Nizompv nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti bolalar psixologiyasini va uni


XII. Xayolning bolalarda rivojlanishi



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/196
Sana15.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#366205
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   196
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi

XII. Xayolning bolalarda rivojlanishi
 
ХП.1. Bolalar xayolining xususiyatlari
Yangi  tug’ilgan  chaqaloq  bolalarda  hali  xayol  bo’lmaydi. 
Xayolning  rivolanishi  uchun  bolaga  turmush  tajribasi,  tasavvurlar 
zapasi  hamda juda ko’p bilimlar kerak bo’ladi.  Tajriba esa bolaning 
tashqi olamdagi narsa va hodisalami o’zi ko’rsatishi,  voqelik hamda 
turli  sohalarga  doir  tasavvur  hosil  qilishi  katta  odamlar  bilan  keng 
munosabatda bo’lishi natijasida ortib boradi.
Xayol  prosessining  dastlabki  ko’rinishlari  bolada  ikki  yoshga 
to’lib,  uch yoshga qadam  qo’yganida  ko’rina  boshlaydi.  Ikki  yoshli 
bolalarda  ko’rinadigan  dastlabki  xayol  m a’lum  bir  maqsadni 
ko’zlamaydigan ixtiyorsiz xayoldir.
Til  chiqishi  bolalarda  xayol  prosessining  o’sishiga  ta ’sir 
ko’rsatadi.  Ana  shu  davrdan  boshlab  bola  tevarak-atrofdagi
- 6 7 -


kishilaming  so’zini yaxshi  tushunadigan bo’lib  o’zidagi  tasaw urlar 
zapasini  bevosita  idrok  qilingan  narsalar  orqaligina  emas,  balki 
katta  yoshli  odamlar  nutqi  ham  to’ldirib  boradi.  Bola  o’ziga 
tushunarli mavzulardagi hikoya va ertaklami  qiziqib tinglaydi.  O ’zi 
asosiy  qahramon  bo’lib  qatnashadigan  hikoyalami  jonu-dili  bilan 
eshitadigan  bo’Iadi.  Bunday  hikoya  bolaga juda  tushunarli  bo’Iadi, 
chunki  bola  hikoyani  eshitib  turib,  bevosita,  o ’zining  idrokiga 
tayanadi.
Bu  yerda  o ’ylab  chiqarilgan  voqea  bolaning  o ’zi  haqiqatda 
ishitrok  qilgan  voqealarga  ulanib  ketadi.  Bolaning  hikoya  va 
ertaklami  eshitishga  juda  ham  qiziqishi,  hikoya  va  ertaklami 
tinglayotganida  bolalaming  tajribasini  orttiradigan  va  xayolini 
o ’stirishga  yordam  beradigan  xilma-xil  va  aniq  tasaw urlar  hosil 
bo’lishini ko’rsatadi.
Bolalar  xayolining  o ’sishida  nutqning  ahamiyati  yana 
shundaki,  nutq  bolaning  yangi  taassurotlar  hosil  qilishi  va  uni 
boyitish  bilangina  cheklanib  qolmay,  balki  nutq  miyada  hosil 
bo’lgan  yangi-yangi  obrazlami  so’zlar  bilan  ifodalashga  yordam 
beradi.  Masalan,  ikki  yarim  yoshlardagi  qizcha  derazalardagi 
pardalar  hilpirab  va  quyosh  nurlarining  shu’lalaridan  tovlanib 
turganini  ko’rib,  o ’zini  polga  tashlaydi  va  “  ...  qarang,  oyi,  go’yo 
dengizga  o’xshaydi.  Men  cho’milayapman  ...”  deydi.  Bola  nutqida 
shu  go’yo  so’zining  paydo  bo’lishi  juda  ham  xarakterlidir.  Bola 
xayolidagi  vaziyatni  shu  so’z  bilan  ifodalaydi,  real  narsalar  bilan 
xayolidagi narsalarni bir-biridan ajratadigan bo’Iadi.
Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida  ular o ’yinining roli 
juda  kattadir.  Ulaming  yoshi  ulg’aygan  sari  ular  o’yinining 
mazmuni  ham  o ’zgarib  boradi.  Ikki  yoshga  to ’lish  oldidan  bolalar 
o’yinida  muhim  o ’zgarishlar  ro’y  beradi.  Manipulyasiya  o ’yinlari 
bilan bir qatorda tasviriy  o ’yin  elementlari ham paydo bo’Iadi.  Bola 
turmushda  ko’rgan  ish  harakatlarini  o’z  o ’yinida  aks  ettiradi. 
Masalanb bola qo’g’irchog’ini “ovqatlantiradi”, yotqizib “uxlatadi”, 
uni  “erkalaydi”,  “arg’imchoqda”  uchiradi.  Bola katta  bo’lgan  sayin 
o’yinda  katta  yoshli  kishilaming  harakatlariga  taqlid  qilish  tobora 
ko’p  o ’rin egallay boshlaydi.  Ayni  vaqtda o’yinlar murakkablashib, 
mazmuni  ham  turli-tuman  bo’la  boradi.  Masalan,  bola  o ’ziga 
g’amxo’rlik  qilayotgan  onasining  xarakatlariga,  duradgor,  shofyor, 
sartaroshning harakatlariga taqlid qila boshlaydi.
-
6 8
-


Bog’chagacha  tarbiya  yoshidagi  bolalaming  harakatlarida 
tasiriy 
faoliyat 
elementlarining 
paydo 
bo’iishi 
xayolning 
o ’sayotganligidan  dalolat  beradi.  Masalan,  bola  bir  nimalami 
qog’ozga  chizib,  nimanidir  tasvirlashga  urinib  ko’radi.  Lekin 
dastlab  bunday  chizmakashlik  faoliyati  almoyi-aljoyi  chiziqlar 
chizishdagina  iborat  bo’ladi,  Ikki  yoshga  to ’lganda  bog’chagacha 
tarbiya  yoshidagi  bolaning  tasviriy  faoliyatida  yangi,  muhim 
element  paydo  bo’ladi.  U  endi  o ’zi  chizayotgan  rasmiga  nom 
beradigan 
bo’ladi. 
Tasviriy 
faoliyatining 
yuzaga 
kelishi 
bog’chagacha  tarbiya  yoshidagi  bolaning  tasavvur  xayolini 
o ’stirishga  yordam  beradi.  Ammo  bu  yoshda  xayolning  dastlabki 
nihollarigina  paydo  bo’la  boshlaydi,  bu  nihollami  diqqat-e’tibor 
bilan  doimo  parvarish  qilib  turish  tarbiyachi  va  ota-onalaming 
vazifasidir.
Bog’cha  yoshidagi  bolalarda  xayol  bir  xilda  rivojlanmaydi. 
Agar  kichik  yoshdagi  bog’cha  bolalarida  asosan  tiklovchi  xayol 
o’sgan  bo’lsa,  o’rta  va katta yoshdagi  bog’cha bolalarida xayolning 
ijodiy tori ham o’sa boshlagan bo’ladi.
Bolaning  bog’cha  yoshida  harakat  doirasining  kengayishi, 
bilimlarining  ortishi,  turli  xil  yangi  ehtiyoj,  qiziqishlaming  paydo 
bo’lishi  unda  xayol  prosessini  birmuncha  tez  sur’at  bilan 
rivojlanishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  bog’cha  yoshidagi 
bolalaming  xayol 
qilish  qobiliyatlari 
bog’chagacha  tarbiya 
yoshidagi bolalar xayolidan har tomonlama ustun turadi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish