(AMALDOR VAZIR VA MUNSHIYLAR AHVOLINI BILISH HAQIDA)
Ummol (zakotchilar)ga biror amal berarkanlar, unga xalq bilan yaxshi muomalada bo’lib, xirojdan boshqa soliq talab qilmaslik yo’l-yo’rig’ini ko’rsatsinlar. Xirojni ham shunday yo’l bilan olsinlarki, xalqqa zulm yetnasin.
Hikoyatda aytiladiki, Qayqubot davrida yetti yil qahatchilik bo’lib, yomg’ir ham yog’maydi. U amaldorlariga buyurib, bor g’allalarini sottiradi-da, bir qismini sadaqa tariqasida xalqqa hadya etadi. Baytumol, xazinadan beva-bechoralar, yetim-yesirlar hamda zaifalarga yprdam berib turadi. Shu o’tgan yeti yil davomida mamlakatda birorta ham odam ochlikdan o’lmaydi.
Omil (amaldor) ishlarini, ularning ahvollarini, qanday ish olib borayotganliklarini ham maxfiy ham ochiq yo’llar bilan doimo tekshirib borish kerak. Chunki shohlik va mamlakatning tinch-totuvligi hamda ularning fasod-u ziyonlari ham o’sha vazirlarga bog’liq. Yuqorida aytilganidek, ular o’z vazifalariga to’g’ri amal qilayotgan bo’lsa, o’z o’rinlarida qoladilar, aks holda ularni loyiq boshqa kishiga almashtirish kerak. Raiyatdan zo’rlik bilan mol orttirgan bo’lsa, egalariga qaytaradi va u boyliklarini musodara qilib, xazinaga topshiradilar hamda o’zini ham jazolaydilar, boshqalar ibrat olib, xalqqa ortiq sitam bermasliklari uchun ularga boshqa amal ham berilmaydi.
Hikoyatda yana shunday deyiladiki, Bahrom Go’rning bir vaziri bo’lib, unig ismi Rosravshan edi. Shoh barcha ishlarini uning zimmasiga tashlab qo’ygan edi. O’zi esa kecha-yu kunduz sayr-u tomoshalar bilan mashg’ul edi. Rostravshan esa bunday ishonchdan botirlanib, amalini suistemol qildi. Bahrom Go’rning o’zi vazirining qing’ir ishlariga befarqligi bilan yo’l ochib berib, uning xalqni talab zulm qilishiga erkinlik yaratib bergan edi. Vaziri azam mamlakatdagi bor boy odamlarni qing’ir, yo’lgon, aldov yo’llar bilan zindonga tashlab, ularni mulklarini o’z foydasiga musodara qilar edi. Bu ishlarni podshoh bilmas edi. Oradan vaqtlar o’tgandan keyin, shohga qo’shin kerak bo’lib xazinasiga qarasa bo’m-bo’sh emish. Vazirdan so’rasa bilmas emish. Shoh esa bunga yana bir qancha muammolar sabab, o’z vaziridan shubhalana bo’shlabdi. Kunlardan bir kun saroy tashqarisiga chiqadi-da, notanish odam bo’lib, bir cho’ponnikiga kiradi. Uning eshigi oldida bir it bo’ynidan osiliq turar edi. Cho’pon esa uning tarixini aytib beradi: -“Men bu itni yoshligida boqib olganman, o’zim katta qildim va qo’y podamga qo’riqchi qilib qo’ydim. Bu jonivorning sadoqati tufayli barcha qo’ylarimning sog’ligidan havotirlanmas edim. Lekin, oxirgi payt, negadur menga qo’ylarni soni ozayib borayotgandek tuyula boshladi va men bu rost ekan. Men itimni kuzatishga tushdim. Bir butani orqasiga o’tib qarab tursam, u urg’ochi bo’ri bilan topishib olibdi. Bo’ri hohlagan payt kelib, qo’ylarimni bo’g’izlab ketaverdi, it esa unga jimgina qarab turar edi. Bularning hammasi itning xiyonatidan ekan. Men itni tutib olib, qilgan xiyonati uchun uni osib qo’ydim”. Bahrom Go’r esa hayratga tushadi va o’zi ham shunday tadbir tuzadiki, toki undan nimaiki yashirin bo’lsa barchasini bilay deydi. U qamoqda o’tirgan barcha maxbuzlarni chaqirtirib nega qamalganini shaxsan surishtiradi. Ulardan vaziri haqida chiqayotgan hiyoyalarni eshitib, Rostravshan to’g’risidagi shubhalariga o’rin qolmaydi. Shom paytidagi majlisda vazirini xibsga oldirtiradi-da uyini tintuv qildiradi. U yerda Bahromga qasdi bor bir dushmanining iltifotga to’la maktubini topishadi. Shundan so’ng Bahrom vazirini saroy ostonosining peshtoqiga ostirib qo’yadi. Eng qizig’I shuki, o’sha vazir naqt o’ttiz yil osiliq turadi. Sababi, bu boshqalarga ham o’rnak bo’lsin deydi.
2.5 Beshinchi fasl
(IQTA’LAR EGALARI VA RAIYAT AHVOLI QANDAYLIGINI BILISH HAQIDA)
Mulkga egalik qiluvchilar bilishlari lozimki, ular raiyatdan ham o’z mulklarini yaxshilik bilan olishga haqlidirlar va odamlar ham o’z oilalari bilan xavsiz yashashlari kerak. Agar odamlar o’z hollarini podshohga bildirmoqchi bo’lib saroyga kelsalar, ular to’sqinlik qilishmasinlar va qaysidur muqatte’ shunday qilsa, uning qo’llarini kesib, jazosini bersinlar. Ularga shuni bildirib qo’yish kerakki, mulk ham, raiyat ham sultonnikidir.
Bir zamonlar yashab o’tgan, sakkiz yoshida taxtga o’tirib, siyosiy vaziyatlarga bevosita aralasha boshlagan No’shiravon podshoh bo’lgan edi. Shundan ham bir hikoya keltirish kerak. Uning bir muqatte’si o’z mulkiga tegishli, bir jonini avaylab, o’z holicha kun kechiradigan bir kampirning yerining o’zlashtirib olib, kampirni haydab yuborgan ekan. Oradan yillar o’tgandan keyin, kampir podshohni yo’lini to’sib o’z dodini aytsa, buni tekshirtirib, uning gaplari rost ekanligini biladi. Shunda uyi o’rnida qurilgan bog’u rog’lar, ulog’lari bilan kampirga hadya qiladi. Keyin esa No’shiravon buyruq chiqaradi: bir zanjirga qo’ng’iroqlarni shunday pastlikka ilib qo’yinglarki, yeti yoshli bolaning qo’llari ham unga yetsin. Biror jabr ko’rgan saroyga kelsa, qorovulga ishi tushmay shu qo’ng’iroq ipini tortsin va No’shiravon eshitib, uning dodini tinglab, chora ko’rsin.
2.6 Oltinchi fasl
Do'stlaringiz bilan baham: |