(QOSIDLAR VA CHOPARLAR AHVOLI HAQIDA)
Hammaga ma’lum yo’llarga paykollar (choparlar) qo’yib, ularning oylik xarajatlari va zarur bo’lgan bo’lgan narsalarini berib turish kerak. Shunday qilinsa, har kuni ellik farsang uzoqlikdan ham har qanday xabar yetib keladi. O’z vazifalarini bajarishi uchun, eski odatga ko’ra, ularning naqiblari ham bo’lishi shart.
2.15 O’n beshinchi fasl
(MASTLIK VA HUSHYORLIKDA BITIKLARNI EHTIYOT QILISH HAQIDA)
Saroy va xazinaga, viloyatlar va mulklardan muhim maktublar keladi. Shunday ham bo’ladiki, xabar beradiganlarning so’zlari har xil chiqib qolishi you lar boshqacha tushunilishi mumkin. Xabarlar bir-biriga mos bo’lib, bir kishining tilidan aytilishi kerak. Asosiy shart shunday bo’lishi kerakki, odamlar nima gapirmasinlar, yana devonga yozilib, shohga ma’lum qilib, uning fikri bilib olinmaguncha biror chora ko’rish mumkin emas.
2.16 O’n oltinchi fasl
(SHAXSIY VAKIL VA UNING ISHINI RIVOJI HAQIDA)
Shohning shaxsiy vakili vazifasini hamisha mashhur va muhtaram kishi bajargan. Oshxona, sharobxona, shohning shaxsiy dasturxoni, saroy ishlari va ahli yaqinlari unga tegishlidir. Har oyda va hatto har kuni Oliy majlisga keladiganlar ham unga uchrab, o’z gap-so’zlarini aytadilar. Zarur bo’lgan holda javob qaytarib, hamma gapdan shohni xabardor qiladi. Uni hurmatlash va hashamatini bajo keltirish kerak, toki u o’z vazifasi bilan mashg’ul bo’lib, ishiga rivoj bag’ishlasin.
2.17 O’n yettinchi fasl
(PODSHOH HAZRATLARINI NADMLARI VA YAQIN KISHILARI HAQIDA)
Podshohning shoista nadimlari bo’lishi lozim bir shartdir. Lekin ularni shoh oldiga ochiq va oydin kirib chiqishlari yaxshimas. Ulug’lar, atrofdagi mo’tabar kishilar, lashkarboshilar oldiga kirib chiqishlari, ularga bepisand bo’lishlari ham podshoh hashamatiga ziyon keltiradi. Kasbi va amali bor kishi nadimlikka tayinlanmaydi, ammo biror kimsaga nadimlik mansabi berilgan bo’lsa, unga boshqa amal berilmaydi. Chunki podshoh oldida bo’lgan huquq va martabasidan foydalangan holda sitam qiladigan, odamlarga azob beradigan bo’lishi mumkin. Nadimdan bir qancha foyda bor. Birinchisi, u podshohning ulfatidir. Ikkinchidan, kecha-yu Kunduz u podshoh bilan bo’ladi. Xudo ko’rsatmasin-u, mabodo, podshohga biror narsa bo’lsa, u jonini qalqon qilishi kerak. Nadim jahon kezgan, ko’pni ko’rgan, ulug’lar xizmatini qilgan kishi bo’lsa, yanda yaxshoroqdir. Kishilar podshoh odamlarini, uning xushfe’lligi, xushtab, neksiyratekanligini, qilmishlari yoqimli yoki yoqimsizligini nadimlaridan qiyos qilib, bilib olaveradilar va bu haqiqatda ham shundaydir. G’azna sultoni Mahmud xizmatida yigirma Nadim bo’lgan ekan. Ularga esa bu rusm somoniylardan o’tgan.
2.18 O’n sakkizinchi fasl
(PODSHOHLARNI DONOLAR VA OQSOQOLLAR BILAN KENGASH QILISHI HAQIDA)
Barcha ishlarni maslahat bilan amalga oshirish kishining mustahkam irodasidan, oqilligi va dunyo qarashidan dalolat beradi. Donolar aytganlarki, “Bir kishining tadbiri bir kishichalik kuchga ega, o’n kishining qilgan tadbiri o’nta mard kuchiga tengdir va qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshidir”. Shunday fazilat va mo’jizalarni bilganda ham Alloh taolo Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga buyurganki, “Yo Muhammad, biron ishni qilmoqchi bo’lsang va yo biror zarurat chiqib qolsa, o’z yorlaring bilan mashvarat qilgin”. Ko’pchilik bo’lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo’ladi va doim shunday yo’l tutish kerak. Biron ishni maslahatsiz amalga oshirish fikri zaifligidan dalolat beradi, bundaylarni o’zbilarmon deydilar. Mashvarat va kengashsiz amalga oshirilgan ishning natijasi yaxshi bo’lmaydi.
2.19 O’n to’qqizinchi fasl
(SHAXSIY SOQCHILAR VA ULARNING MAOSHLARI, AHVOL VA ISHLARINING TARTIBI HAQIDA)
Saroyda mufrad (shaxsiy, xos soqchi)lar degan hushyor, qaddi-qomati kelishgan, mard va jasur ikki yuz yigitdan iborat maxsus soqchilar va posbonlar bo’lishi shart. Ulardan yuztasi xurosonlik va yuz nafari daylamiy bo’lgani ma’qul. Safar-u yurishlarda hamisha saroy xizmatida bo’lishlari hamda yaxshi kiyingan, yaxshi qurollangan bo’lishlari zarur. Maxsus soqchilardan yigirmatasi oltindan bezak berilgan qurol va qalqon bilan, qolgan bir yuz saksontasi kumush bilan bezatilgan qurol va uzun nayzalar bilan qurollanishi kerak. Ularning ta’minotidan xabar olish uchun har ellik yigitga bir naqib tayinlanadi. Hammalari o’z otlariga ega bo’lishlari zarur, toki muhim holatlarda kerakli narsalarda benasib qolmasinlar. Saroyda doim to’rt ming nafar piyoda askar amirlari bilan hozir-u nozir bo’lishlari shart. Ulardan ming kishi podshohning xos askarlari, uch ming nafari amirlar va lashkarboshilarga tobe bo’lib, zarurat sezilgandagina, ulardan foydalaniladi.
2.20 Yigirmanchi fasl
Do'stlaringiz bilan baham: |