Nizomul-mulkning siyosatnoma nizomulmulk va uning "siyosatnoma" asari



Download 0,58 Mb.
bet5/7
Sana06.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#746442
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NIZOMULMULK VA UNING

(DAVLAT MASHRIFLARI VA ULARNING MAOSHLARI HAQIDA)

Ishonchli kishilarnigina ashroflikka tayinlaydilar, chunki ular saroy sirlaridan doimo xabardor bo’lib, lozim bo’lgan paytdagina aytib beradilar. Ular ishonchli va to’g’ri so’z kishilarni davlat mol-mulkini muhofaza qilish uchun shahar va nohiyalarga noib sifatida yoboradilar. Ashroflar o’z bilimlari va martabalariga ko’ra maosh olishlari kerak. Ularning oylik xarajatlari va maoshlarini raiyat hisobidan emas, balki xazinadan berishlari lozim, shunda xalq boshiga ranj-u azob tushmaydi, ashrof va noiblarning hojatlari xiyonatga va pora olishga tushmaydi, zero, rostlig-u halollikdan topilgan mol-u davlat ularga kifoya qiladi.


2.10 O’ninchi fasl


(SOHIB VA JARCHILAR VA ULARNING ISH TADBIRLARI HAQIDA)

Podshohga raiyat va lashkar ahvolidan to’la xabardor bo’lishi va ularga qancha xarajat ketishini bilishi vojibdir. Agarda shunday bo’lmasa katta xató bo’ladi. Amaldorlar sitamkorlikka qo’l uradilar va mamlakatda sodir bo’layotgan fasod va zolimlikdan podshohning yo i bor, yoki yo’q deydilar. Agarda bila turib man qilmasa, unda u ham shularga o’zshagan zolimlik qilgan va o’zi zulm-u sitamga rozilik bergan bo’ladi va agarda bilmasa, u g’ofildir. Har ikki holat ham yaxshi emas, shunday ekan sohibga hojat seziladi. Agarda biror kishi bir qop somon yoki bitta tovuqni zo’ravonlik bilan qo’lga kiritgan bo’lsa, hatto beshyuz farsang uzoqlikda bo’lsa ham bundan podshoh xabar topib, uni jazosiga yarasha jazo berib, boshqalarga ibrat qilib ko’rsatsa, hamma joylarga hushyor kishilarni qo’ysa bu podshoh uyg’oqdir. Shunda odamlar uning adolati soyasida o’z kasb-xunari bilan mashg’ul bo’ladilar, lekin bunday ishlarni shunday kishiga topshirish kerakki, u odam xolis bo’lib, g’araz bilan ish tutmasinlar, chunki mamlakatni tinchligi ham, fasodi ham ularga bog’liq. Sohibxabarlar boshqalar tomonidan emas, podshoh tomonidan tayinlanadilar. Ularning maoshlari xazinadan beriladi. Podshohdan boshqa biror kishi ularning nima ish bilan mashg’ul ekanini bilishi mumkin emas, toki nimadir sodir bo’lsa, podshoh bilsin va nimani vojib tutsa shuni buyursin. Agarda shunday yo’l tutilsa, odamlar itoatda bo’lib, podshoh siyosatidan qo’rqadilar. Shunda hech kim podshohga qarshi isyon ko’tarishni orzu ham qilmaydi. Xullas kalom, agarda ular kerakli darajada ishonarli kishilardan iborat sohibxabar bo’lsalar, ko’ngil orom topadi.


2.11 O’n birinchi fasl


(SAROYDAN YUBORILADIGAN OLIY FARMON, BUYRUQLAR HAMDA ULARNING IJRO ETILISHI XUSUSIDA)

Agar shoh saroyidan tez-tez farmon yozilib yubortirib turilsa, unga hurmat ham shuncha kam bo’ladi. Xulosa bundog’kim, zarurat bo’lmasa, Oliy majlisdan hech nima yozilmaydi. Farmonni hurmati va kuch-quvvati shunday bo’lishi kerakki, ijro etilmaguncha uni hech kim qo’lidan qo’yishi kerak emas. Agarda biror kishining farmonga salbiy munosabati ma’lum bo’lsa yo uning ijrosi cho’zilib ketganligi to’g’risida xabar yetsa, unday kishiga, agar u yaqinlaridan bo’lsa ham, jazo beriladi. Podshoh amri albatta ijro etilishi va unga jiddiy munosabatda bo’linishi bilan boshqalaridan farqlanadi.


2.12 O’n ikkinchi fasl


(ZARUR BO’LGANDA SAROYDAN XIZMATKOR YUBORISH HAQIDA)

Saroydan ko’p xizmatkor va amaldorlar kelishadi. Ba’zilari farmon bilan, ba’zilari buyruqsiz. Buyruqsiz bo’lsa, odamlarga ko’p azob yetadi, ko’p mollari talon taroj etiladi. Biror zarurat bo’lmasa, saroydan odam yuborish kerak emas va xizmatkor yuborilsa ham faqat shoh farmoni bilangina ish yuritilsin. Xizmatkorga bu farmonni bajarilish muddati belgilab berilib, shu amrdan chiqmasligi talab qilinadi, toki u o’z me’yorini bilsin.


2.13 O’n uchinchi fasl


(JOSUSLAR VA ULARNING MULK VA RAIYAT TINCHLIGI YO’LIDAGI ISH TADBIRLARI HAQIDA)

Josuslarni tevarak-atrofga savdogar, sayyoh, so’fiy va dori sotuvchisi qilib yuborish kerak, toki ular barcha eshitganlaridan xabar berib tursinlar. Shohga biror voqeaning xabari eshitilmay qolishi mumkin emas. Har bir hodisa haqida unga o’z vaqtida xabar berilib, tadbiri tezda ko’rilishi shart. Muayyan holatlarda voliylar va muqatte’lar, xizmatchi-yu ulamolar isyon va muholifatga azm-u qaror qiladilar va podshoh esa bundan xabarsiz qoladi. Agar josuslar tezlik bilan bu haqda xabar bersalar, shoh ularga qarshilik ko’rsatib, niyyatlarini yo’qqa chiqaradi. Biror begona podshoh yo lashkar mamlakatni olishga ahd qilgan bo’lsa-yu, raiyatdan biror kishi podshohning yaxshiligi va yoki yomonligini dushmanga ma’lum qilsa, unga jazo beradilar. Azaduddavlaning munhiy (josusi) shunday qilgan ekan.


2.14 O’n to’rtinchi fasl



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish