham shunday hollar uchraydi. Texnik jihatdan olib qaraganda, avtomatlashtirilgan va kompьyuterlashtirilgan boshqaruv tizimlari sharoitida qishloq xo`jaliklarida muqobil ish jarayonlarini yaratish qiyinchilik tug`dirmaydi.
Quyosh va shamol energiyasida ishlovchi modulь tizimlarining ustunligi ularning ekologik jihatdan tozaligidir.Olim va mutaxassislarimiz bu borada keng qo`llaniladigan zamonaviy texnologiyalarni yaratish bo`yicha ko`plab loyihalarni taklif etmoqda. Ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan ilg`or texnologiyalarni amalga keng joriy etish, quyosh, biomassa, suv va shamol energiyalaridan foydalanishning yangi va samarali usullarini izlab topish maqsadida O`zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi huzurida “Eko-yenergiya” ilmiy-tadbiqiy markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz tashabbusi bilan yurtimizning turli hududlarida quyosh energiyasi asosida ishlaydigan ko`plab fotoyelektr stansiyalari ishga tushirildi.Toshkent, Farg`ona, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlarida qishloq vrachlik punktlari va boshqa inshootlarga quyosh va shamol kollektorlarini o`rnatish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar tabiiy gazni tejash, muqobil energiyadan foydalanishni rivojlantirish hamda energetika ta’minotini yaxshilash imkonini berayotir.
Muqobil energiya turlari, chunonchi geotermal energiyaning, quyosh, suv, shamol va biomassa energiyasining (shu jumladan, maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishdan olinadigan energiyaning) imkoniyatlari katta.
Umuman yashindan ham energiya olish mumkin. Yashin ulkan elektr uchkunidir. Yashinda tok kuchi juda ulkan va odatda 10000 dan 1000000 A gacha bo`ladi. Yashin yuzaga kelish arafasida yer bilan bulut orasidagi kuchlanish 108 -109 Volьtga yetadi. Yashin razryad ining davomiyligi juda qisqa mikrosekund tartibida. Shuning uchun xar bir aloxida yashinda utadigan umumiy zaryad miqdori uncha katta bo`lmaydi. Buning uchun yangi texnologiyalar yaratib elektr energiyasi olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |